Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1149-8]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 13-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1149, 2002-yil 12-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 05/01-18-02-32/3458-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2002-yil 25-maydagi 66, 218-V-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149, 2002-yil 12-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 28-noyabrdagi 128, 218-V-1-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-1, 2004-yil 20-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 11-noyabrdagi 122, 218-V-2-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-2, 2004-yil 19-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 8-iyundagi 52, 218-V-3-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-3, 2005-yil 6-iyul);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 15-avgustdagi 75, 218-V-4-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-4, 2005-yil 8-sentabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 2-martdagi 25, 218-V-5-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-5, 2006-yil 3-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 7-iyundagi 66, 218-V-6-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-6, 2007-yil 27-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 10-sentabrdagi 87, 23/13-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1149-7, 2009-yil 23-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
404-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/1149-8/3750-son)