Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 05.01.1995 yildagi PF-1030-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TASHABBUS KOʻRSATISH VA UNI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng koʻlamda jalb etishni taʼminlash, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublikaning boshqa tashkilotlari oʻzlarining kundalik faoliyatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika, axborot va kadr resurslariga erishishda tadbirkorlar bilan davlat korxonalarining toʻla teng huquqliligini ogʻishmay taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarda koʻzda tutilgan hollardan tashqari, tadbirkorlarning tezkor-xoʻjalik va xoʻjalik-tijorat faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻymasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlardan birining aybi bilan koʻrilgan zararni va boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, iqtisodiy munosabatlarda boshqaruv organlari bilan tadbirkorlarning ikki tomonlama masʼuliyati prinsipiga amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi va Adliya vazirligi tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar hamda Farmonlarning qatʼiyan bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasinlar. Ularni soʻzsiz bajarish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tezkor choralarni koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki qoʻmitasi 1995-yilda Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta qurollantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan mablagʻlarning 50 foizga qadarini topshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur mablagʻlar avvalo loyihalarni amalga oshirishda oʻz ulushi bilan qatnashish, kreditlar berish, shuningdek tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolatlar berish yoʻli bilan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga sarflansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soni boʻyicha amaldagi cheklashlar bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiy sudlarga xususiy korxona egalaridan poshlina haqini oldindan toʻlattirmay daʼvo arizalarini qabul qilishga ruxsat berilsin, keyinchalik uning haqi sud qarori chiqarilgandan soʻng soʻzsiz undirib olinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning moddiy-texnika negizini amalda mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat raqobat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni va turli xizmatlar koʻrsatishni tashkil qilish uchun foydalanilmay yotgan ishlab chiqarish binolarini belgilangan tartibda xususiy korxonalarga ijaraga berishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chala qurilgan ishlab chiqarish inshootlari hamda foydalanilmayotgan uskunalarni kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotishni amalda keng joriy qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yilning I choragida dehqon (fermer)lardan va xususiy korxona egalaridan qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlarini xarid qiluvchi doimiy ishlaydigan ulgurji ixtisoslashtirilgan bozorlarni tashkil qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh yotgan binolarni tadbirkorlarning tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborlarga aylantirish va ulardan foydalanishga koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xom ashyo va materiallar bilan taʼminlaydigan ulgurji-vositachi tuzilmalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xom ashyo va materiallarga buyurtmalarni yigʻish, ularni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur holga yetkazish hamda ularni tadbirkorlarning buyurtmalari boʻyicha sotish bilan shugʻullanuvchi tijorat markazlari va savdo uylarini tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Z. Usmonov respublikaning katta shaharlarida supermarketlar barpo etishda xususiy korxona egalariga yordam koʻrsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har yili xususiy korxonalar egalarining tanlovlarini oʻtkazib, gʻoliblarni — eksportga mahsulot chiqarish bilan shugʻullanuvchi firmalarni xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda tanishtirib turish toʻgʻrisida Tadbirkorlar uyushmasi bilan Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaning taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat mulk qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida bozor munosabatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmogʻini kengaytirishga oid tadbirlar tizimini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toshkent shahar hokimi shu yilning I choragida Respublika jamgʻarma birjasi va Respublika koʻchmas mulk birjasiga ularning faoliyati uchun normal shart-sharoitlarni taʼminlab beradigan binolar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzteleradio, gazeta va jurnallarning tahririyatlari xususiy korxona egalarining ish tajribasini targʻib qilishni avj oldirsinlar, ularning aniq-ravshan namunalari asosida tayyorga ayyorlik psixologiyasini bartaraf etish va ular shu negizga tayanib oʻzlarining moddiy farovonligini taʼminlash, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirishi sohasidagi keng imkoniyatlarni namoyish qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1030-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 51-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 329-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)