OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAGʻLARNI QAYTARISh UChUN PAXTA TOLASINI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAGʻLARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1149-7]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-sentabrdagi 404-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1149-8, 16.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda) qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda) qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2002-yil 25-maydagi 66 va 218-V-sonli qarori (roʻyxat raqami 1149, 2002-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 11-12-son) bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
87-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
23/13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 430-modda)