1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r. | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
| I. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish | ||||
| 1. | Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish. Unda: Konstitutsiyani o‘rgatishga doir ilk tushunchalar; kundalik hayotda qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilimlar; huquqni targ‘ib qiluvchi turli xil o‘yinlar, mashg‘ulotlar va dasturlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va boshqa zarur ma’lumotlarni berish. | Huquqiy portal | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) |
| 2. | Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlang‘ich qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish. | Uslubiy | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) |
| 3. | Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga mo‘ljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo‘llanma tayyorlash va bepul tarqatish. | Qo‘llanma | 2019-yil oktabr | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 4. | Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, o‘zbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rgatishni targ‘ib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish. | Multiplikatsion dasturlar | 2019-yil sentabr | “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 5. | Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qo‘llaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil sentabr | “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) |
| 6. | Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar, tok-shoular tayyorlash. | Teleko‘rsatuvlar | 2019-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 7. | Kundalik turmushda ko‘p uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targ‘ib qilish, shuningdek, huquqiy ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish. | Targ‘ibot tadbirlari, tarqatma materiallar | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 8. | Yoshlar va ota-onalar o‘rtasida nikoh yoshi, aliment to‘lash shartlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida muntazam ravishda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | Targ‘ibot tadbirlari | Doimiy ravishda | “Oila” ilmiy amaliy markazi (D. Toshmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish | ||||
| 9. | Mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga ko‘ra manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish. | So‘rovlar, tahliliy ma’lumot | Har chorakda | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar | Doimiy ravishda | |||
| 10. | Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, ta’lim olish va boshqalar bo‘yicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish. | Tarqatma targ‘ibot materiallari | Doimiy ravishda | Vazirlik va idoralar |
| 11. | Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish, bunda aniq bir kunda rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha malakali mutaxassislar (advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar) tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishini ta’minlab borish. | Huquqiy tadbirlar rejasiga muvofiq | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| 12. | Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan fuqarolarga qonunga hurmat hissini uyg‘otish maqsadida: | Oliy sud (K.Kamilov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) | ||
| sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish; | Chora-tadbirlar rejasi | Har chorakda | ||
| sayyor sud majlislari o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish. | Sayyor sud majlislari | Doimiy ravishda | ||
| 13. | “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlikda mahallalarda aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ko‘lami va sifatini oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) |
| 14. | Profilaktika inspektorlarining yordamchilari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolarining yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlarni amalga oshirish. | Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) |
| 3. Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish | ||||
| 15. | “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” va “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha tizimli o‘rgatish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va o‘rgatilishini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil May | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) |
| Maxsus o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha o‘quvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish. | O‘quv mashg‘ulotlari | 2019-yil dekabr | ||
| 16. | Bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish. | Qo‘llanmalar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 17. | Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashg‘ulotlarni joriy etish. Bunda: maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari bo‘yicha bepul malakasini oshirish; mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini ko‘rish. | Takliflar | 2019-yil fevral | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 18. | Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha namunaviy qo‘llanma yaratish. | Namunaviy qo‘llanma | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) |
| 19. | Yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari tizimini yaratish. Bunda: | Ijrochilarning qo‘shma qarori | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) | |
| umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va ko‘rgazmali o‘rgatishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini; | 2019-yil may | |||
| ta’lim muassasalari uchun huquq fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tayyorlash choralarini ko‘rish. | 2019-yil noyabr | |||
| 20. | Yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street law” (Ko‘cha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish bo‘yicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) | ||
| huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar (volonter) guruhini shakllantirish; | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil may | ||
| “Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik ta’minlash choralarini ishlab chiqish; | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | ||
| ko‘ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg‘ulotlar olib borish metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazish; ko‘ngillilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish. | 2019-yil oktabr | |||
| 21. | Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish: umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish; umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish; oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov) |
| 22. | Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
| Amalga oshirish | 2019-yil dekabr | |||
| 23. | Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil fevral | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 24. | Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali targ‘ibot bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish: flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir ta’lim muassasasiga yetkazish (har chorakda); ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallarini bolalar va yoshlar e’tiboriga yetkazish. | Ko‘rgazmali tarqatma materiallar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 25. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarni o‘z huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil avgust | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar |
| 26. | Umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida huquq fanidan olimpiadalar o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil avgust | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov) |
| 27. | Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta’lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo‘llash. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil avgust | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 28. | Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejalari | 2019-yil may | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 29. | Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash. | Ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari | 2019-yil martdan boshlab | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov) |
| 30. | Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash. | Videoroliklar | 2019-yil aprel | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| 31. | Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 32. | Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 33. | Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar o‘rtasida tizimli ravishda targ‘ibot qilinishini ta’minlash. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Vazirlik va idoralar |
| 34. | Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi bo‘yicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan o‘qitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil iyun | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
| 35. | Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 36. | Har bir davlat organlari va muassasalarida: | Idoraviy hujjat | 2019-yil | Vazirlik va idoralar |
| “Huquqiy madaniyat oyligi”; | mart | |||
| “Odob-axloq oyligi”; | may | |||
| “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish. | dekabr | |||
| 37. | Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida mas’uliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon bo‘lishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Vazirlik va idoralar |
| 38. | Kadrlarga oid qarorlarning, bo‘sh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda o‘tkazishning shaffofligini ta’minlash. | Idoraviy hujjat | 2019-yil aprel | Vazirlik va idoralar |
| 39. | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) |
| 40. | Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik” ruknlarini tashkil etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil | Vazirlik va idoralar |
| 5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 41. | Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi bo‘yicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 42. | Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himiyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish. | Qonun loyihasi | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), (A. Ernazarov) |
| 43. | Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 44. | Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov) |
| 45. | Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar | ||
| dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, ta’lim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari); | Tahliliy ma’lumot | Har yarim yilda | ||
| tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar bo‘yicha zarur axborot-tahliliy va ko‘rgazmali media materiallarni tayyorlash va efirga uzatish. | Telemateriallar | Doimiy | ||
| 46. | Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular bo‘yicha “So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot” loyihasini amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil aprel | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 47. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan huquq targ‘ibotchilarining bu boradagi fidoyiligini rag‘batlantirib borish maqsadida “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” va “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovlarini o‘tkazish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), MTRK (A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) |
| Ko‘rik tanlov o‘tkazish | May | |||
| 48. | Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash. | Videoroliklar | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 49. | Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yo‘nalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur o‘rganish va ularni keng ommaga targ‘ib qilish. | Risolalar, videoroliklar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
| 50. | Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish. | Ijtimoiy videoroliklar | Har oyda kamida bir martadan | Adliya vazirligi (R. Davletov), (F. Abduxalikov) |
| 51. | Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil may | “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| Badiiy film, serial | 2019-yil oktabr | |||
| 52. | Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish. | Qisqa metrajli filmlar | Doimiy ravishda | “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov), MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 53. | Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida: kamida 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlash; korrupsiya, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targ‘ibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash. | Ijtimoiy videorolik, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov) |
| 54. | Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flayer, bannerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini o‘tkazish. | Megatanlov | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 55. | Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, ta’lim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari bo‘yicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish. | Axborot sayti | 2019-yil dekabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
| 56. | Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni to‘g‘risida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari ko‘magida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil iyun | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 57. | Nogironlar (ko‘zi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay bo‘lgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir to‘plamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini o‘tkazgan holda tarqatish. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov) |
| 58. | Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun ko‘mak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib ta’lim olish tizimini yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar |
| 59. | Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni o‘rgatish, huquqiy ma’rifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli ma’rifiy-huquqiy mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazish tizimini joriy etish. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil oktabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 60. | Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), vazirlik va idoralar | ||
| aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining, Temurbeklar maktablari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish; | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil oktabr | ||
| harbiy qismlarda har oyning juma kuni “Huquqiy savodxonlik soati”ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish. | Doimiy ravishda | |||
| II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish | ||||
| 61. | Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish: qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi; barcha milliy huquqiy saytlar; yuridik lug‘at va huquqiy elektron kutubxona; maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses). | Huquqiy portal | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 62. | Turli hayotiy holatlar bo‘yicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari ko‘rsatish elektron tizimi bilan bog‘lanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini (“O‘zbekiston huquqiy forumi” saytini) yaratish va ishga tushirish. | Huquqiy axborot tizimi | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 63. | Fuqarolarning o‘z huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega bo‘lgan “Huquqiy test” loyihasini yaratish. | Test dasturi | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 64. | Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ‘ibot materiallarini joylab borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish. | Uslubiy qo‘llanma | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov) | |
| 65. | Internet tizimida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Huquqiy axborot” telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil aprel | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 66. | Mamlakatimiz aholisi ko‘p foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovlar o‘tkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (R. Ubaydullayeva) |
| III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | ||||
| 67. | Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko‘rsatuvlar ko‘lamini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil fevral | MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 68. | Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televideniye, radio) huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| 69. | Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmog‘iga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil may | Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) |
| 70. | Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 71. | Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Takliflar | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev) |
| 72. | Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shou, bahs-munozara yo‘nalishidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| 73. | Aholi o‘rtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish. | Media reja | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), vazirlik va idoralar |
| 74. | Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil | Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev) |
| 75. | Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va o‘rnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy xabarlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil yanvar | Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| IV. Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish | ||||
| 76. | O‘quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini ta’minlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 77. | Yuridik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil iyun | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 78. | Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
| 79. | Ilg‘or xorijiy tajriba asosida milliy yuridik ta’lim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 80. | O‘quv jarayoniga klinik yuridik ta’limni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish. Tarmoqlararo ta’limni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida “Huquq va Tibbiyot”, “Huquq va Qurilish” kabi mutaxassisliklar ochilishini ta’minlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 81. | Huquqiy mavzular bo‘yicha ta’lim beruvchi pedagog-o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | Ijrochilarning qo‘shma qarori | 2019-yil oktabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
| V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | ||||
| 82. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva) |
| 83. | Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq ko‘rsatkichlar asosida o‘rganib borish va baholash. | Monitoring tadbirlari | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva) |
| 84. | Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash. | Tahliliy ma’lumotnoma, takliflar | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 85. | Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) |
| 86. | Huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash ko‘lamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratish. | Tadqiqot ishlanmalari | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy attestatsiya komissiyasi |
| 87. | Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam e’lon qilib borish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil iyun | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
| 88. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksalti?ish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o‘rganish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish. | So‘rovlar, tadqiqot va tahlillar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), vazirlik va idoralar |