05.09.2019 yildagi 736-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning agrar tarmogʻini yanada rivojlantirishga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish, ilgʻor texnologiyalarga asoslangan infratuzilmani yaratish, iqtisodiy va eksport salohiyatini oshirish, yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan korxonalar majmuini tashkil etish orqali mamlakatda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va tarmoqda ish unumdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Altintoprak Pamuk Tekstil Tarim Nakliyat Sanayi Ve Tiçaret Limited Sirketi” kompaniyasi (Turkiya) oʻrtasida 2019-yil 15-may kuni oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu oʻzaro anglashuv memorandumida 30 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash, urugʻchilik sohasini rivojlantirish, issiqxona komplekslarini barpo etishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasterini (keyingi oʻrinlarda agrosanoat klasteri deb ataladi) tashkil qilish nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat klasterini tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Art Soft Nolding” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Art Soft Nolding” MChJ deb ataladi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2022-yillarda 114,2 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya loyihalari amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Namangan viloyati hokimligi hamda “Altintoprak Pamuk Tekstil Tarim Nakliyat Sanayi Ve Tiçaret Limited Sirketi” kompaniyasining (Turkiya):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini, xorijiy banklarning kredit liniyalari va tijorat banklarining kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga agrosanoat klasterini tashkil qilish loyihasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJni 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha agrosanoat korxonalaridan iborat tarkibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ tarkibiga kiradigan “Art soft tex cluster” fermer xoʻjaligiga paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlarini, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik hamda issiqxona mahsulotlarini yetishtirishni tashkil qilish maqsadida Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida belgilangan tartibda umumiy 30,9 ming gektar, shundan 27,1 ming gektar ekin maydoni hamda Pop tumanida umumiy 31,5 ming gektar, shundan 24,7 ming gektar ekin maydonini 50 yilgacha boʻlgan, biroq oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Agrosanoat klasterining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanning ilgʻor yutuqlarini, paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilgʻor innovatsion agrotexnik va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullari va texnologiyalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona komplekslarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika markazlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, seleksiya hamda urugʻchilik yoʻnalishida qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragay urugʻlarini yaratish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Art Soft Nolding” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjaliklararo sugʻorish va melioratsiya tarmoqlarining texnik holatidan kelib chiqib belgilangan tartibda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirsin, shuningdek, belgilangan limit doirasida ekin maydonlarini suv bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganda yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarining paydo boʻlishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art soft tex cluster” fermer xoʻjaligining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga gʻoʻza, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib ilmiy asoslangan tarzda mustaqil ravishda joylashtirishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ muassisligida “Art soft seeds” MChJni tashkil etishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining superelita urugʻliklarini tayyorlovchi urugʻchilik korxonasi va uning laboratoriyasini qurishga hamda 100 gektar ekin maydonida tajriba-sinov ishlari olib borilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ muassisligida “Art Soft Agro Consulting” MChJni tashkil etishga hamda qishloq xoʻjaligi xodimlarining bilim va malakasini oshirib borish uchun oʻquv kurslarini tashkil qilishga, qishloq xoʻjaligiga ilmiy asoslangan xorijiy tajriba va yangi innovatsion gʻoyalarni tatbiq etishga hamda sugʻurta va moliyaviy masalalar tizimini rivojlantirishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, “Art Soft Nolding” MChJ taʼsis hujjatlariga muvofiq uning tarkibidagi agrokorxonalarning mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida jamlash va keyinchalik bu mablagʻlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki “Art soft tex cluster” fermer xoʻjaligiga paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarga muvofiq imtiyozli kredit liniyalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning Mingbuloq va Pop filiallarga qarashli foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlar, omborlar, shuningdek, “Toʻraqoʻrgʻon neft bazasi” MChJ Pop filialining bino va inshootlari va omborlari bozor qiymatida hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar orqali sotilishi masalasi xoʻjalik jamiyati boshqaruv organi majlislarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan Agroservis MTP” MChJning “Mingbuloq Agroservis MTP” va “Pop Agroservis MTP” MChJ ustav fondidagi 100 foiz ulushini bozor qiymatida hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar orqali birinchi toʻlovni 30 foiz miqdorda, qolgan 70 foizini 5 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan “Art Soft Nolding” MChJga sotish masalasi xoʻjalik jamiyati boshqaruv organi majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati va tijorat banklari hamda Namangan viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga muvofiq “Mingbuloq Agroservis MTP” va “Pop Agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni va ularning “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining viloyat filiali oldidagi qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish boʻyicha lizing majburiyatlarini hamda kafillik uchun sugʻurta polislari “Art Soft Nolding” MChJ nomiga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish ishlarini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qoʻyilsinki, “Art Soft Nolding” MChJga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorining 2 va 13-bandlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klastyerlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va shartlar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmonining 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali investitsiyaviy (kamida 1 mln AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda “Art Soft Nolding” MChJga ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasini tashkil qilish va mahsulotlarni eksport qilishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida ilgʻor xorijiy tajriba asosida har tomonlama mukammal boʻlgan “Biznes markazi” qurish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Namangan viloyati hokimligi “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda “Art Soft Nolding” MChJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maydonlari tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun siqilgan gaz texnik va resurs imkoniyatlaridan kelib chiqib yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Art Soft Nolding” MChJga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun zarur ruxsatnomalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Art Soft Nolding” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish, yashash joyida roʻyxatdan oʻtish va ularning muddatini uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Art Soft Nolding” MChJ tarkibidagi “Namangan Momiq Sochiqlari” MChJning Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani “Nanay” mahalla fuqarolar yigʻini hududida qurilgan va foydalanishga topshirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
736-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 736-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ tashkil etadigan agrosanoat korxonalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Art soft tex cluster” fermer xoʻjaligi (paxta xomashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Art soft fiber” MChJ (paxta tozalash, qabul qilish va paxta xomashyosini qayta ishlash korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Artsoft oil” MChJ (yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Art soft seeds” MChJ (paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish va tayyorlash urugʻchilik korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Art soft laboratory” MChJ (tuproq tarkibini tekshirish, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (un, oʻsimlik yogʻi va shu kabilar) sifatini tekshirish laboratoriyasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Art soft greenhouse” MChJ (zamonaviy issiqxona kompleksi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Art soft livestock” MChJ (chorvachilik kompleksi — sut va goʻsht yetishtirish hamda ularni qayta ishlash korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Art soft flour” MChJ (don qabul qilish va qayta ishlash korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Artsoft feed” MChJ (omixta yem ishlab chiqarish korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Art soft enginering” MChJ (qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va taʼmirlash korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Art soft agro consulting” MChJ (qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish hamda sugʻurta va moliya masalalarida koʻmaklashish korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Art soft tex” MChJ (paxta tolasini qayta ishlash, tayyor toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish toʻqimachilik kompleksi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Art soft tex spinning” MChJ (ip-kalava ishlab chiqarish fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Choshgoh” MChJ (toʻquvchilik fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Namangan momiq sochiqlari” MChJ (toʻquvchilik, boʻyoqchilik va tikuvchilik fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Boʼston trikotaj” MChJ (tikuvchilik fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Togʼ goʼzali” MChJ (tikuvchilik fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Art soft spinning” MChJ (ip-kalava ishlab chiqarish fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Rapfen” MChJ (ip-kalava ishlab chiqarish fabrikasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Art Soft Nolding” MChJ muassislarining qaroriga koʻra, agrosanoat korxonalarining ushbu roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 736-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Art Soft Nolding” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Investitsiya loyihasining nomi

Loyihaning hisoblab chiqilgan qiymati* (ekvivalentda mln dollar)

shu jumladan:

Yillik quvvati

Amalga oshirish muddatlari

xalqaro moliya institutlari kreditlari (mln dollar)

loyiha tashabbus-korining oʻz mablagʻlari (mln dollar)

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya (mln dollar)

1.

Qishloq xoʻjaligi va boshqa zarur texnika hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarida ishlaydigan maxsus texnika sotib olish.

11,5

-

2,5

9,0

842 ta turli rusumdagi maxsus texnika va boshqa mexanizmlar sotib olish orqali Mingbuloq tumanida 30 ming 387 gektar,
Pop tumanida 31 ming 476 gektar, jami 62 ming 349 gektar er maydonida tizimli ishlar amalga oshiriladi va 6 610 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2019 - 2020-yillar mobaynida

2.

“Art Soft Enginering” MChJ tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va taʼmirlashni tashkil etish.

22,0

11,1

7,2

3,7

Maxsus qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlarni (kultivator, borona, seyalka, purkagich va shu kabilar) ishlab chiqarish va kapital taʼmirlash yoʻlga qoʻyiladi va 110 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2020 - 2021-yillar mobaynida

3.

“Art soft fiber” MChJ tomonidan paxta tozalash, qabul qilish va paxta xomashyosini qayta ishlashni tashkil etish.

8,9

7,4

1,5

-

Mingbuloq tumanidagi “Gulbogʻ paxta tozalash” va “Pop paxta tozalash” korxonalarini rekonstruksiya qilish natijasida yetishtirilgan paxta xomashyosini sifatli qayta ishlash taʼminlanadi.

2019 yil

4.

“Art soft seeds” MChJ tomonidan paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtiruvchi va tayyorlovchi zamonaviy urugʻchilik korxonasini tashkil etish.

10,0

8,5

1,5

-

Qishloq xoʻjaligi ekinlari superelita urugʻliklarini tayyorlovchi zamonaviy urugʻchilik korxonasi va uning laboratoriyasi tashkil etiladi hamda 130 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2019 yil

5.

“Art soft agro consulting” MChJ tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish hamda sugʻurta va moliyaviy masalalar bilan shugʻullanishni tashkil etish.

1,0

0,5

0,2

0,3

Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish orqali yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga hamda sohada sugʻurta va moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirishga erishiladi.

2019 yil

6.

“Artsoft oil” MChJ tomonidan yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini qurish va ishga tushirish.

16,2

12,2

2,0

2,0

Qabul qilingan texnik chigitni qayta ishlash hisobiga 19,0 ming tonna yogʻ, 84 ming tonna shrot va sheluxa ishlab chiqariladi.

2019 - 2021-yillar

7.

“Art soft flour” MChJ tomonidan don qabul qilish va qayta ishlash korxonasini qurish va ishga tushirish.

8,0

6,0

2,0

-

Korxona zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi (yillik quvvati 112,5 ming tonna) hamda sifatli un mahsulotlari ishlab chiqariladi.

2020 yil

8.

“Artsoft feed” MChJ tomonidan omuxta em ishlab chiqarish korxonasini qurish va ishga tushirish.

8,0

6,0

2,0

-

Parranda, baliq va chorva mollari uchun omixta em mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2020 yil

9.

“Art soft livestock” MChJ tomonidan chorvachilik kompleksi — sut va goʻsht yetishtirish hamda ularni qayta ishlash korxonasini qurish va ishga tushirish.

18,0

-

7,0

11,0

Xorijdan 7 ming bosh qoramol keltiriladi, 1,5 ming tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 25 ming tonna sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.

2020 — 2022-yillar

10.

“Art Soft Greenhouse” MChJ tomonidan zamonaviy issiqxona kompleksini qurish va ishga tushirish.

7,6

-

3,6

4,0

20 gektar er maydonida zamonaviy issiqxona kompleksi tashkil qilinadi va 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2020 — 2022-yillar

11.

“Art soft laboratory” MChJ tomonidan tuproq tarkibini tekshirish, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, ishlab chiqarilayëtgan mahsulotlar (un va ëgʻ) sifatini tekshirish korxonasini qurish va ishga tushirish.

3,0

2,5

0,5

-

Tuproq tarkibi tekshiriladi, ŭsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya q�linadi, ishlab chiqarilayëtgan mahsulotlar (un va ëgʻ) sifati tekshiriladi.

2019 yil

Jami

114,2

54,2

30,0

30,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kiritilayotgan investitsiyalarning yakuniy qiymati loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgandan soʻng aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 736-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovaning rus tilidagi matnida 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

27.

Namanganskaya oblast, Mingbulakskiy i Papskiy rayon

OOO “Art Soft Nolding”

23 218

AKB “Uzmilliybank”

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-ilovaning rus tilidagi matnida 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

26.

Namanganskaya oblast, Mingbulakskiy i Papskiy rayon

OOO “Art Soft Nolding”

AO “Mingbulok paxta tozalash” i AO “Pop paxta tozalash” so vsemi zagotpunktami

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/736/3697-son)