24.07.2019 yildagi 623-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlari uchun haq olish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
623-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qaror nomidagi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha” soʻzlari “Davlat kadastri sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan kiritilgan koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat xizmatlarining nomi

Ishlar narxi

I. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.1.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

1.2.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

1.3.

Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
15 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

1.4.

Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
30 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

1.5.

Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
50 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

1.6.

Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining
70 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

II. Koʻchmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2.1.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

2.2.

Yakka tartibdagi turar-joy

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda

III. Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

3.1.

Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

3.2.

Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.3.

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.4.

Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.5.

Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

IV. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

4.1.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan turar-joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.2.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha boʻlgan turar-joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

4.3.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.4.

Yuridik shaxslarning turar-joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.5.

Jismoniy shaxslarning noturar-joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.6.

Yuridik shaxslarning noturar-joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.7.

Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

4.8.

Jismoniy shaxslarning noturar-joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.9.

Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

4.10.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.11.

Mulkida turar-joy borligi (yoʻqligi) haqida axborot berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi

V. Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish

5.1.

Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kadastr pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), uning nusxasini (dublikatini) tayyorlashning narxi koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan, xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son)