18.10.2019 yildagi 881-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
881-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qaroriga
1-ILOVA

Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi — davlat mulki hisoblangan obyekt balansida hisobga olingan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt — moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyekti va unga tutash hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi — moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektidan doimiy yoki vaqtincha foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moddiy madaniy meros obyektlarining koʻchadigan ashyolari — madaniy boyliklardan tegishlicha muzeylar, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi, arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq foydalaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan ilovadagi sxemaga muvofiq foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat mulki hisoblangan obyektni foydalanishga berish boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Balansda saqlovchi har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yilda foydalanish taklif etilayotgan yangi obyekt, shuningdek, obyektning bir qismi yoki foydalanish maqsadi va shartlarini oʻzgartirish taklif etilayotgan obyekt boʻyicha quyidagilarni koʻrsatgan holda vakolatli organning hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma deb ataladi) taklif kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning toʻliq nomi va joylashgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt va uning hududining egalik huquqini belgilovchi hujjatlar (yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma, binolar, inshootlar, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma) nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan taklif etilayotgan foydalanish maqsadlari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni ijaraga berishning taklif etilayotgan muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarma obyektning balansda saqlovchisi boʻlgan holatda, ushbu bandda koʻrsatilgan taklif va hujjatlar hududiy boshqarma tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy boshqarma 7 ish kuni mobaynida foydalanishga berish taklif etilayotgan davlat mulki hisoblangan obyektni joyiga chiqib oʻrganadi va obyektdan foydalanish maqsadga muvofiqligi yoki foydalanish maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududiy boshqarma quyidagi hollarda obyektdan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt avariya holatida ekanligi — obyektning texnik holati boʻyicha tuzilgan dalolatnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda asrashga doir ishlar amalga oshirilayotganligi — moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning huquqi boʻyicha nizo sudda koʻrib chiqilayotganligi — sud hujjati yoki sudga kiritilgan daʼvo arizasi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning inson hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir etishi mumkinligi — davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining xulosasi asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy boshqarma quyidagi hollarda obyektdan taklif etilayotgan foydalanish maqsadlari va shartlarini maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan foydalanish majburiyatlarini bajarishga mos boʻlmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt sezilarli ravishda dinamik taʼsir ostida qolishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga yuqori namlik taʼsir etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlarni va hayvonlar terisini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarni tashish uchun moʻljallangan vositalar (konteynerlar) yoki vakolatli organ bilan kelishilmagan holda vaqtincha shoxobchalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega boʻlmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan tovarlarni sotish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarma obyektning balansda saqlovchisi bilan birgalikda taklif etilayotgan foydalanish maqsadlari va shartlariga kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin. Ushbu holatda obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududiy boshqarma xulosani yetarli dalillar va qonunchilik normalari bilan aniq va toʻliq asoslashi lozim. Xulosa 2 nusxada tuziladi va hududiy boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy boshqarma bir ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijobiy xulosani yoki salbiy xulosani — balansda saqlovchiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijobiy xulosani ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda — vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida hududiy boshqarma tomonidan berilgan xulosaning asosli ekanligini tekshiradi, zarur hollarda qoʻshimcha material va axborotlarni soʻrab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ hududiy boshqarma tomonidan berilgan ijobiy xulosaning asosli ekanligini tekshirish natijalari bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) kiritadi. Kengashga kiritilgan takliflar Kengashning navbatdagi majlisida, biroq 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash taklif etilgan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirilgan holda tasdiqlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi va ushbu qarorni vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash obyektdan oqilona foydalanishni koʻzlab taklif etilgan foydalanish maqsadlari va shartlarini ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan holda tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan tasdiqlangan foydalanish maqsadlari va shartlari boʻyicha vakolatni organ rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Doimiy va davriy ravishda diniy urf-odatlar va marosimlar oʻtkazib turiladigan davlat mulki hisoblangan obyektdan (diniy taʼlim muassasalari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar binosidan) foydalanish maqsadlari va shartlari vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari hududiy boshqarma tomonidan turizm sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, yuqori turistik salohiyatga va alohida ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarma mazkur roʻyxatga kiritilgan alohida ahamiyatga ega boʻlgan har bir obyektdan foydalanish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Alohida ahamiyatga ega boʻlgan obyektdan foydalanish konsepsiyasining loyihasi Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Ushbu roʻyxatga kiritilgan obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ bir ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan tasdiqlangan foydalanish maqsadlari va shartlarini manfaatdor tomonlarga — hududiy boshqarma, obyektning balansda saqlovchisi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, ijaraga beruvchiga yuboradi va rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash Kengash tomonidan rad etilgan holatda, buning sabablarni koʻrsatgan holda hududiy boshqarma va obyektning balansda saqlovchisiga yozma bildirish yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ, uning hududiy boshqarmasi hamda jismoniy va yuridik shaxslar davlat mulki hisoblangan boʻsh turgan yoki oqilona foydalanilmayotgan obyektni foydalanishga berish taklifi bilan chiqishi mumkin va bu taklif ushbu Nizomga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki hisoblangan boʻsh turgan yoki oqilona foydalanilmayotgan obyekt boʻyicha undan foydalanish maqsadlari va shartlari ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlangan holatda, balansda saqlovchi mazkur obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlarini bajarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ va uning hududiy boshqarmasi oʻz mablagʻlari hisobidan Internet jahon axborot tarmogʻidagi mamlakatning eng ommabop kamida 2 ta elektron nashrida (saytda) har 3 oyda kamida bir marotaba foydalanishga beriladigan va foydalanishga berilgan davlat mulki hisoblangan obyektlar roʻyxatini eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur eʼlon boʻyicha talabgorlar (talabgor) talabnomalari (buyurtmanomalari) ijaraga beruvchi tomonidan qabul qilinadi hamda davlat mulki hisoblangan obyekt yuridik va jismoniy shaxslarga yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar yoʻli bilan ham ijaraga berilishi mumkinligiga havola koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlarining asosiy talablarini hamda tanlovga tushgan takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat mulki hisoblangan obyektni bir yilgacha boʻlgan muddatga foydalanishga berish uni qisqa muddatda foydalanishga berish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi faoliyat (xizmat) turlari uchun davlat mulki hisoblangan obyekt qisqa muddatga foydalanishga berilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
esdalik sovgʻalari va hunarmandchilik buyumlarini sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter, nusxa koʻchirish va Internet xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto, video va ekskursiya xizmatlarini koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan faoliyat (xizmat) turlaridan boshqa holatlarda obyektni besh yilgacha muddatga foydalanishga berish mumkin, davlat mulki hisoblangan obyektni va unga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Besh yildan oʻttiz yilgacha boʻlgan muddatga obyektni ijaraga berish uning uzoq muddatga foydalanishga berish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni uzoq muddatga ijaraga (foydalanishga) berish investitsiya majburiyatlari olgan holda, obyekt hududida turizm infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan obyektlar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Foydalanuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid zarur maʼlumot, axborot, tushuntirish va hujjatlarni soʻrash hamda belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni ommalashtirish va uni targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha vakolatli organga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki hisoblangan obyektdan ularning belgilangan maqsad va shartlarda foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Foydalanuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki hisoblangan obyektdan uning belgilangan maqsadiga va shartlariga koʻra oqilona foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda yongʻinlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishi, yongʻin oʻchoqlarining oʻz vaqtida tugatilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishi va obyektga tabiiy va texnogen taʼsirlarning salbiy oqibatlarining oldini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni muhofaza qilishga qaratilgan belgilangan talablarga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish obyektning tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatiga salbiy taʼsir qilmasligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishda obyektga har qanday salbiy taʼsirlarning oldini olishi va avariya holatiga qarshi ishlarni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish va foydalanish uchun obyektni jihozlash obyekt va unga tutash obyekt, ularning umumiy ansamblini buzmasligini, obyektning ichki va tashqi koʻrinishi bilan uygʻunlashgan holda amalga oshirilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlardagi, shu jumladan YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlardagi obyektdan foydalanish ushbu hududlarning tarixiy muhiti bilan uygʻun boʻlishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan foydalanishdan, jumladan, davlat mulki hisoblangan obyektdan foydalanishdan topilgan mablagʻlar va ularning sarflanishi haqida vakolatli organ va uning hududiy boshqarmasiga ularning soʻroviga asosan axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar kirishi uchun obyektning ochiqligini taʼminlashi va obyektni ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish uchun sharoit yaratishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ va uning hududiy boshqarmasi mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda obyekt holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishga sharoit yaratishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(24-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat mulki hisoblangan obyektni foydalanishga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kengash tomonidan tasdiqlangan foydalanish maqsadlari va shartlari asosida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki hisoblangan obyektni ijaraga berish — Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki hisoblangan obyektni va unga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish — Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tasdiqlangan foydalanish maqsadlari va shartlari ushbu obyekt boʻyicha ijara shartnomasining ajralmas qismi (shartnoma shartlarining bir qismi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat mulki hisoblangan obyektni tekin foydalanishga biriktirish maqsadga muvofiqligi haqidagi vakolatli organning xulosasini inobatga olib, ushbu obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy madaniy meros obyektini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar nodavlat notijorat tashkilotlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar nodavlat notijorat tashkilotlariga;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlarga tekin foydalanishga biriktirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat mulki hisoblangan obyektni tekin foydalanishga biriktirib berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va tekin foydalanuvchi oʻrtasida tekin foydalanish shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hududiy boshqarma quyidagilar bilan obyektni muhofaza qilish va saqlash shartnomasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi bilan — obyekt balansda saqlovchining hisobida boʻlgan muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi, tekin foydalanuvchi, investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga oluvchi bilan — tegishlicha shartnomaning amal qilish muddatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan tekin foydalanuvchi bilan ushbu obyektdan tekin foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorida muddat koʻrsatilmagan boʻlsa — cheklanmagan muddatga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni muhofaza qilish va saqlash shartnomasining namunaviy shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1-bosqich

Balans saqlovchi

Foydalanish taklif etilayotgan yangi obyekt, obyektning bir qismi yoki foydalanish maqsadi va shartlari oʻzgartirish taklif etilayotgan obyekt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) taklif kiritadi.

Har yili
1-noyabrga qadar,

yil davomida zaruratga qarab

2-bosqich

Hududiy boshqarma

1. Foydalanishga berish taklif etilayotgan davlat mulki hisoblangan obyektni joyiga chiqib oʻrganadi va obyektdan foydalanishga maqsadga muvofiqligi yoki foydalanish maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa tayyorlaydi.

2. Foydalanish maqsadlari va shartlarini turizm sohasida vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.

3. Ijobiy xulosani yoki salbiy xulosani balansda saqlovchiga, ijobiy xulosani va tegishli hujjatlar bilan birgalikda vakolatli organga yuboradi.

7 ish kuni

1 ish kuni

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Berilgan xulosaning asosli ekanligini tekshiradi, zarur hollarda qoʻshimcha material va axborotlarni soʻrab oladi.

2. Doimiy va davriy ravishda diniy urf-odatlar va marosimlar oʻtkazib turiladigan davlat mulki hisoblangan obyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishiladi.

3. Vakolatli organ hududiy boshqarma tomonidan berilgan ijobiy xulosani asosli ekanligini tekshirish natijalari bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun vakolatli organning Ilmiy-ekspert kengashiga kiritadi.

5 ish kuni

4-bosqich

Vakolatli organning
Ilmiy-ekspert kengashi

Kengash taklif etilgan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli asoslantirilgan holda tasdiqlashni rad etish haqida qaror qabul qiladi va ushbu qarorni vakolatli organga yuboradi.

Navbatdagi majlisida,
biroq 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatda

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Tasdiqlangan foydalanish shartlarini rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi va manfaatdor tomonlarga yuboradi.

2. Tasdiqlangan foydalanish shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.

1 ish kuni

muntazam — kamida har chorak

6-bosqich

Ijaraga beruvchi

Qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovni tashkil etadi va ijara shartnomasini rasmiylashtiradi.

belgilangan muddatda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Roʻyxatlar, shu jumladan obyektlardan foydalanish maqsadi va shartlari ishchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq koʻrib chiqilib, tasdiqlanadi yoki tegishli asoslar koʻrsatilgan holda tasdiqlash rad etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obyektlardan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanish faqat ishchi organning Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)