Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.03.1995 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORVAChILIKDA XUSUSIYLAShTIRIShNI DAVOM ETTIRISh VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish hamda chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1995-yil oxirigacha, qonunchilikda belgilangan tartibda, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan xo‘jaliklar chorvachilik fermalarining xususiylashtirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chorvachilik fermalarini xususiylashtirishni amalga oshirish uchun tegishli xo‘jaliklarda tuman hokimliklari, xo‘jaliklar, qishloq xo‘jaligi organlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda maxsus komissiyalar tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini umrbod egalik qilish uchun yangi mulkdorlarga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari va boshqa mulklar qiymatini to‘lash muddatini uzaytirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo‘jalikning aniq tabiiy-iqtisodiy hududlarini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari chorvachilik fermalarini xususiylashtirishda yangi mulkdorlarning ulush qo‘shib qatnashishlari asosida mavjud kommunikatsiyalar, ozuqa sexlari, transport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi negizida shirkatlar tashkil etishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan fermalarga 1995-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi limitlari hisobiga davlat resurslaridan paxta shroti ajratish bo‘yicha topshiriq 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiylashtirilgan fermalar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi mahsuldor mollar podasini muntazam yangilab borish maqsadida naslchilik zavodlari va xo‘jaliklarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda, ixtisoslashtirilgan naslchilik xo‘jaliklari ro‘yxatini aniqlasin va tasdiqlasin hamda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi naslchilik zavodlari va xo‘jaliklari tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva naslchiligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, uni Davlat resurslaridan omixta yem bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari chorvachilikda zooveterinariya punktlari va texnik servis stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishni hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zgo‘shtsutsanoat” va “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalari, boshqa tayyorlov tashkilotlari fermyerlar, xo‘jaliklar va aholidan chorvachilik mahsulotlarini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bevosita joyning o‘zida qabul qilib olishni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi xususiylashtirilgan chorvachilik fermalari va dehqon (fermer) xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun 1995-yilda vazirlik fondidan yonilg‘i-moylash materiallarini 4-ilovaga* muvofiq miqdorlarda ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mahsulot yetishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va uni yanada ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida bir oy muddatda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xususiylashtirilgan fermalar, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va aholidan soliq olishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qo‘yilsinki, xususiylashtirilgan fermalarni, fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va uning joylardagi muassasalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-iyundagi 117-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 24-son, 219-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat mulki qo‘mitasi kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armadan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklaridagi chorva mollarini hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni statistik hisobga olish tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin.
(12—14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-son