Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2001 17.04.1996 yildagi PF-1425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOShLARINING “KAMOLOT” JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 29-may PF-2868-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son Farmonini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasini tashkil etish O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, O‘zbekiston “Biznes-fondi” boshqaruvi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi va boshqa ta’sischilarning takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, o‘zlarida yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini hosil qilishi, ularning istiqlol ishining izchil davomchilari bo‘lib etishishlarida ko‘p qirrali yordam ko‘rsatishni o‘zining dasturiy vazifasi qilib belgilanganligi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma o‘zini o‘zi mustaqil boshqaruvchi, mablag‘ bilan ta’minlovchi va mustaqil faoliyat yurituvchi nohukumat jamoat birlashmasi sifatida yuridik shaxs huquqiga ega ekanligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma O‘zbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etish, demokratiyani rivojlantirish, yoshlar qalbida milliy ma’naviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida sog‘lom ruh hamda dunyoqarashni shakllantirishdek xayrli ishni maqsad qilib qo‘yganligi e’tirof etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma quyidagilarni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishi etib belgilagani e’tiborga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yoshlarni ijtimoiy jihatdan muhofaza etish ishlarida qatnashish, ularning bilim olish, mehnat qilish, siyosiy va bosh konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la amalga oshira olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yoshlarning tarbiyasiga taalluqli keng qamrovli ishlarni amalga oshirishda davlat idoralari, muassasalar, mehnat jamoalari, ilmiy, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari, homiylar, jamoat arboblari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yoshlarda umuminsoniy qadriyatlar, milliy axloq, odob, demokratik yo‘nalishlarni takomillashtirish asosida barkamol ma’naviy xislatlar, yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun zarur muhit va shart-sharoitning yaratilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yoshlarga zamonaviy bilim, texnologiyalarni egallash, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va amaliyotini o‘zlashtirish, yangicha fikrlash omillarini hosil qilishda yordam ko‘rsatish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyatida ishtirok etish respublika jamoatchiligining, davlat idoralari, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar, jamoat arboblari, yoshlar murabbiylari, yurt oqsoqollarining vatanparvarlik burchi ekanligi ta’kidlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq ekanligi e’tirof etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahrida jamg‘armaning bo‘limlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘armani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning Ustav doirasidagi faoliyati bo‘yicha soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kamolot” jamg‘armasining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1425-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 4-son, 43-modda)