17.07.2019 yildagi 597-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga respublikaning tegishli vazirlik va idoralarining maslahat koʻmagida Dasturning amalga oshirilishini keng yoritish boʻyicha mavzuga oid koʻrsatuvlar va maqolalar eʼlon qilinishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
597-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 597-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I.Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimning barcha bosqichlarida bola huquqlari sohasidagi taʼlim faoliyati samaradorligini oshirish

1.

Respublika taʼlim tizimining barcha bosqichlarida bola huquqlari sohasidagi taʼlimni takomillashtirish.

1. Bola huquqlari sohasidagi tegishli yoʻnalishlarda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim bosqichlarida oʻquv fanlari bilan integratsiyalashgan holda takomillashtirilgan oʻquv uslublarini ishlab chiqish.

2. Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida bola huquqlari sohasidagi taʼlim �oʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar tayyorlash.

3. Respublika taʼlim tizimi professional pedagog xodimlarini tayyorlash va oʻqitishga bola huquqlari masalalarini kiritish.

2019-yil

avgust

2019-yil

avgust

2019-yil

sentyabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Ota-ona va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni Konvensiya va milliy qonunchilik qoidalariga muvofiq bola huquqlarini himoya qilish masalalarida xabardor qilishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Ota-ona va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni taʼlim muassasalari, NNT, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, mehnat jamoalari bosqichida Konvensiya qoidalarini oʻzlashtirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.

2. Bolalar huquqlari va manfaatlari toʻgʻrisida ota-onalar va aholining xabardorligi masalalari boʻyicha OAV da maxsus koʻrsatuvlar, munozara va muhokamalar tashkil etish.

2019-yil

sentyabr

2019-yil

1-avgustdan boshlab

doimiy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, YUNISEF

3.

Mamlakatning barcha maktablarida, litseylarida, kollejlarida, oliy taʼlim muassasalarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkazish.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan umummilliy darsni tashkil qilish va oʻtkazish.

2019-yil
20-noyabr

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Markazda va joylarda Konvensiya qoidalarini oʻrganish va amalga oshirish, mamlakatda bola huquqlari masalalarida barqaror taʼlim tizimini shakllantirish bilan bogʻliq ishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bolalar axborot-resurs markazlarini tashkil etish.

1.Tuman va shahar axborot-resurs markazlari huzurida bolalar va ota-onalarga axborot xizmatlari va bola huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha maʼlumot va materiallar olishda ularga yordam berish uchun bola huquqlari boʻyicha burchaklar shakllantirish.

2.Mazkur Markazlarni tegishli adabiyotlar bilan taʼminlash.

2019-yil

iyul


2019-yil

iyul-avgust

Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti

5.

Barcha darajadagi taʼlim muassasalarida Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyada mustahkamlangan taʼlimda huquq va imkoniyatlar tengligi, sifatli taʼlim olish imkoniyati, oʻquvchilarga nisbatan kamsitish va zoʻravonlikka yoʻl qoʻyilmasligi prinsiplariga asoslangan zarur sharoitlarni yaratish.

Barcha darajadagi taʼlim muassasalarida oʻquvchilar va oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, zoʻravonlik va kamsitishdan holi boʻlgan xulq-atvor va tarbiya qoidalari, muhokama qilinadigan axborot-maʼrifiy tadbirl�r (seminarlar, treninglar) oʻtkazish.

2019-yil

oktyabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

“Yilning eng yaxshi maktabi” tanlovini oʻtkazish dasturiga Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning prinsip va normalariga mos keladigan elementlarni kiritish.

1.Taʼlim muassasalarining Konvensiya talablariga mos keladigan baholash tizimini aniqlash.

2.Ishlab chiqilgan baholash tizimi hisobga olingan holda quyidagilar boʻyicha hududiy tanlovlar oʻtkazish:

bola huquqlari sohasida oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilim darajasini aniqlash, oʻquv dasturining barcha bosqichlariga bola huquqlari masalalarini kiritish;

oʻquvchilarning yoshini hisobga olgan holda bola huquqlari masalalari boʻyicha taʼlimning ularning talab va ehtiyojlariga muvofiqligi;

taʼlimning oʻquvchilarning muammolari, amaliyot va hayot muammolari bilan bogʻliqligi;

har bir oʻquvchi qadr-qimmatini hurmat qilishga yoʻnaltirilgan taʼlim uslublarini qoʻllash va boshqalar.

2019-yil

sentyabr

2019-yil

oktyabr

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II.Innovatsion texnologiyalarni hisobga olgan holda, bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarini takomillashtirish

7.

Davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida bolalarning huquqlari va manfaatlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tegishli axborot berish bilan tanishish imkonini beradigan maxsus boʻlimlar yaratish.

1.Davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida maxsus boʻlimlar yaratish.

2.Davlat organlari rasmiy veb-saytlarining maxsus boʻlimlarida bolalarning huquqlari va manfaatlarini amalga oshirish toʻgʻrisida axborotni joylashtirish.

2019-yil

iyul-avgust
2019-yil

avgustdan boshlab

doimiy ravishda

Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

8.

Barcha darajadagi taʼlim tizimi organlarining rasmiy veb-saytlarida bola huquqlari sohasida maʼrifatga qaratilgan oʻquv sahifalarini, jumladan, nogiron bolalar uchun ham tashkil etish.

Oʻquvchilarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitish uchun taʼlim beruvchi sahifalardan samarali foydalanishni tashkil etish.

2019-yil

sentyabrdan boshlab

doimiy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

9.

Bolalarning huquqlarini himoya qilish, bolalarga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish va kattalarning oilada, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda bolalarga nisbatan huquqqa xilof boshqa xatti-harakatlari masalalarini muhokama qilish boʻyicha onlayn-guruhlar yaratish.

“Bolalar va huquq”, “Bolalar va oila”, “Bola huquqlarini xalqaro himoya qilish” internet sahifalarini yaratish va elektron OAV faoliyati amaliyotiga kiritish.

2019-yil

sentyabr-oktyabr

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

III. Bola huquqlarini himoya qilishning dolzarb jihatlari boʻyicha milliy va xalqaro axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasida Xalq taʼlimi vazirining umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining huquqiy savodxonlikni oshirish holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotini eshitishni tashkil qilish.

1.Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasida Xalq taʼlimi vazirining umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining huquqiy savodxonlikni oshirish holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotini eshitish.

2019-yil

sentyabr

Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

11.

“BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi doirasida bolalar va yoshlar huquqlarini sud orqali himoya qilish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

1. Davra suhbati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Davra suhbatini oʻtkazish joyi, uning kun tartibi va aniq muddatlarini aniqlab olish.

3. Davra suhbatini oʻtkazish.

2019-yil

iyul

2019-yil

iyul

2019-yil

avgust

Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sudyalar assotsiatsiyasi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), YUNISEF

12.

“BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilish.

1.Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2.Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish joyi, uning kun tartibi va aniq muddatlarini belgilash.

3.Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarining tavsiyalari loyihasini tayyorlash.

4.Xorijiy ekspertlarni taklif qilish.

5.Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish.

2019-yil

avgust

2019-yil

sentyabr

2019-yil

sentyabr

2019-yil

oktyabr

2019-yil

oktyabr

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, YUNISEF

13.

“Bola huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlarini ijro qilish yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki” mavzusida seminar tashkil qilish.

1.Seminarni oʻtkazish joyi, uning kun tartibi va aniq muddatlarini belgilash.

2.Seminarni oʻtkazish.

2019-yil

oktyabr

2018-yil

noyabr

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi

14.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha yillik xalqaro forum oʻtkazish.

1.Forumning Konsepsiyasini va yakuniy hujjati loyihasini ishlab chiqish.

2.Forumni oʻtkazish joyi, uning kun tartibi va aniq muddatlarini belgilash.

3.Xorijiy ekspertlarni taklif qilish.

4.Forumni oʻtkazish.

2019-yil

sentyabr

2019-yil

sentyabr

2019-yil

oktyabr
2019-yil

noyabr

“Sen yolgʻiz emassan” fondi, Xalq taʼlimi vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, YUNISEF

IV. BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini amalga oshirishga bagʻishlangan adabiyotlar va boshqa materiallarni tayyorlash va chop etish

15.

Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun oʻzbek va rus tillarida “Xalqaro huquq: bola huquqlari” darsligini nashrga tayyorlash.

1.Mualliflar jamoasini shakllantirish.

2.Darslikning konsepsiyasi, mazmuni va tuzilishini tayyorlash va muhokama qilish.

3.Darslikning boʻlimlarini tayyorlash.

2019-yil

iyul-avgust
2019-yil

iyul — sentyabr

2019-yil

iyul — sentyabr

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

16.

“Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari faoliyati” mavzusida oʻquv qoʻllanma tayyorlash va chop etish.

1.Oʻquv qoʻllanma konsepsiyasini tayyorlash.

2.Mualliflar jamoasi bilan muhokama qilish.

3.Oʻquv qoʻllanmani chop etish.

2019-yil

iyul-avgust

2019-yil

iyul-avgust
2019-yil

iyul-avgust

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Advokatlar palatasi

17.

BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi
qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan ijtimoiy roliklar, plakatlar va bannyerlar, animatsiya filmlarini tayyorlash va OAVda, shu jumladan

1.Ijtimoiy roliklar, plakatlar va bannyerlar konsepsiyasini tayyorlash.

2.Mazkur materiallarni tayyorlash va namoyish etish.

2019-yil iyul


2019-yil

iyul — sentyabr

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, “Oʻzbekfilm” AJ, YUNISEF

18.

Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan axborot-maʼrifiy tadbirlarni teleradiokanallarda keng yoritib borish.

1.Teledasturlar konsepsiyasini shakllantirish.

2.Turkum radio va teledasturlar tayyorlash.

3.Radio va teledasturlarni efirga uzatish.

2019-yil

iyul-sentyabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

19.

Ommaviy axborot vositalarida odil sudlov sohasida bola huquqlariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish.

1.Ommaviy axborot vositalarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida tugʻilgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilish borasida ota-onalarning huquq va majburiyatlari masalalari boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish.

2.Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtayotgan voyaga yetmaganlarni kasbga yoʻnaltirish masalalariga bagʻishlangan axborot tadbirlarini oʻtkazish.

2019-yil

avgust

2019-yil

oktyabr

Bosh prokuratura Akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin qizlar qoʻmitasi, YUNISEF

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/597/3445-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)