27.09.2019 yildagi 816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini taʼminlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida 2019-yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda ularning oʻrnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keksalar maslahati” guruhlari toʻgʻrisida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Keksalar maslahati” guruhlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda aholiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, anʼana va marosimlarni tashkil etish hamda oʻtkazishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yigʻiniga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar, yolgʻiz, nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya mashgʻulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib rahbar oʻrinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari boʻyicha masʼul etib belgilanadi hamda “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida boʻlgan mehnat faxriylarini uzoq yillik samarali faoliyati uchun taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini doimiy oʻtkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vazirlik, Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keksalar maslahati” guruhlarini doimiy ravishda homiylik xayriyalari va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan manzilli dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda “Keksalar maslahati” guruhlarining takliflarini inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq keksa avlod vakillarining respublika boʻylab tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga sayohatini uyushtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
816-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatdagi oʻrnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼullar

1.

“Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Malakali amaliyotchi-mutaxassislar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

15-noyabr

3. Metodik tavsiyalarni nashr ettirish va joylarga yetkazilishini taʼminlash.

20-dekabr

2.

“Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari toʻplami”ni nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti

2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti va xalqaro tajribani oʻrganish.

15-noyabr

3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash va chop ettirish.

20-dekabr

4. Toʻplamlarni joylarga yetkazilishini taʼminlash.

30-dekabr

3.

Mamlakatimizda keksalarning turmush darajasi hamda sifatini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribalarni chuqur oʻrganib, bugungi kunda uchrayotgan muammolarni tahlil qilgan holda keksa avlod vakillari, xususan, yolgʻiz keksalar, mehnat faxriylari va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi

2. Ishchi guruhi tomonidan amaldagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish.

20-noyabr

3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

20-dekabr

4. Taklifni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish.

2020-yil yanvar

4.

Keksa avlod vakillariga yaratilgan imtiyozlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida batafsil oʻrganib, toʻplam holiga keltirish, mahalla raislari uchun uslubiy qoʻllanma sifatida nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi

2. Ishchi guruh tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar hamda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.

20-noyabr

3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash va chop ettirish.

25-dekabr

4. Toʻplamlarni joylarga yetkazilishini taʼminlash.

2020-yil yanvar

5.

Barcha hududlarda keksa avlod vakillarining turmush darajasi, ijtimoiy himoyasi, ularga tibbiy xizmat koʻrsatish kabi tegishli masalalarni nazarda tutgan holda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

1. Ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli masalalarni oʻz ichiga olgan soʻrovlar shaklini ishlab chiqish va barcha hududlarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

15-oktabr — 30-noyabr

3. Soʻrovlar natijalarini manfaatdor tashkilotlar bilan muhokama qilish va natijalarga koʻra zarur choralarni amalga oshirish.

10-dekabr

6.

Keksa avlod vakillari bilan manzilli ishlash boʻyicha “Keksalar ijtimoiy himoyasi” dasturini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Ishchi guruh tomonidan keksalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish.

30-noyabr

3. Oʻrganish natijalari asosida dastur loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

10-dekabr

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

20-dekabr

7.

Keksalar orasida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni targʻib qilish, ularda salomatlik uchun masʼullik tuygʻusini yuksaltirish orqali inson umrini uzaytirishga koʻmaklashishga qaratilgan “Sogʻlom va muvaffaqiyatli qarilik” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Ishchi guruhi tomonidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

30-noyabr

3. Konsepsiya loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

25-dekabr

8.

Keksalar uchun nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, aniqlangan holatlar boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda taʼsirchan choralarni koʻrish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.

20-dekabr

3. Salbiy holatlar kuzatilgan mahallalarda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilgan ishlarni har haftada sektorlarning umumiy yigʻilishida muhokama qilish.

doimiy

4. Oʻrganish natijalari asosida amaldagi tizimlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

2020-yil 20-yanvar

5. Ishlab chiqilgan tizimni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.

2020-yil 1-fevraldan boshlab

9.

“Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksa avlod vakillari oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish hamda aholi oʻrtasida keng targʻibotini olib borish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

2. Ishchi guruhi tomonidan tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish va aholi oʻrtasida keng targʻib qilish.

25-oktabrdan boshlab doimiy

10.

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini yanada oshirish, ularga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar (xizmat koʻrsatish) tashkil etish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 30-oktabr

Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va reja asosida oʻtkazilishini tashkil etish.

15-noyabrdan boshlab doimiy

3. Aniqlangan muammo va takliflarni manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qilib, natijasi boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

reja asosida

11.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi shakllantirish.

2019-yil 10-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj keksalar?ing roʻyxati?i hududlar kesimida shaklla?tirish.

25-oktabr

3. Tibbiy koʻrik oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va masʼul tashkilotlar bilan kelishish.

30-oktabr

4. Tasdiqlangan reja-jadval asosida tibbiy koʻriklarni oʻtkazish.

reja asosida

12.

Respublikadagi mavjud barcha klinikalarga har yili besh nafardan tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni har olti oyda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha biriktirish yuzasidan zarur choralarni koʻrish.

1. Tibbiy koʻrik oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan klinikalar roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish.

2019-yil 15-noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Tibbiy koʻrik va tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarning roʻyxatini tuzish.

15-noyabr

3. Tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni tavsiya asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish.

30-noyabr

13.

Keksa avlod vakillari, nuroniylarning boy va ibratli hayot tajribasi, amaliy bilim va koʻnikmalarini yoshlarga targʻib etish uchun umumtaʼlim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish boʻyicha reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish boʻyicha namunaviy reja loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 10-oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi

2. Keksa avlod vakillari, nuroniylarni hududlar kesimida joylardagi umumtaʼlim maktablariga biriktirish.

25-oktabr

3. Rejaga asosan joylarda tadbirlarni tashkil etish.

reja asosida

14.

“Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol aʼzolarini doimiy ravishda belgilangan tartibda “Mehnat faxriysi”, “Moʻtabar ayol” va “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlariga tavsiya etib borish.

1. “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolarining faoliyati yuzasidan monitoring ishlarini tashkil etish va eng faol aʼzolarni saralab olish.

2019-yildan boshlab har yarim yilda

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Guruhlardan saralab olingan eng faol aʼzolarga koʻkrak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan tavsiya berib borish.

belgilangan muddatlarda

15.

Mahallalarda keksalar va faxriylar oʻrtasida tongi jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafonlarini uyushtirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

1 — 30-noyabr

3. Joylardagi tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga muntazam ravishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish.

2019-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy

16.

Keksa avlod vakillarining milliy qiyofasi hamda ibratli faxriylar obrazini ifodalaydigan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va namoyish etish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi-ijodiy guruh tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Ishchi-ijodiy guruh tomonidan namoyish etiladigan filmlar, teleseriallar va spektakllar rejasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlarning qoʻshma qarori asosida tasdiqlash.

1 — 30-noyabr

3. Reja asosida badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va efirga uzatish.

reja asosida

17.

Keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda teatr va muzeylarga tashriflarni tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 25-oktabr

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Teatr va muzeylarga boruvchilarning roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish.

5-noyabr

3. Belgilangan muddatlarda teatr va muzeylarga tashriflarni amalga oshirish.

reja asosida

18.

“Keksalar haftaligi” doirasida quyidagi tadbirlarni tashkil etish:

“Keksalik — hayotning ajib fasli” mavzusida koʻrgazma;

“Keksalar va faxriylarga eʼtibor, ularning muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar;

mahallalarda “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari;

mahallalarda “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga oʻrin yoʻq” mavzularida targʻibot tadbirlari;

taʼlim muassasalaridagi maʼnaviyat soatlarida ibratli hayot yoʻli va mehnati bilan aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan keksalar ishtirokida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, koʻrik-tanlovlar va rasmlar koʻrgazmalarini tashkil etish;

keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bayram tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-dastur ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

30-sentabr

3. Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va tadbirlarga mahallalardagi barcha keksa hamda faxriylarni qamrab olish.

1 — 7-oktabr

4. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

reja asosida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksalar maslahati” guruhlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Keksalar maslahati” guruhining (keyingi oʻrinlarda Guruh deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Guruh jismoniy shaxslarning ixtiyoriyligiga asoslanib, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengashi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Guruh Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, hududiy (viloyat, tuman (shahar)) boʻlimlar (keyingi oʻrinlarda — vazirlik, hududiy boʻlimlar) huzurida hamda fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guruh qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Guruh toʻgʻrisidagi nizom tegishli vazirlik, hududiy boʻlimlar boshqaruvi hamda fuqarolar yigʻinlari qarori bilan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Guruh oshkoralik, kollegiallik, oʻzaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoat fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Guruhning asosiy maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Guruhning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda keng foydalanish, ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guruhning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda aholiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida” Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati va ogohligini oshirish, jaholatga qarshi taʼsirchan hamda kuchli maʼrifat targʻibotini, umumtaʼlim maktablarida kiyinish madaniyati, oʻquvchilarning davomatini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, anʼana va marosimlarni tashkil etish hamda oʻtkazishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yigʻiniga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar, yolgʻiz, nogironligi boʻlgan fuqarolar xolidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya mashgʻulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning mahallalarda amalga oshirilishida faollik koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loqaydlik, oilaviy kelishmovchiliklar va yoshlar oʻrtasida “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi salbiy illatlar tarqalishini oldini olish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda jamoatchilik munosabatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksalar orasida sport-sogʻlomlashtirish, muvaffaqiyatli qarish, salomatlik uchun shaxsiy masʼuliyatni yuksaltirish kabi targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga olingan yolgʻiz keksalarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, qarovchisiz qolgan fuqarolarning ambulator-statsionar hamda uy sharoitida davolash, yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishini nazorat qilish;
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan pensiya yoshidagi kishilarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, bandligini taʼminlash, pensiya yoshidagi kishilar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etilishiga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish, ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan yolgʻiz keksalarga har jihatdan koʻmaklashish;
(8-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻy va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymagan holda oʻtkazish boʻyicha mahallada targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan, sanʼat, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa madaniyati, tadbirkorlik kabi turli sohalar boʻyicha katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega keksalar ishtirokida aholi orasida tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haj va Umra ziyoratlariga tavsiya etiladigan fuqarolar boʻyicha takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar hamda pensionerlar uchun tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga muntazam sayohatlar uyushtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy-maʼnaviy vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Guruhning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Guruh quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi tinchlik, hamjihatlik muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli kengashlar hamda fuqarolar yigʻinlariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni milliy mentalitetimizga mos ruhda tarbiyalash, ularda keksa avlod vakillariga nisbatan hurmat hissini shakllantirish, nojoʻya qilmishlar va urf-odatlarimizga zid xatti-harakatlardan qaytarishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskor, fidoyi keksalarni “Mehnat faxriysi”, “Moʻtabar ayol” va “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlariga tavsiya etish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlariga murojaat etgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, kelib tushgan murojaatlarni tasniflash asosida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish ishlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratdan kelib chiqib, oʻz majlislari va tadbirlariga davlat organlarining masʼul xodimlarini taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda keksalarning muammolarini, ularning ehtiyojlarini oʻrganib, bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tavsiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli anʼanalarimizni hisobga olgan holda oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Guruhning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Guruhlar quyidagi tarkibda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika guruhi — vazirliklar, tashkilotlar va xoʻjalik birlashmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan, muayyan tarmoq taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshgan, katta hayotiy va amaliy tajriba hamda mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha mustaqil takliflarga ega ijtimoiy faol jamoat arboblari, olimlar va ekspertlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va tuman (shahar) guruhlari — muayyan sohada rahbarlik lavozimlarida ishlagan, katta hayotiy va amaliy tajribaga, mahallaning mavqeyini yuksaltirish boʻyicha amaliy takliflarga ega boʻlgan, yuqori obroʻ-eʼtiborga sazovor kishilar, olimlar, ijodkorlar va ekspertlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla guruhlari — mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlash, kishilarni ortidan ergashtira olish malakasiga ega boʻlgan, aholi orasida obroʻ-eʼtiborli, boshqalarga ibrat boʻladigan keksa avlod vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamoatchilik tuzilmasi 15 — 20 nafar aʼzodan iborat tarkibda shakllantirilib, tegishli kengashlar boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Guruhning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guruh rahbari tegishli boshqaruv raislari tavsiyasiga koʻra guruh aʼzolari orasidan saylanib, guruh faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Guruh bir oyda bir marta (zarurat boʻlganda navbatdan tashqari) chaqirtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Guruh tomonidan muhokama etilgan masalalar bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi hamda tegishli kengashlarga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Guruh faoliyatini tegishli kengashlar hamda fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlik va hududiy boʻlimlarining tegishli boʻlimlari tuzilma faoliyatini samarali tashkil etishga uslubiy hamda amaliy jihatdan koʻmaklashadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Guruhlarning choraklik faoliyati yuzasidan hududiy boʻlimlar, yarim yillik va yillik faoliyati esa hududiy boʻlimlarning hisobotiga koʻra vazirlik tomonidan monitoring qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Guruh aʼzolari pensiyaga chiqqunga qadar faoliyat koʻrsatgan sohasi boʻyicha tarmoqlarga biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika guruhi aʼzolari hududlarga muvofiqlashtiruvchi sifatida biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Guruhlar oʻz faoliyati doirasida vazirlik va hududiy boʻlimlar boshqaruvi oldida hisobdordir.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish yuzasidan tegishli hududiy boʻlimlar boshqaruvi raislarining shaxsiy masʼulligi belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/816/3823-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)