19.08.2019 yildagi 694-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimida huquqiy bilimni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tergovchilarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, kursantlarning (talabalarning) nazariy bilimni huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va fuqarolar yig‘ini raislarining huquqiy bilimini oshirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Adliya vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) tegishliligi bo‘yicha amaliyot o‘tash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlariga, jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalariga tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Adliya vazirligi tomonidan biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda yuqori natijalar qayd etgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot o‘tash uchun amaliyot o‘tkazuvchi organlarga biriktirish ularning mutaxassisligi (yo‘nalishi) bo‘yicha tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishining so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazish belgilangan o‘quv yuklamalari hajmi doirasida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida yuqori malakali amaliyot xodimlari, professor va o‘qituvchilar hamda ekspertlarni jalb qilgan holda ichki ishlar organlari tergovchilarining (keyingi o‘rinlarda tergovchilar deb ataladi) malakasini oshirish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar ichki ishlar organlari tergovchilarining malakasini oshirish tizimini joriy etishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga so‘zsiz rioya qilish ko‘nikmasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovchilarning bilim va malakasini oshirishda innovatsion texnika va vositalardan foydalanish hamda yangi ish usullarini o‘rgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovchilarning o‘ta murakkab, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bo‘yicha malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tergovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida malaka oshirishi xizmatdan ajralmagan holda amalga oshiriladi hamda har yili ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshrish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat ta’lim muassasasi shaklida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarida joylardagi davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hokimlar va fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) uchun malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlariga huquqshunoslikka oid o‘quv soatlari ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
694-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 694-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori natijalar qayd etgan kursantlar (talabalar) — o‘tgan o‘quv yillari bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foiz va undan yuqori bo‘lgan kursantlar (talabalar) (keyingi o‘rinlarda kursantlar (talabalar) deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyoti — oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlarining (talabalarining) amaliyot o‘tash uchun tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida, shu jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalarida nazariy bilimini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot o‘tkazuvchi organ o‘qishning so‘ngi bosqichida kursantlar (talabalar) amaliyot olib boradigan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarning (talabalarning) amaliyot organidagi faoliyati bo‘yicha murabbiy — qabul qiluvchi organning kursantlarni (talabalarni) amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish va ularning kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklangan mas’ul xodimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kursantlar (talabalar) amaliyoti ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha kasbiy malakasini shakllantirish va oshirish, kelgusida xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kursantlar (talabalar) amaliyotini o‘tkazish joyi va dasturi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarining xususiyatlari hamda nazariy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kursantlar (talabalar) amaliyot o‘tash davrida o‘quv rejasi bo‘yicha belgilangan malakaviy amaliyotni o‘tashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kursantlarning (talabalarning) amaliyot o‘tashi ularni oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni doirasidagi majburiyatlardan ozod etmaydi va ular o‘quv jarayonida belgilangan nazorat turlarini to‘liq bajarib borishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishining so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy ta’lim muassasalari yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘qishning so‘nggi bosqichiga o‘tgan kursantlarning (talabalarning) o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini 100 ballik shkala asosida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 5 ballik shkalada baholanadigan oliy ta’lim muassasalari kursantlarining (talabalarining) o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan baholashni 5 ballik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish jadvali asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ta’limning yakunlovchi bosqichiga qadar o‘tgan o‘quv yillari bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foiz va undan yuqori bo‘lgan kursantlar (talabalar) ro‘yxati oliy ta’lim muassasalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyot o‘tash organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent davlat yuridik universitetida yuqori natijalarga erishgan talabalar bevosita amaliyotga ularning xohish-istaklari inobatga olingan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori natijalarga erishgan talabalarini o‘qishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazish bo‘yicha ularning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida suhbat tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘qishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazish uchun yuborilgan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga ularning xohishlarini inobatga olib vakant lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi qoidalari tatbiq qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida ularga amaliyot o‘tash organi tomonidan murabbiy biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murabbiy o‘ziga biriktirilgan kursantlar (talabalar) amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Amaliyot organi va murabbiylarga hamda kursantlar (talabalar) amaliyotiga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amaliyot organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda ularning amaliyot o‘tash dasturini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali va to‘g‘ri tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Murabbiy:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarga (talabalarga) xizmat (mehnat) faoliyati haqida tushuntirish beradi va ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarga (talabalarga) xavfsizlik choralari va amaliyot organining ichki tartib-qoidalari to‘g‘risida yo‘riqnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) tomonidan maxfiylik tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyoti monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot organida xizmat faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot o‘tagan organda lavozimlarga tayinlash uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kursantlarni (talabalarni) amaliyot o‘tash vaqtida xizmat (mehnat) faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kursantlar (talabalar) amaliyot o‘tash davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot o‘tash vaqtida amaliyot organi xodimlari uchun belgilangan ichki tartib qoidalariga va intizomga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot o‘tash dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot organi va murabbiylarning qonuniy talab va yo‘riqnomalariga rioya etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kursantlar (talabalar) amaliyot jarayonida xizmat (mehnat) intizomini buzish holatlariga yo‘l qo‘ygan taqdirda, amaliyot o‘tash to‘xtatiladi va ularning amaliyotni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kursantlar (talabalar) amaliyotini to‘xtatish va davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinganda amaliyot organlari ularni oliy ta’lim muassasalariga qaytarib yuboradi hamda bu haqda tegishli oliy ta’lim muassasasiga xabar yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyot organlaridan qaytarib yuborilgan kursantlarga (talabalarga) nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kursantlarga (talabalarga) amaliyot organida xizmatni o‘tash davrida mustaqil ravishda murabbiylarning nazoratisiz xizmat vazifalarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kursantlar (talabalar) uchun amaliyot o‘tash davrida qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha ta’minot turlari saqlab qolinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kursantlar (talabalar) amaliyot o‘tash organi tomonidan belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Amaliyotda yuqori natijalarga erishgan kursantlarga (talabalarga) biriktirilgan murabbiylar rag‘batlantirilishi, shu jumladan, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qo‘shimcha ustamalar tayinlanishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘ngi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) o‘qishning so‘nggi bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/694/3597-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)