ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi intellektual mulk sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish: Internetning kundalik hayotdagi tobora oshib borayotgan rolini inobatga olgan holda tovar belgilari “ommabopligi”ning aniq mezonlarini belgilash; intellektual mulk obyektlarini (tovar belgisi, sanoat namunasi va boshqalar) nohalol roʻyxatdan oʻtkazish tushunchalarini mustahkamlab qoʻyish; tovar belgisidan foydalanishning aniq holatlarini uning maqsadli qoʻllanilishini nazarda tutgan holda belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil iyun |
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar |
|
2. |
Milliy qonunchilikka intellektual mulk sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarni, shu jumladan Xalqaro savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari boʻyicha bitimi talablarini inobatga olgan holda implementatsiya qilish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil oktabr |
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar |
|
3. |
Intellektual mulk huquqi sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash huquqini adliya organlariga taqdim etgan holda, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil iyun |
Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Tadjiyev), DBQ (Azimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), IIV (Bobojonov) |
|
4. |
Intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi |
2019-yil iyun |
Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Raximov), Oliy sud (Kamilov), DBQ (Azimov) |
|
5. |
Patent vakillari institutini, shu jumladan: patent vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash tizimini; patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini; Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilish amaliyotini joriy etish orqali patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini; ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida advokatlarga patent vakillari sifatida faoliyat yuritish huquqini berish orqali takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil avgust |
Adliya vazirligi (Davletov) |
|
6. |
Intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda, amaldagi patent bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan 2020-yil 1-yanvardan boshlab patent bojlari va toʻlovlar stavkalarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etish uchun undiriladigan individual bojlar stavkalarini bosqichma bosqich kamaytirishni nazarda tutish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil aprel |
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), vazirlik va idoralar |
|
II. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish | ||||
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasini tasdiqlash, uning xodimlariga adliya organlari va muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari, martaba darajalari va boshqa ragʻbatlantiruvchi ustamalar tatbiq etilishini nazarda tutgan holda kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2019-yil aprel |
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov) |
|
8. |
Apellyatsiya kengashini tashkil etish, apellyatsiyalarni koʻrib chiqishning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, qaror qabul qilishda tor idoraviy manfaatlar ustunligining oldini olishni nazarda tutuvchi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomning yangilangan loyihasini kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil aprel |
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar |
|
9. |
Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasi faoliyatini tashkil etish. |
Adliya vazirining buyrugʻi |
2019-yil mart |
Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov) |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshida Patent sudini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqib, asoslangan takliflarni ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy hujjat |
2019-yil mart |
Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasining Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasiga, shuningdek mamlakatda investitsion muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashuvchi intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini ilgari surish. |
Axborot-tahliliy hujjat |
2019-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), MTRK (Xadjayev) |
|
III. Texnik va oʻquv-metodik bazani takomillashtirish, shuningdek intellektual mulk sohasidagi yutuqlarni amaliy roʻyobga chiqarish. | ||||
|
12. |
Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalar va dasturlarni, oʻquv-uslubiy material va qoʻllanmalarni ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil sentabr |
Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov) |
|
13. |
Quyidagilarni taʼminlovchi intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish: huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish; huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obyektlarini avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish; intellektual mulk huquqi buzilishi holatlarini aniqlash va oldini olishda manfaatdor davlat organlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil iyun |
Adliya vazirligi (Davletov), LBMA (Li), DBQ (Azimov), DSQ (Musayev), Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti (Raximov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
|
IV. Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish | ||||
|
14. |
“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil aprel |
Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (Tulyakov) |
|
15. |
Xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, JIMTning texnik qoʻllanmalari va ilmiy kitoblarini tarjima qilish va moslashtirish boʻyicha JIMTning texnik koʻmagini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
tasdiqlangan grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), TDYU (Kanyazov) |
|
16. |
Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
tasdiqlangan grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi (Davletov), DBQ (Azimov), TIV (Kamilov) TDYU (Kanyazov) |
|
17. |
Jamiyatda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targʻibot choralari va ishlarini oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
tasdiqlangan grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi (Davletov), Innovatsiya vazirligi (Abduraxmonov), MTRK (Xadjayev) |