O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
Qarori
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat havfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3171]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-iyul,
52QQ-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-iyul,
86-son
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 1-iyuldagi 52QQ, 86-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan (bundan buyon matnda halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb yuritiladi) deb topish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarish vaqtida (“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasi) halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsa, biroq ularning halok bo‘lishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolishi terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmasa, mazkur Nizom talablari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ichki ishlar organlari xodimlarini halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish bo‘yicha maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) o‘zlariga tegishli hududdagi halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlar va ularning oila a’zolari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) haqidagi ma’lumotlar bazasini yuritadi va undagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab boradi.
2-bob. Maxsus komissiyani tuzish
4. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Tashkiliy departament boshlig‘i, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i va Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i Maxsus komissiya raisi hisoblanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining mas’ul xodimi Maxsus komissiya kotibi hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Maxsus komissiya raisi:
Maxsus komissiya faoliyatini va uning ish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladigan kun va vaqtni belgilaydi;
Maxsus komissiya majlislarini o‘tkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
9. Maxsus komissiya raisi komissiya ishini tashkil qilish va uning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va haqqoniy o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
3-bob. Halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlar yig‘ma jildini shakllantirish
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) o‘zlariga tegishli hududda sodir bo‘lgan voqeada (hodisada) ichki ishlar organi xodimining halok bo‘lishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolishi holatlari kuzatilganda halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodim va uning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar organi deb yuritiladi) yuboradi.
11. Hududiy ichki ishlar organi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan, shuningdek hududiy ichki ishlar organida mavjud ma’lumotlar asosida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlarning har biri uchun alohida yig‘ma jild shakllantiradi.
Yig‘ma jild quyidagi hujjatlardan yoki ularning nusxalaridan shakllantiriladi:
sodir bo‘lgan voqea (hodisa) yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi;
sodir bo‘lgan voqea (hodisa) bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma;
sodir bo‘lgan voqea (hodisa) oqibatida jarohat olgan xodimning ushbu vaqtdagi sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi hujjatlar;
sud-tibbiy ekspertiza xulosasi;
sodir bo‘lgan voqea (hodisa) yuz bergan vaqtda xodimning xizmat vazifasi yoki majburiyatini bajarish bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
sodir bo‘lgan voqea (hodisa) yuzasidan tergov organi yoki sudning qarori (agar mavjud bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatilganligi to‘g‘risidagi buyruq ko‘chirmasi.
Yig‘ma jildga sodir bo‘lgan voqea (hodisa) bilan bog‘liq holatlarni ifodalovchi boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari kiritilishi mumkin.
Halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodim bo‘yicha shakllantirilgan yig‘ma jilddagi hujjatlar yoki ularning nusxalari to‘g‘ri va to‘liq shakllantirilganligi bo‘yicha mas’uliyat mazkur yig‘ma jildni shakllantirgan hududiy ichki ishlar organiga yuklatiladi.
12. Hududiy ichki ishlar organi halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodim bo‘yicha shakllantirilgan yig‘ma jildlarni hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolangan xat bilan Maxsus komissiyaga yuboradi.
4-bob. Maxsus komissiya ishini tashkil etish
13. Maxsus komissiya kotibi halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlarning kelib tushgan yig‘ma jildlarini qabul qilib oladi va shu kunning o‘zida yig‘ma jildlarni ro‘yxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali qayd qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘ma jildlarni ro‘yxatga olish kitobi ip o‘tkazilib tikilgan, Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining devonxonasi muhri bilan tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
14. Maxsus komissiya kotibi kelib tushgan yig‘ma jildlardagi hujjatlarning to‘liqligini hamda undagi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligini o‘rganadi.
15. Maxsus komissiya kotibi kelib tushgan yig‘ma jildlardagi hujjatlar to‘liq bo‘lmagan yoki undagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganligini aniqlagan hollarda yig‘ma jildni yuborgan hududiy ichki ishlar organidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladi.
Maxsus komissiya kotibi tomonidan talab qilingan ma’lumotlar 10 kun ichida taqdim etilmagan taqdirda yig‘ma jild tegishli hududiy ichki ishlar organiga qaytariladi.
16. Kelib tushgan yig‘ma jildlardagi hujjatlar to‘liq va undagi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda Maxsus komissiya kotibi ushbu yig‘ma jildlarni Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi uchun har bir yig‘ma jild bo‘yicha alohida Maxsus komissiyaning barcha a’zolari soniga mutanosib ravishda qisqacha ma’lumotnoma tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlarning yig‘ma jildlari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentida saqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
18. Maxsus komissiya kotibi hududiy ichki ishlar organlaridan yuborilgan yig‘ma jildlarni qabul qilib olgan kunning o‘zida bu haqda Maxsus komissiya raisini xabardor qiladi.
19. Maxsus komissiya raisi sobiq xodimning halok bo‘lishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolishi terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqish maqsadida Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadigan kun va vaqtni belgilaydi.
Bunda yig‘ma jildlar bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar, ular Maxsus komissiyaga kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
20. Maxsus komissiya kotibi komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin Maxsus komissiyaning barcha a’zolarini komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan kun va vaqt haqida xabardor qiladi.
5-bob. Maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazish
21. Maxsus komissiya yig‘ilishida komissiya raisi, kotibi va uning a’zolaridan boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Maxsus komissiya raisining ruxsati bilan komissiya yig‘ilishida ko‘rilayotgan masala yuzasidan tegishli soha mutaxassislarini jalb etish hollari bundan mustasno.
22. Maxsus komissiya kotibi yig‘ilishda ko‘rib chiqish uchun kun tartibiga qo‘yilgan sobiq xodimlarning yig‘ma jildlari asosida tayyorlangan qisqacha ma’lumotnomani komissiyaning barcha a’zolariga bir nusxadan tarqatadi.
23. Maxsus komissiya kotibi har bir yig‘ma jild bo‘yicha barcha ma’lumotlarni komissiya a’zolariga alohida o‘qib eshittiradi.
24. Maxsus komissiya har bir yig‘ma jild orqali taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rgangan holda ularning har biri bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi.
25. Yig‘ma jildi taqdim etilgan sobiq xodimni Maxsus komissiya tomonidan halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
sobiq xodim terrorizmga qarshi kurashish bilan bog‘liq tadbirlar yoxud terroristik aktlar natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok bo‘lganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolganligi holati;
sobiq xodim jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bog‘liq tadbirlar yoxud fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi harakatlar, shuningdek sodir etilgan jinoiy harakat natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok bo‘lganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolganligi holati;
sobiq xodim jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar, amaliyotlar yoxud jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi tajovuzlarni bartaraf etish natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok bo‘lganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolganligi holati.
26. Maxsus komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilayotgan yig‘ma jild materiallari mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq bo‘lmagan hollarda sobiq xodimni terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Maxsus komissiya tomonidan tegishliligi bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
sobiq xodim terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) chog‘ida halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) deb topish to‘g‘risida;
sobiq xodim terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) deb topish to‘g‘risida.
28. Maxsus komissiya qarori komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
29. Maxsus komissiya yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda komissiya majlisi bayonnomalarini rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Maxsus komissiya yig‘ilishi bayonnomasi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
31. Maxsus komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasini komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan kundan boshlab 7 kun ichida yig‘ma jildni yuborgan tegishli hududiy ichki ishlar organiga yetkazilishini ta’minlaydi.
32. Hududiy ichki ishlar organi Maxsus komissiya tomonidan yuborilgan barcha bayonnoma nusxalari asosida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) chog‘ida halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) deb topilgan sobiq xodimlar ro‘yxatini yuritadi va ushbu ro‘yxatni doimiy ravishda yangilab boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Hududiy ichki ishlar organi Maxsus komissiya qaroriga asosan terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) chog‘ida halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) deb topilgan sobiq xodimning oila a’zolarini Maxsus komissiya qarori hamda ular uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bilan yozma ravishda tanishtiradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
34. Hududiy ichki ishlar organlari har chorak yakuni bo‘yicha chorakdan keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay o‘zlariga tegishli hududdagi halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan sobiq xodimlar (ularning oila a’zolari) haqidagi ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazadi va xatlov natijasida aniqlangan ma’lumotlarni Maxsus komissiyaga taqdim etib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) chog‘ida halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) xodimlar farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini ta’minlash) chog‘ida halok bo‘lgan (olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan) deb topilgan xodimlar farzandlarining ro‘yxati Maxsus komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etib boriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
6-bob. Yakuniy qoidalar
36. Manfaatdor shaxslar so‘roviga ko‘ra Maxsus komissiya qarorining tegishli qismidan ko‘chirma berilishi mumkin.
37. Maxsus komissiya qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/3171/3384-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)