19.09.2018 yildagi 744-son
Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan mintaqalar hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini keyingi yillarda joriy qilishni davom ettirish;
2019-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, 1-ilovaga* muvofiq respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
6. Belgilansinki, ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2019-yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida nazarda tutilgan shartlar asosida hisoblab chiqiladigan ehtiyojning kamida 60 foizi miqdoridagi kredit resurslari xizmat ko‘rsatuvchi banklar yoki “Agrobank” ATBda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali ajratiladi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi beriladi.
Ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan qoidalar va shartlar tatbiq etilsin.
7. “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritgan holda, 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada* nazarda tutilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotiladigan paxta tozalash korxonalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishni;
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
uchinchi xatboshidagi “2018-yil mobaynida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 8-banddagi “chigit yetkazib berilishini” so‘zlaridan keyin “paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining tashkilotchilari bilan kelishgan holda” so‘zlari qo‘shilsin.
nomlanishidagi “2018-yilda” so‘zlari “2018-yildan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya qo‘shilsin: