27.06.2019 yildagi 535-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalqaro sirk san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyo xalqlarining sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, o‘zbek milliy sirk san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning obro‘-e’tiborini, san’at sohasidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining “Xalqaro sirk san’ati” festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda Festivalni o‘tkazish uchun homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, statuetka namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi binosining atrofidagi hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Festival veb-saytini tayyorlab, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangiliklar, fotosuratlar, audio va video materiallar bilan yangilab borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga asosan Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
535-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 535-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Xalqaro sirk san’ati” festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, milliy sirk san’ati an’analarini asrab-avaylash, tomoshabinlarning sirk san’atiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk san’atining betakror ruhi va qiyofasini, o‘ziga xosligini e’tirof etish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, tinchlik, do‘stlik va ahillikni, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ‘ib etish, mamlakatimiz sirk san’atini jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy sirk san’atini yanada rivojlantirish, boshqa xalqlarning sirk san’ati an’analarini o‘rganish maqsadida ijodiy muloqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, sirk san’ati sohasidagi ilmiy o‘rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Festival 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va muddatini belgilaydi hamda Festival boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va Festival o‘tkazilishidan uch oy avval uning turizm tashkilotlariga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi Festival tashkilotchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy sirk ustalari tomonidan ko‘rgazmali namoyishlar, ijodiy uchrashuvlar, sayillar, matbuot konferensiyalari, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk ustalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda ko‘rik-tanlov deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival ko‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida tantanali taqdirlash marosimi va sirk namoyishlari bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival doirasida mahalliy va xorijiy sirk ustalari tomonidan ko‘rgazmali namoyishlar, ijodiy uchrashuvlar, sayillar, matbuot konferensiyalari, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Festivalga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro hay’at a’zolari, faxriy mehmonlar va ishtirokchi sifatida xorijiy mamlakatlardan ijodiy delegatsiyalar taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ko‘rik-tanlovda namoyish etiladigan sirk dasturlarining musiqalari fonogramma yoki orkestr orqali ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ko‘rik-tanlovda masxarabozlar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masxarabozlar tomonidan faqat ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotchilar taklifiga ko‘ra sirk ustalari, xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar Festivalda o‘z hisobidan qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etishni istagan sirk artistlari va sirk jamoalari ko‘rik-tanlovni o‘tkazish sanasidan ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk jamoasi tarkibi va soni, jamoa haqida ma’lumotnoma (rezyume), sirk artisti yakka o‘zi ishtirok etganda, u haqida ma’lumotnoma (rezyume);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar uchun tegishli veterinariya xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CD hamda DVD diskda taqdimot ijod namunasidan lavhalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta polisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir ishtirokchi Festivalda 1 yoki 2 ta sahna ko‘rinishi bilan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Festival ishtirokchilari zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq veterinariya hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi fauna va floraning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarining xalqaro savdosi haqidagi konvensiya (CITES), hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatlar talablariga qat’iy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk dasturi ijrosi va mashg‘ulotlar davomida xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo-akrobat gimnastlari o‘zlari foydalanadigan chiqish uskuna jihozlariga joriy yilda berilgan texnik sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus xavfsizlik vositalarisiz ishtirokchilarning salomatligi va hayotiga xavf tug‘diradigan chiqishlarni ko‘rsatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan ishtirokchilarning sirk dasturlari ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovda ishtirok etish ketma-ketligi Festival rejissori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival rejissori O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbek, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Festivalning ishtirokchilari va xorijiy mehmonlari, shuningdek, Xalqaro hay’at a’zolari tashkilotchilar tomonidan Festival o‘tkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut bo‘yicha transport bilan ta’minlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival xorijiy mehmonlarining O‘zbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda Xalqaro hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hay’at tarkibiga sirk san’ati yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy sirk ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hay’at a’zolari raisni o‘z tarkibidan saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hay’at raisiga — 1500 AQSH dollari, hay’at a’zolariga — 1000 AQSH dollari miqdorida gonorar puli to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonida sirk san’atining asl xususiyatlari va o‘ziga xosligining aks etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilarning yuksak ijro va kasbiy mahorati, tryuk repertuarining murakkabligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqishlarning va ijrochilarning zamonaviyligi hamda o‘ziga xosligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gimnastika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akrobatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar olami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus (original) chiqishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mukofotlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Festival mukofotlarini berish to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xalqaro hay’at qarori Festivalning tantanali yopilish marosimida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I — o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan) 5 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II — o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan) 3 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III — o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan) 2 000 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rik-tanlov sovrindorlari Festivalning tantanali yopilish marosimi dasturida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro sirk san’ati” festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tashkilotchilar huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilishi uchun ruxsatnoma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tashkilotchilarga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga jahondagi sirk san’ati bo‘yicha yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyondalarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Festivalning har bir qatnashchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/535/3345-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)