Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 13.05.1992 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.1992 yildagi 235-son
Kuchga kirish sanasi
13.05.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1992-yil 13-yanvardagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi ilova qilinayotgan normativ hujjatlar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, fuqarolarni oʻqitish va ularni respublikada ishga joylashtirish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatuvchi tijorat byurolari, vakilliklar va boshqa tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash shartlari va tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya qilinishga muhtoj boʻlgan va ishga joylashishda alohida qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslarni ishga qabul qilishni tashkil qilish uchun ishchi oʻrinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (3-ilova);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishchi oʻrinlari tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlar toʻgʻrisida”gi Nizom (4-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishdan boʻshatiladigan xodimlar va ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (5-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 1993-yildan boshlab har chorakda boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar sonini hamda ishsizlik nafaqasi toʻlash, xodimlarni qayta tayyorlash, shuningdek, ish bilan taʼminlash xizmatlarini saqlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat hal etishini talab etuvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddat ichida 1992-yil oxirigacha boʻshatilishi kerak boʻlgan xodimlar sonini hamda ishsizlik nafaqasi toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishdan boʻshatiladigan xodimlarni oʻz vaqtida ish bilan taʼminlovchi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsin. Buning uchun:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining faoliyat koʻrsatishi samaradorligini, ishdan boʻshatiladigan xodimlarni va mehnatga yaroqli aholining ish bilan taʼminlanmagan qismini qayta oʻqitish va qayta tayyorlashni tashkil etishni taʼminlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar va konsernlar bilan birgalikda respublika xalq xoʻjaligining har bir tarmogʻida ishdan boʻshatiladigan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlovchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1992-yil 1-iyulgacha ish bilan taʼminlash respublika va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish hamda ishchi oʻrinlari birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlarni aniqlash metodikasini tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ish bilan taʼminlash mintaqa dasturlarini ishlab chiqishda joylarda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida 1992-yil 1-iyungacha ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi respublika muvofiqlashtirish qoʻmitasining shaxsiy tarkibi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha statistika hisobotini takomillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va davlat boshqaruvining boshqa manfaatdor organlari bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasining chet elda oʻz kasbi boʻyicha ishlayotgan fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ayrim moddalarini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma va tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlarning rahbarlariga oʻzlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan boʻsh ishchi oʻrinlari (vakansiyalar) mavjudligi va xodimlarning ishdan boʻshashi (prognoz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning belgilangan muddatlarda bandlikka koʻmaklashish markazlariga taqdim etilishini taʼminlash yuklatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini taʼminlasinlar, mehnat organlari tizimi va ishini ana shu Qonun talablariga, shuningdek, tasdiqlangan nizomlarga muvofiqlashtirsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar, uyushmalar, konsernlar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bundan keyin oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining bitiruvchilarini oʻz vaqtida ishga joylashtirish chora-tadbirlarini muntazam amalga oshirsinlar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yilgi bitiruvchilarni ishchi oʻrinlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi masala shu yilning may-iyun oylarida hal etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidovga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlari ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-iyuldagi 353-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish oʻrinlari tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantiriladigan hududlar toʻgʻrisida
NI3OM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq “Ish bilan taʼminlash” mintaqa dasturlarida har yili ish oʻrinlarini tashkil etishda birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlarga ish oʻrinlariga boʻlgan aholining talab va ehtiyojlaridan doimiy orqada qolishi, korxonalarning yopilishi natijasida ishdan boʻshagan ishchi kuchlarining koʻpayib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi va ishchilar sonining qisqarishi, tabiiy ofatlar sababli davlat va mintaqalardan koʻplab fuqarolarning yangi ish va istiqomat joylariga koʻchib oʻtishidan mehnat bozorida tang holat paydo boʻlgan respublika mintaqa (viloyat, shahar, nohiya)lari kiritilishi mumkin. Bularga yangi ish oʻrinlari tashkil qilinganligi uchun davlat tomonidan ragʻbatlantiriladigan mintaqalarni ham kiritish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat bozoridagi ahvolning murakkabligiga qarab, birinchi oʻrinda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar maqomi bir yilga yoki uzoqroq muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan boʻshatiladigan xodimlar va ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NI3OM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishdan boʻshagan xodimlarning va ishchilar hamda mutaxassislardan iborat ish bilan taʼminlanmagan aholining malakasini oshirish va qayta kasbga tayyorlash “Ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish va kasbga yoʻnaltirish mintaqalararo markaz”larda tashkil qilinadi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bundan keyin “markazlar” deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasiga koʻra guruhlarni shakllantiradilar, oʻqitish va qayta oʻqitishni amalga oshiradilar.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu markazlarda biror ixtisoslikka oʻqitish boʻyicha tegishli oʻquv moddiy bazasi boʻlmagan taqdirda bandlikka koʻmaklashish markazlarida ish qidirib yuruvchilar sifatida roʻyxatga olingan shaxslarni kasbga oʻrgatish (qayta oʻrgatish) yoki malakasini oshirish: taʼlim muassasalarida, korxonalarning oʻquv boʻlinmalarida, vazirlik va idoralarning mutaxassislarning malakasini oshirish tizimida tashkil qilinadi.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari joylardagi markazlarning vositachiligi orqali yoki bevosita taʼlim muassasalari, korxonalarning oʻquv boʻlinmalari, shuningdek, tijorat, xoʻjalik hisobidagi va boshqa kasbga oʻrgatishni va qayta oʻrgatishni tashkil qilishga ruxsatnomasi boʻlgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar va oʻquv jarayonini moliyaviy taʼminlash manbalarini aniqlaydilar (korxonalarning, mahalliy budjetlar va Davlat aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish fondining mablagʻlari).
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan boʻshagan va ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, uning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga boʻlgan talab respublikaning har qaysi mintaqasida xalq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ham haqiqiy boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligiga, ham mehnat bozorining oldindan aytib berishiga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar guruhi, koʻp bolali ayollar, yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun kasbga tayyorlash, malaka oshirish va qayta oʻqitishni tashkil etishda maxsus guruhlar ochish, mashgʻulotning maqbul tartibini oʻrnatish, shuningdek, oʻqish yakunlangach, ishga joylashtirish yoʻli bilan ularning kasb darajasini oshirishga sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan boʻshatiladigan xodimlarni va ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzlariga qarashli mintaqalararo markazlarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-uslubiy rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oʻquv yurtining turi va ixtisosiga qarab tarmoq vazirliklari hamda idoralarning uslubiy xizmatlariga yuklatiladi.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan boʻshatiladigan xodimlarni va ish bilan taʼminlanmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradigan oʻquv yurtlaridagi oʻqitish ishlariga bozor munosabatlari sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish hamda iqtisodiy jarayonlar nazariyasi va amaliyoti boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali muhandis-pedagoglar va ilmiy kadrlar jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga oʻqitish davrida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining ularning huquqi doiralaridagi qarorlari bilan belgilangan tartib va miqdorlarda stipendiyalar toʻlanadi.
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-maydagi 235-son qarori
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. SSSR Ministrlar Sovetining “Oʻsmirlarni ishga joylashtirishni yaxshilash toʻgʻrisida” 1963-yil 4-dekabrdagi 1186-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 2-yanvardagi 6-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Buxgalterlik uchyotini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va xalq xoʻjaligida nazoratni amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 1964-yil 6-noyabrdagi 923-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 26-yanvardagi 58-son qarorining 5-bandi “j” kichik bandining ikkinchi xatboshi, KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1957-yil 28-maydagi 595-son qarorining 3-bandi “g” kichik bandining amalda boʻlishini joriy qilish qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Ulugʻ Vatan urushi nogironlariga va Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlarni kengaytirish toʻgʻrisida” 1965-yil 6-martdagi 140-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 12-apreldagi 201-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1966-yilda umumtaʼlim maktablarini bitiradigan yoshlarni oʻqitishni kengaytirish va xalq xoʻjaligidagi ishlarga joylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1966-yil 5-apreldagi 179-son qarorining 22-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Umumiy ovqatlanishni yanada rivojlantirish va yaxshilash choralari toʻgʻrisida” 1967-yil 7-martdagi 198-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 3O maydagi 266-son qarori 42-bandining oʻn toʻrtinchi xat boshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Ijtimoiy foydali mehnatdan boʻyin tovlovchi va jamiyat uchun zararli, tekinxoʻrlarcha kun koʻruvchi shaxslarga qarshi kurashni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 1970-yil 23-fevraldagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 30-martdagi 155-son qarori (OʻzSSR QT, 1970-y., 4-son, 19-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikadagi yoshlarni kasb boʻyicha yoʻnaltirish ishlarini yaxshilash choralari toʻgʻrisida” 1970-yil 17-sentabrdagi 473-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Savdo va uning texnika jihatdan taʼminlanganligini yaxshilashning baʼzi choralari toʻgʻrisida” 1972-yil 7-yanvardagi 30-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1972-yil 25-fevraldagi 100-son qarori II boʻlimining yigirma uchinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat bilan toʻla ravishda band qilish maqsadida mehnat resurslarini hisobga olish davlat respublika (“Bandlik”) dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida” 1989-yil 20-noyabrdagi 390-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sanoat korxonalarini va qurilish tashkilotlarini malakali ishchi kadrlar bilan taʼminlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari toʻgʻrisida” 1974-yil 5-iyundagi 256-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. SSSR Ministrlar Sovetining “Oʻquvchilarga mehnat taʼlimi berish va ularning kasb tanlashlari uchun maktablararo oʻquv-ishlab chiqarish kombinatlari tashkil etish toʻgʻrisida” 1974-yil 23-avgustdagi 662-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 11-sentabrdagi 427-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xat boshi (OʻzSSR QT, 1974-y., 9-son, 51-modda) malakali ishchilar va injener-texnik xodimlarning oʻquvchilarni amaliy oʻqitganliklari uchun mehnatga haq toʻlashga tegishli qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ularning oblast korxonalari va tashkilotlarida muqim ishlab qolishlari yuzasidan Samarqand oblast ijroiya komitetining ishi toʻgʻrisida” 1974-yil 30-oktabrdagi 500-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini taʼminlash boʻyicha Andijon oblast ijroiya komitetining ishi toʻgʻrisida” 1975-yil 29-maydagi 311-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Andijon, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Chirchiq shaharlarida mehnatkashlarni korxonalarda va tashkilotlarda qabul qilish tartibi toʻgʻrisida” 1975-yil 28-avgustdagi 414-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1975-yil 22-sentabrdagi 981-son qarorining 3-bandi, SSSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 27-fevraldagi 145-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshining amalda boʻlishini joriy qilish qismi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. SSSR Ministrlar Sovetining “Nogironlarni kasbga oʻrgatishni va ishga joylashtirishni tashkil etishni yaxshilashga oid qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1976-yil 10-dekabrdagi 1010-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil 27-dekabrdagi 728-son qarori 6-bandining birinchi xatboshi va 8-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Aholini ishga joylashtirish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 1977-yil 13-iyundagi 385-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Mehnat intizomini yanada mustahkamlash va xalq xoʻjaligida kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirish toʻgʻrisida” 1979-yil 13-dekabrdagi 1117-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1980-yil 28-yanvardagi 76-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi va 11-bandining uchinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 182-son qaroriga ilova sifatida berilgan Vatan urushi invalidlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar toʻgʻrisidagi Nizomning 21-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻrta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarni va oʻrta maʼlumot olmagan yoshlarni Oʻzbekiston SSR territoriyasida ishga joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil 19-yanvardagi 46-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y, 1-son, 1-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 6-noyabrdagi 723-son qarorining 2, 3-bandlari (ikkinchi xatboshining oxirgi jumlasidan tashqari), 6-bandining uchinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. SSSR Ministrlar Sovetining “Omonatga qoʻyish ishini yanada rivojlantirish va omonat kassalarini kadrlar bilan mustahkamlash choralari toʻgʻrisida” 1983-yil 2-iyundagi 490-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 9-iyundagi 364-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi, ishchilarga ularni ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatishda ishlab chiqarish taʼlimi berish uchun asosiy ish joyidan ozod qilinmasdan jalb qilingan malakali ishchilar va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlashga tegishli qismi (OʻzSSR QT, 1983-y., 6-son, 20-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. SSSR Ministrlar. Soveti va VSSPSning “Mehnat intizomini mustahkamlashga oid qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1983-yil 28-iyuldagi 745-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1983-yil 19-avgustdagi 486-son qarorining 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Agrosanoat kompleksi boshqaruvini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 1985-yil 14-noyabrdagi 1114-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 11-dekabrdagi 618-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Falla mahsulotlari ministrligi masalalari” toʻgʻrisida 1986-yil 11-fevraldagi 207-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 24-martdagi 143-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi (OʻzSSR QT, 1986-y., 3-son, 9-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aktiv sotsial siyosatni amalga oshirish sohasidagi ishni kuchaytirish hamda SSSR mehnat va sotsial masalalar davlat komitetining rolini oshirish toʻgʻrisida” 1987-yil 17-iyuldagi 825-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Uzsovprofning 1987-yil 26-oktabrdagi 441-son qarorining 9-bandi, 20-bandining toʻrtinchi xatboshi (OʻzSSR QT, 1987-y., 11-son, 60-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. KPSS MK, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aholining ish bilan samarali band boʻlishini taʼminlash, ishga joylashtirish sistemasini takomillashtirish va mehnatkashlar uchun sotsial garantiyalarni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1987-yil 22-dekabrdagi 1457-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzsovprofning 1988-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining 3, 5, 10, 16, 19, 20-bandlari, 21-bandi “a” kichik bandining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshlari, “b”, “g” kichik bandlari (oxirgi xatboshi bundan mustasno) (OʻzSSR QT, 1988-y., 2-son, 5-modda),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Davlat narxlar komitetining faoliyatini va tashkiliy strukturasini qayta qurish toʻgʻrisida” 1987-yil 26-dekabrdagi 1472-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 22-fevraldagi 66-son qarori 13-bandining oxirgi xatboshi.