O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
887-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
patent vakilligiga nomzod (nomzod) — patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxs;
patent vakili — ushbu Nizom talablariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs.
2. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “to‘rt” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;
3. Quyidagi mazmundagi 61, 62 va 63-bandlar qo‘shilsin:
“61. Patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ular kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
62. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy ma’lumotidan qat’i nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yo‘nalishining “Intellektual mulk huquqi” ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
63. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish davomiyligi olti oyni tashkil etadi.
Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash kurslaridan o‘tgan patent vakillariga diplom beriladi.
Malaka oshirish kurslaridan o‘tgan patent vakillariga sertifikat beriladi.
Patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaz va patent vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida to‘lov hisobiga amalga oshiriladi.
Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi”.
4. II-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish”.
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Nomzodni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
6. 8-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Attestatsiya” so‘zi “Patent vakilligiga nomzodning attestatsiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Agentlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi”.
7. Quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
“81. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi”.
8. 9-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Patent vakillarini” so‘zlari “Nomzodlarni va patent vakillarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “nomzodning patent vakili sifatida” so‘zlari “nomzod yoki patent vakilining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) to‘rtinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodlarning” so‘zlari “nomzodlar yoki patent vakillarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) beshinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodlarning” so‘zlari “Nomzodlar yoki patent vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Nomzod Agentlikka o‘zini patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beradi. Arizaga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida yoki advokat sifatida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya qilish sohasida unda zarur ish staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar, attestatsiyadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘langanligi haqidagi hujjat, shuningdek, nomzodning istagiga ko‘ra uning kasb bilimlari darajasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Patent vakili Agentlikka attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beradi.
Arizaga malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat nusxasi ilova qilinadi”.
10. 11-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Shaxslar” so‘zi “Nomzodlar yoki patent vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Patent vakilligiga nomzod” so‘zlari “Nomzod yoki patent vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11. 12-banddagi “shaxslar” so‘zi “nomzodlar yoki patent vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12. 13-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodni” so‘zlari “nomzod yoki patent vakilini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzod” so‘zlari “nomzod yoki patent vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. 14-bandning birinchi xatboshidagi “Patent vakilligiga nomzod” so‘zlari “Nomzod yoki patent vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Attestatsiyadan o‘tgan patent vakilini Patent vakillari davlat reyestrida (bundan keyin — reyestr) ro‘yxatdan o‘tkazish uning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
16. Agentlik reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kun mobaynida patent vakiliga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi va ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi. Guvohnoma shakli va e’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)