Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq respublikada oʻrmon fondini muhofaza qilish, koʻpaytirish, undan oqilona foydalanish boʻyicha qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, qurgʻoqchilik va choʻllanishga hamda eroziyaga qarshi 582,6 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 507,2 ming gektardan ortiq maydonda oʻrmon barpo etildi. 1436,4 tonnadan ortiq har xil turdagi daraxt va butalar urugʻi, 108,8 mln dona nihol va koʻchatlar tayyorlanib, 2786 gektar maydonda niholxona va koʻchatxona tashkil etildi. Madaniy holda yetishtiriladigan dorivor va ozuqabop oʻsimliklar turlari 61 turga yetkazilib, 3 ming gektar maydonda dorivor oʻsimliklar plantatsiyasida 4,5 ming tonnadan ortiq dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom ashyosi tayyorlanib, 2,2 ming tonnadan ortiq xom ashyo yetkazib berildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida oʻrmon xoʻjaliklarining xoʻjalik hisobidan olingan daromadlari 2016-yilga nisbatan 3,7 barobarga oshib, 2018-yilda 133 mlrd soʻmga yetkazildi.
Shu bilan birga, oʻtgan yillar davomida toʻplangan tajriba va amalga oshirilgan ishlar tahlili, sohada aniqlangan yangi muammo va kamchiliklar ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish zarurligini koʻrsatmoqda.
Respublika oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga xususiy kapitalni jalb qilishni ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻrmon fondi yerlarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xoʻjaligi korxonalariga investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha boʻlgan muddatga berishga ruxsat berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
3. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha boʻlgan muddatda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihalarini kiritsin.
4. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga va rekonstruksiya qilishga (oʻrmondan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun, limonariy va issiqxonalar ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish bilan bogʻliq) ruxsat berishda davlat oʻrmon xoʻjaligi bilan tuzilgan shartnomalar oʻrmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.
5. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻrmon fondi yerlarida sodir etilgan, oʻrmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzishga doir huquqbuzarliklar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni tuzish hamda ularga asosan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini (sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi belgilangan ishlar bundan mustasno) oʻrmon xoʻjaligi organlari mansabdor shaxslariga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda ushbu bandga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati berilgan mansabdor shaxslar hamda ular tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning aniq roʻyxatini belgilash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 88-moddasiga muvofiq oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib borilishi hamda ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, oʻrmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalardan tegishli tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlar Jamgʻarma daromadiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
9. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandga asosan jalb qilinadigan kredit mablagʻlari tegishli loyihani amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qaytariladi.
10. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Darxon ilmiy-tajriba xoʻjaligida xususiy investorlar mablagʻlarini jalb qilgan holda ekoturizm maskani, zamonaviy koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish sharoitlariga ega dam olish maskani, oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash korxonasi, zamonaviy issiqxona tashkil etish orqali oʻrmonlardan qoʻshimcha foydalanish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻrmon fondi yerlaridan qoʻshimcha foydalanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va bajarilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi har yilgi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari loyihalarini shakllantirishda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining takliflariga asosan:
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga toʻliq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi eksportbop navlarini yaratish;
oʻrmon fondi yerlarida daraxt koʻchatlari ekish, parvarish qilish, hosilni yigʻib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinishini taʼminlasin.
12. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
a) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlarining 29 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga tarkibiy boʻlinmalarni yanada takomillashtirish, shu jumladan, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Oʻrmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasini tashkil etish;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasida Orolboʻyi milliy tabiat bogʻini, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegishlicha Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolboʻyi milliy tabiat bogʻi, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
13. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari bundan mustasno;
ushbu bandga muvofiq xodimlarning lavozim maoshini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan hamda qolgan 50 foizi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablariga muvofiq 2020-yildan boshlab har yili tegishli mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
15. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga yosh, malakali kadrlarni jalb etish, ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining:
oliy taʼlim muassasalarining oʻrmonchilik yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan paytda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan talabalarning toʻlov-kontrakt pullarini keyinchalik Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlash;
soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan taʼminlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududidan 2 gektar yer uchastkasi ajratish va unda koʻp qavatli arzon uy-joylar qurish;
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy iqtisodiyot kollejining foydalanmasdan turgan bino va inshootlarini operativ boshqarish huquqi bilan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ayrim qarorlariga 2020-yil 1-yanvardan 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-avgust,
PQ-4424-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-son qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning 2020-yil 1-yanvardan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” — “d” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
e) 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“STRUKTURA
Komiteta Respubliki Karakalpakstan po lesnomu xozyaystvu
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 15 yedinits”;
j) 3a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tipovaya struktura
upravleniy lesnogo xozyaystva oblastey*
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 12 yedinits.
* Za isklyucheniyem Andijanskoy, Sirdarinskoy i Xorezmskoy oblastey”;
z) 4-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“STRUKTURA
Upravleniya natsionalnix prirodnix parkov i oxotnichix xozyaystv
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 16 yedinits”;
i) 5-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TIPOVAYA STRUKTURA
gosudarstvennix lesnix xozyaystv Gosudarstvennogo komiteta Respublika Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu
Primechaniye:
Isxodya iz ploshadi lesnogo xozyaystva, obyema raboti, predelnaya obshaya chislennost rabotnikov — ot 47 do 625 yedinitsi, iz nix finansiruyemie za schet Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan — ot 40 do 606 yedinits.
* Finansiruyutya za schet vnebudjetnix sredstv (krome Burchmullinskogo i Axangaranskix lesnix xozyaystv).
** Osushestvlyayet rabotu s mestnimi pravooxranitelnimi organami po obespecheniyu zakonnosti, resheniyu voprosov, svyazannix s granitsoy na territorii lesxozov.
*** Osushestvlyayet vzaimodeystviye s silovimi strukturami, a takje organizatsiyu rejimno-oxrannix meropriyatiy na territorii lesxoza.
**** Osushestvlyayet rabotu po borbe s nezakonnoy rubkoy derevyev, kustarnikov i drugix nezakonnix narusheniy lesnogo zakonodatelstva, soblyudeniya norm i obʼyomov polzovaniya lesami”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 33-band qoʻshilsin:
“33. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan yetishtirilgan koʻchat va nihollar”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻrmon fondi yer uchastkalarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoxud oʻrmon fondi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ular koʻrgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga oʻtkaziladi.”;
“va oʻrmon xoʻjaligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablagʻlar yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga oʻtkaziladi.”;
22-23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Davergeodezkadastr qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini va hisobga olinishini, obyektlar rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi va qurilishini hamda ishlar belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlaydi.
23. Davergeodezkadastr qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari oʻzining maxsus hisob raqamlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha tushgan summalar doirasida ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.”;
birinchi xatboshidagi “va oʻrmon xoʻjaligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi va oʻn beshinchi xatboshilardan “va oʻrmon xoʻjaligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
241-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“241. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlarning 10 foizi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga daʼvolar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlash uchun tegishli tartibda taqsimlanadi:”;
Quyidagi tahrirdagi 242-band qoʻshilsin:
“242. Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib boriladi. Ulardan quyidagi maqsadlarda:
oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, oʻrmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
togʻ yonbagʻirlarida supa olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanishi darajasini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
oʻrmon tuzish, oʻrmon kadastri, oʻrmonzorlar monitoringi boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va joriy etish;
oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni undirish uchun sudlarga daʼvolar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlash uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.”;
25-bandning birinchi xatboshidagi “va oʻrmon” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga 4-ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat oʻrmon fondi yerlarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha mablagʻlarning 100 foizi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiradigan oʻrmonni, oʻrmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaliklari, milliy tabiat bogʻlarini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamgʻarmalarining hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ushbu undirilgan mablagʻlarning 50 foizi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 6-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan oʻsimliklar turlarini tabiiy muhitda tayyorlash (toʻplash) uchun olib qoʻyish, yigʻishga ruxsatnoma olish uchun arizalar koʻrib chiqilganligi va ruxsatnomalar berilganligi hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalar uchun undiriladigan tushumning 100 foizi;
b) oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablagʻlarning 100 foizi;
v) oʻrmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini oʻtlatish, oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish, oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, oʻrmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish, davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanganlik uchun toʻlovlarning (oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni amalga oshirishda daraxtlar va butalar kesilganligi, shuningdek, oʻsimlik qoplamasi shikastlanganligi uchun) 50 foizi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiradigan oʻrmon xoʻjaliklari, oʻrmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaliklari, milliy tabiat bogʻlarini rivojlantirish jamgʻarmalariga tushgan mablagʻlarning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar (ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida belgilangan toʻlovlar chegirib tashlangan holda);
d) oʻrmon fondi yerlarida sogʻlomlashtirish, parvarish qilish uchun kesish natijasida olingan yogʻoch va shox-shabbalarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
e) oʻrmon fondi yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan tushgan mablagʻlarning 100 foizi;
j) oʻrmon fondi yerlari davlat va jamoat manfaatlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan undiriladigan oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishning nobudgarchiligi summasining 100 foizi;
i) oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun tushadigan mablagʻlaring 100 foizi;
z) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
k) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar, belgilangan tartibda tashkil etilgan tashkilotlarning ustav fondidagi ulushlar (aksiyalar) boʻyicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.”;
“a” kichik banddan “davlat qoʻriqxonalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “oʻrmon muhofazasi va inspeksiyasi avtomobillariga” soʻzlari “tizimdagi avtomobillarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) tabiiy pitomniklar, shu jumladan, oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ularning rejimiga muvofiq pitomniklar va serpentariylar barpo etish;”;
“i” kichik banddagi “va” degan soʻz “, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin
“m” kichik banddagi “oʻrmon” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati, tizimdagi respublika tashkilotlari, oʻrmon” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “u — s” kichik bandlar qoʻshilsin:
“u) yil yakuni boʻyicha hamda umumxalq bayram kunlari uchun mukofotlar;
f) oʻrmonlarni koʻpaytirish, qoʻriqlash, muhofaza qilish, foydalanish va oʻrmonlarga boʻlgan mehr-oqibatni uygʻotishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan reklama roliklari, multfilm, kino, hujjatli film, teatr-konsert dasturlarini ishlab chiqish, namoyish etish va tarqatish xarajatlarini qoplash;
x) oʻrmonni targʻib qiluvchi har hil bukletlar, pochta markalari, koʻkrak belgilari va boshqa esdalik sovgʻalari ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
s) tizim xodimlarining xalqaro konferensiya va seminarlar, kadrlar tayyorlash amaliyoti mashgʻulotlarida qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash”.”
b) 7-ilovada:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
5-bandning birinchi xatboshidagi “tizimlarida” degan soʻz “hamda iqtisod, hisobchi, huquq va taʼlim sohalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Ish koʻrsatkichlarining bajarilishiga qarab iqtisodiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda oy, chorak va yil yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining besh barobarigacha miqdorida mukofotlar beriladi.”;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navroʻz, Yangi yil va hayit bayramlari, 8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni, Xalqaro oʻrmonchilar kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.”;
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son “Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi toʻqqizinchi xatboshisi “shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun buyurtma summasining 2,5 foizi miqdorida mablagʻlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi
1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Tartib va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar.
2. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va xodimlariga budjet mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlari hamda quyidagi qoʻshimchalar toʻlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni, shu jumladan, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda:
1 — 3 yilgacha — 5 foiz;
3 — 5 yilgacha — 10 foiz;
5 — 8 yilgacha — 15 foiz;
8 — 10 yilgacha — 20 foiz;
10 — 15 yilgacha — 25 foiz;
15 — 20 yilgacha — 30 foiz;
20 — 25 yilgacha — 35 foiz;
25 yildan ortiq — 40 foiz;
b) xodimlar va inspektorlar tarkibiga xizmat vazifalariga koʻra doimiy yashash joyidan boshqa joyda boʻlganligi uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha haq;
v) xodimlarning baland togʻli sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi:
1500 dan 1700 metrgacha — 1,1;
1701 dan 2000 metrgacha — 1,15;
2000 dan 3000 metrgacha — 1,3;
3001 metrdan yuqori — 1,4;
g) xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl transportiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35 foizigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70 foizigacha miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;
d) tegishli moddiy ragʻbatlantirish fondi doirasida xodimlarga, kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni boʻyicha qoʻshimcha hamda mukofot pullari belgilash;
e) avtomobil transporti haydovchilarining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyent hamda malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchi bazaviy tarif stavkasining — 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi.
3. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha shtat birliklari, shu jumladan, budjet mablagʻlari hisobiga saqlash koʻzda tutilmagan shtat birliklarini saqlash, rahbar va xodimlarga quyidagi qoʻshimchalar toʻlash mumkin:
a) tashkilotning faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab milliy bogʻ, qoʻriqxona va oʻrmon xoʻjaliklari rahbariyati kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda xodimlarga oy va chorak yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar berish;
b) Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navroʻz, Yangi yil va hayit bayramlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi;
v) xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib boʻlgan taqdirda — xodimga, shuningdek, xodim oʻrmonlarda yongʻinni oʻchirishda va xizmatning boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok boʻlgan hollarda uning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq yillik oʻrtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va moddiy yordam belgilanadi;
g) zarur hollarda ish haqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalarga, xodimning davolanishi uchun, toʻy, maʼraka, navbatdagi taʼtilga chiqishda va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi;
d) xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda pul mablagʻi toʻlanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)