06.08.2018 yildagi PQ-3901-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda boshqaruv kadrlari malakasini oshirishning sifatini yaxshilash, tinglovchilarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida Akademiyaning hududiy filiallarini (keyingi oʻrinlarda hududiy filiallar deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy filiallarda direktor, bosh mutaxassis, bosh metodist va texnik xodim lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi tizimidagi taʼlim muassasalarining umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab qisqartirilishi hisobiga ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar hududiy filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qoʻyilayotgan talablarni hisobga olgan holda, joylarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari tinglovchilarida mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yoʻnaltirilgan, shuningdek, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va masʼul xodimlari uchun vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb etgan holda doimiy asosda oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-amaliy seminarlar doirasida tinglovchilarda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni sifatli bajarish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududiy filiallarga Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, shuningdek, maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari boʻyicha Akademiyaning fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy filiallarda oʻqishni tashkil etish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va masʼul xodimlari tarkibidan shakllantiriladigan buyurtmalar asosida hududiy filiallarda malaka oshirish rejalari Akademiya tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarda oʻquv jarayoni zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etgan holda boshqaruv kadrlari koʻnikmalarini shakllantirish, interfaol mashgʻulotlar va davra suhbatlarini muntazam oʻtkazish, hududlarda yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilish va hal etish asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan hududiy filiallardagi oʻquv jarayoniga yuboriladigan shaxslar hududiy filiallarning tegishli dasturlari asosida Akademiyada oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarda oʻquv rejadagi fanlarni oʻqitish uchun professor-oʻqituvchilar hamda mutaxassislar shtat va soatbay asosda jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslarida ish joyidan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilar uchun oʻqish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy filiallar oliy taʼlim muassasalarining binolarida “nol” stavkadagi ijara toʻlovi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda 2-ilovaga muvofiq jadval boʻyicha joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiya va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish davrida boshqa hududlardan kelgan tinglovchilar, professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarga tegishli oliy taʼlim muassasalarining yotoqxonalaridan va Akademiya mehmonxona kompleksidan yashash uchun belgilangan tartibda joy ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar tegishli oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazidan belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab, malaka oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya rektoriga malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning koʻpi bilan 20 foiziga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida jalb qilingan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun soatbay ish haqining miqdorini belgilangan miqdordan ikki yarim baravargacha yuqori etib belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarda boshqaruv kadrlari, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davomiyligi bir oydan oshmagan qisqa muddatli dasturlar boʻyicha malaka oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslariga faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari va masʼul xodimlari davlat granti asosida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallar faoliyatini uslubiy taʼminlash hamda malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlar uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqish Akademiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallardagi malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan boshqaruv kadrlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning talabnomasi boʻyicha 2018-yilning 15-avgustiga qadar hududiy filiallarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joylashtirish uchun oliy taʼlim muassasalaridagi kerakli xonalarni taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirgan holda ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallar faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur tashkiliy-metodik yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bir oylik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarning zamonaviy axborot-telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishi va doimiy ravishda butunjahon axborot Internet tarmogʻiga ulanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarning respublika hududlaridagi ishtirokchilar hamda Akademiya bilan oʻzaro videokonferensiyalar va masofaviy treninglar oʻtkazish uchun “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya va hududiy filiallarning Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga hamda yetakchi xorijiy litsenzion axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yilning 1-sentabriga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallarning yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimni tatbiq qilgan holda oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari, zamonaviy oʻquv jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki hafta muddatda hududiy filiallar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni hamda ularning tuzilmasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar hududiy filiallar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda hududiy filiallar faoliyatini tashkil etish va ularni saqlash, shuningdek, mebel, oʻquv hamda masofaviy taʼlim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash yuzasidan Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha zarur budjet mablagʻlarini ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hududiy filiallarni saqlash xarajatlarini hisobga olgan holda Akademiyaga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy filiallarga malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlarni samarali tashkil etish boʻyicha har tomonlama yordam berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akademiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3901-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarida oʻqishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hududiy filiallarini oliy taʼlim muassasalarining binolarida “nol” stavkadagi ijara toʻlovi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI*

T/r

Hududiy filiallarning nomlanishi

Oliy taʼlim muassasasining nomi

Qamrab olinadigan hududlar

1.

Guliston hududiy filiali

Guliston davlat universiteti

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

2.

Qarshi hududiy filiali

Qarshi davlat universiteti

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

3.

Samarqand hududiy filiali

Samarqand davlat universiteti

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari

4.

Urganch hududiy filiali

Urganch davlat universiteti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

5.

Fargʻona hududiy filiali

Fargʻona davlat universiteti

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Hududiy filiallar faoliyat yuritishi uchun 1 ta maʼmuriy xona, 1 ta oʻquv yordamchi xona va oʻquv mashgʻulotlari uchun 3 ta (har birining sigʻimi 30 ta tinglovchiga moʻljallangan) auditoriyalar ajratiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2018-y., 09/18/3901/1620-son)