Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2001 31.05.1996 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLARINING “KAMOLOT” JAMG‘ARMASINI QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 240-sonli “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” Jamg‘armasi to‘g‘risida” 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika jamoat tashkilotlari, muassasalari va idoralari tomonidan yoshlarning “Kamolot” Jamg‘armasi tuzilganligi va uning Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin va keng jamoatchilikning mazkur Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston yoshlari “Kamolot” Jamg‘armasining Nizomi hamda tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘armaning bo‘limlari tashkil qilinganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining bir qator vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, korporatsiyalari, korxonalari, xo‘jaliklari, tijorat banklari va jamoat tashkilotlarining “Kamolot” Jamg‘armasiga muassis sifatida a’zo bo‘lib kirganligi hamda unga moliyaviy, moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatayotganligi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Kamolot” Jamg‘armasiga 50 mln. so‘m, “Biznes-fond” — 15 mln. so‘m va O‘zbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash Jamg‘armasi — 20 mln. so‘m o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi ixtiyoriy ravishda Jamg‘arma tarkibiga kirganligi va tasarrufidagi binolar, transport, aloqaga va boshqa moddiy-texnika vositalariga bo‘lgan barcha egalik huquqlarini “Kamolot” Jamg‘armasiga berganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma o‘z Ustav maqsadlari va vazifalariga to‘la mos kelgan ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Jamg‘arma, uning bo‘limlari va ularning tasarrufidagi korxonalarning Ustav doirasida faoliyat ko‘rsatib olgan daromadlari soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamg‘armaning milliy va chet el valyutasidagi hisob-kitob schyotlarini ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar, muassasalar hamda jamoat tashkilotlari, boshqa barcha yuridik shaxslar Jamg‘armaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga muttasil ravishda amaliy yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi Jamg‘armaning xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi bilan aloqalar o‘rnatishi va hamkorlik qilishida hamda boshqa dasturiy maqsadlarni amalga oshirishida unga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Kamolot” Jamg‘armasi raisi va uning o‘rinbosarlarining maqomi O‘zbekiston Respublikasi vazirlari va vazir o‘rinbosarlari maqomiga tenglashtirilsin va ular uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma faoliyatini muntazam yoritib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamg‘armani zamonaviy, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 207-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamg‘armasi (bundan keyin Jamg‘arma deb yuritiladi) yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, ularning chuqur bilim olishlari, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lishlari, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik va omilkorlikni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan xayriya jamoat birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma o‘zini o‘zi mustaqil boshqaruvchi, mablag‘ bilan ta’minlovchi va mustaqil faoliyat yurituvchi nohukumat jamoat birlashmasi sifatidagi yuridik shaxs huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma va uning bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga va alohida mulkiga ega bo‘ladi, respublikaning butun hududida va uning tashqarisida zarur xo‘jalik-moliyaviy va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, bank muassasalarida ham milliy, ham chet el valyutasida o‘z schyotlariga ega bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma o‘z muhriga va shtampiga, shuningdek, emblemaga va tashkilot ramziga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. JAMG‘ARMANING MAQSAD VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamg‘armaning asosiy maqsadi quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning barkamol va komil inson bo‘lib yetishishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratib berish masalalarida davlat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan kamol topishi, o‘z davrining sharqona odob, umuminsoniy qadriyatlar, demokratik tamoyillar asosida voyaga yetgan yetuk farzandlari, istiqlol ishining davomchilari bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishiga, ularning Vatan, xalq oldidagi konstitutsiyaviy burch va vazifalarini bajarishlariga, o‘z huquqlaridan to‘la foydalanishlariga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning o‘qishi, mehnat qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning samaradorligini oshirishni, ularning mustaqil ravishda huquqiy-iqtisodiy bilim olishlarini, tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilishda ishtirok etish, ularning manfaatlarini himoya qilish, o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon qila olishlari uchun davlat, jamoat tashkilotlari, barcha turdagi mulk egalari bilan hamkorlikda zarur shart-sharoitlar yaratish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eski kommunistik mafkuraviy mahdudlik va mutelik ruhiyatidan poklangan, ona tili va adabiyoti, tarix, ma’naviy va madaniy merosni chuqur egallagan, jismoniy va ma’naviy pok, genefondi sog‘lom avlodning ma’rifatli, dunyoqarashi keng yoshlarning kamol topishi borasida Hukumat, uning organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni tabiatga mehr, yurt boyligini asrab-avaylash va ko‘paytirish ruhida tarbiyalashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini o‘rganish va qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va ularni hayotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va hukumat dasturlari va islohotlari bajarilishiga ko‘maklashish, milliy mustaqillikni mustahkamlashda bevosita ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish va ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, jamiyatda qonunning ustun bo‘lishiga erishishida faol qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga doir davlat va hukumat qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etish, o‘tish davrida yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan qonunchilik va ijroiya organlariga takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini o‘rganish va ushbu masalalarda hukumat, hokimliklar, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar o‘rtasida yangi jamiyatga yot bo‘lgan boqimandalik, loqaydlik, ijtimoiy passivlik illatlarining barham topishiga ko‘maklashish va ularning bilimdonlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik fazilatlari va tajribalarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar o‘rtasida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish g‘oyalarini yoyish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning ta’minlanishiga bevosita hissa qo‘shish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning yangi shakllanayotgan demokratik jamiyat va davlat to‘g‘risidagi tasavvurlari va dunyo qarashini boyitishga harakat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘zida aks ettiruvchi jamoat birlashmalari bilan o‘z dasturiy maqsadlari doirasida hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatini xorijiy mamlakatlar yoshlari o‘rtasida tashviq va targ‘ib qilish, rivojlangan mamlakatlar yoshlar tashkilotlari ish tajribasini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yoshlar muammolari yuzasidan Hukumat, vazirliklar, hokimliklar, jamoat tashkilotlari, xorijiy va boshqa manfaatdor tashkilotlarning buyurtmalarini bajaradi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni ular uchun ajratilgan mablag‘lar va grantlar yordamida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. JAMG‘ARMANING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda korxonalar, firmalar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari hamda har xil ko‘chirib bo‘ladigan va ko‘chmas mulklarni qurish, sotish yoki sotib olish, almashtirish, ijaraga berish yoki ijaraga olish, qarzga yoki kiraga olish va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunlarda belgilangan tartibda xorijiy mamlakat vakillari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish va chet ellik sheriklar bilan so‘m va valyutada hisob-kitob qilish hamda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika hududida va uning tashqarisida ko‘rgazmalar, turli festivallar, ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari, kimoshdi savdolari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va o‘tkazish. Lotereyalar, aksiyalar, maqsadli zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish hamda ularni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunlarda belgilangan tartibda noshirlik va reklama faoliyatini amalga oshirish, respublikada tashkil etiladigan turli jamoat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mavjud qonunchilik doirasida O‘zbekiston mualliflarining yoshlar va bolalarga bag‘ishlagan adabiyot va san’at asarlarini chet ellarda, xorijiy mualliflar asarlarini esa mamlakatimizda nashr etish imkoniyatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublikada yoshlar turizmini rivojlantirish, yoshlardan iborat sayyorlar guruhlarini tashkil etish va ularda xorijiy mamlakatlarga yuborish, yoshlar va bolalar guruhlari delegatsiyalarini ayirboshlash, chet el yoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni har tomonlama kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa har qanday qonuniy huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. JAMG‘ARMAGA A’ZOLIK MAQOMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamg‘armaning maqsad va vazifalarini ma’qullagan, Jamg‘armani moddiy yoki ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, ilmiy, ijodiy va jamoat birlashmalari mehnat jamoalari, aksionerlik jamiyatlari va uyushmalar, shuningdek Jamg‘armaning faoliyatiga ko‘mak berish istagini bildirgan respublika hududida yashovchi har qanday jismoniy shaxslar Jamg‘arma a’zolari bo‘la oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘armaga a’zo bo‘lish va uning tarkibidan chiqish masalalari ixtyoriylik asosida Jamg‘arma boshqaruvi va bo‘limlari, yakka tartibda esa jamoatchilik markazlari qaroriga binoan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. JAMG‘ARMANING BOShQARUV ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi muassislar konferensiyasi bo‘lib, u o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishini Jamg‘arma Ustavi asosida belgilaydi. Konferensiya Jamg‘arma boshqaruvini va boshqaruv raisini, shuningdek, uning o‘rinbosarlarini, ijrochi direktorni, taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqaruv raisi Jamg‘arma faoliyatini boshqaradi. Unga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari asosida Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish huquqi beriladi. Boshqaruv raisi bo‘lmagan vaqtda va raisning topshirig‘iga binoan uning vazifalarini rais o‘rinbosarlari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshqaruv raisi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va rayosat qarorlarini hamda dasturiy maqsadlarini bajarish doirasida farmoyishlar beradi va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Jamg‘arma faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiya, Jamg‘arma bo‘limlari va filiallari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, boshqaruv va rayosat tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u turli idora, muassasa va tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda, Jamg‘armaning vakolatli vakili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. JAMG‘ARMANING MOL-MULKI VA MABLAG‘LARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma o‘zining mustaqil balansi, pul mablag‘lari, mol-mulkiga egalik qilish va ulardan erkin foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning mol-mulkini quyidagilar tashkil etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, turli asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maskanlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablag‘lari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ruxsat berilgan Jamg‘arma faoliyatini moddiy ta’minlash uchun zarur mol-mulk va mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tasarrufidagi nashriyotlar, korxonalar, qo‘shma korxonalar, xayriya muassasalari, tadbirkorlik firmalari va boshqalarning mol-mulki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, korxonalar, homiylar, xususiy firmalar va fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan pul mablag‘lari va xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolar, firmalar, tashkilotlar, korxonalarning xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ishlab chiqarish, xo‘jalik, noshirlik va boshqa faoliyatidan tushgan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
leksiyalar, konsertlar, loteriya o‘yinlari, turli xil ko‘rgazmalar va boshqa ma’rifiy tadbirlardan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat, vazirliklar, hokimliklar, xususiy firmalar dasturlari va buyurtmalarini bajarishdan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning mulkiy huquqlari O‘zbekiston jamoat tashkilotlari uchun belgilangan amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. JAMG‘ARMA FAOLIYATINI TO‘XTATISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning faoliyati uning konferensiyasi qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasiga binoan to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tugatilgan taqdirda uning mol-mulki va mablag‘lari Jamg‘armaning dasturiy maqsadlari uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma boshqaruvining manzili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy, telefon: 39-17-00.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” Jamg‘armasi boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI