08.07.2019 yildagi PQ-4386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz tarixida oʻchmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli Oʻzbekiston oʻtgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormokda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan vazifalar — aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-kizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy ximoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot kurish yoʻlidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlugʻ sanani uning moxiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mexnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu dasturda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning maʼno-mazmuni va ruxi mujassam etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, oxirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iktisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay oʻzgargani, bu ijobiy oʻzgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida oʻz ifodasini topayottani, xalqimizning turmush darajasini, ongu tafakkuri, bilim va madaniyatini oshirish boʻyicha kilingan ishlarni konkret dalil va misollar, chuqur ilmiy tahlillar va ekspertlik baholari orqali mamlakatimiz va xalqaro jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng katlamlari oʻrtasida maʼrifiy uchrashuvlar, ochik muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boʻyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali oʻtkazish maksadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va sanʼatkorlardan iborat targʻibot guruxlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu tadbirlarni tashkil etishda mamlakatimizni modernizatsiya qilish, turli soha va tarmoqlarni liberallashtirish borasida qoʻlga kiritilgan yutuq va natijalar bu yoʻldagi dastlabki qadamlar ekanini taʼkidlagan holda, balandparvozlik, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, xolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida ish olib borishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi oʻz yigʻilishlarida belgilangan chora-tadbirlar mamlakatimiz poytaxti, viloyat va tumanlarida qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruxlar keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi koʻshik va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy boskichini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinsin va taqdirlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Ranglar jilosida — ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshka ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur karorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4386-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-iyuldagi PQ-4386-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqillngining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri,

komissiya raisi

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

F. Mahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari

E. Bositxonova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, komissiya raisiiing oʻrinbosari

B. Sayfullayev

Madaniyat vaziri

A. Komilov

Tashqi ishlar vaziri

P. Bobojonov

Ichki ishlar vaziri

I. Madjidov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh. Shermatov

Xalqtaʼlimi vaziri

A. Shodmonov

Sogʻliqni saklash vaziri

K. Allamjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.v.b

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

Q. Rafiqov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

B. Yuldashev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

A. Saʼdullayev

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoki Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

A. Kadirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Sh. Javlonov

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Sh. Jalilov

“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

R. Qurbonov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari koʻmitasi raisi

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 07/19/4386/4215-son)