Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda) 49-moddasining ikkinchi qismidagi “maʼmuriy huquqbuzarlik va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 27-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi”;
2) 531-moddaning sakkizinchi qismi “ijrochilariga” degan soʻzdan keyin “elektron hujjat tarzida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674-modda, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 119-moddaning:
nomidagi “va hisobga olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 132-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismidagi “119-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “119-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2491-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2491-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 2041-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir”;
5) 253-modda chiqarib tashlansin;
6) 2681-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2681-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
7) quyidagi mazmundagi 2691-modda bilan toʻldirilsin:
“2691-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalari boʻlishi mumkin”;
8) quyidagi mazmundagi 2692-modda bilan toʻldirilsin:
“2692-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi”;
9) 290-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
10) 291-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan toʻldirilsin:
“z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan”;
11) 306-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
12) 308-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasiga faqat ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining, guvohlar koʻrsatuvlarining, ekspertlar oʻz xulosalari yuzasidan bergan ogʻzaki tushuntirishlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boshlangan va tugagan vaqti koʻrsatiladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning nomi haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning va ishni koʻrib chiqayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha xodimlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
13) 309-modda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin”;
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
14) 340-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 2491-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi”;
15) 341-moddaning uchinchi qismidagi “kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 26-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi OʻRQ-790-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 19-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 03/22/790/0751-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 44-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 109-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda, № 9, 591-modda) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) 26-moddasi uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 12-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish markazi hamda uning hududiy filiallari negizida tadbirkorlik subyektlarini oʻqitishni va kadrlar tayyorlashni tashkil etadi”;
2) 31-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish jamgʻarmasidan kelib tushadigan, faqat tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladigan mablagʻlar”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aksiyalarning oldi-sotdi bitimlari qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladi, bundan aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni profilaktika qilish hamda bartaraf etish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan boʻlinmasi”;
2) 6-moddaning:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatidir (bundan buyon matnda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi” degan soʻzlar “loyihalarini ishlab chiqadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi”;
uchinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 15-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va boʻlinmalarining” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalari” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 18-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 19-moddaning birinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 28-moddaning:
birinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining boʻlinmalari” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
9) 29 va 30-moddalar chiqarib tashlansin;
10) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 34-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari boʻlgan boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining obyektlarida, oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transportidan hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi”;
12) 36-moddaning:
birinchi qismidagi “Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari hamda boʻlinmalarining” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari mazkur tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda) 10-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda) 70-moddasi birinchi qismining 8-bandiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
oʻn ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 16-modda birinchi qismining oʻttiz uchinchi xatboshisidagi “yongʻinlarni oʻchirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 17-modda birinchi qismining:
oʻttiz sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻttiz toʻqqizinchi — qirq uchinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz sakkizinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttiz sakkizinchi xatboshisidagi “ichki, ruxsatnoma bilan kirish va yongʻinga qarshi rejimiga” degan soʻzlar “ichki rejimga va ruxsatnoma bilan kirish rejimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-471-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 219-modda) 37-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
23-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 6-moddasining 1 — 5, 9, 10, 14, 15-bandlari, 8, 16 va 20-moddalari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-dekabr,
OʻRQ-597-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 03/22/790/0751-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)