23.01.2019 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek sirk sanʼatining jamiyatdagi rolini oshirish, sirk dasturlari va spektakllarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash, sirkning yosh mutaxassislarini tayyorlash, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi va uning tarkibidagi koʻchma sirklar (shapitolar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻzbek sirk sanʼatiga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy qilish orqali investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan sirk xizmatlarining natijadorligi va sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini ishonchli boshqaruvga topshirish yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga berishning tashkiliy-huquqiy masalalarini oʻrganib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga berish orqali mamlakatimizda sirk sanʼatini ilgʻor xorijiy mamlakatlar sirklari darajasiga koʻtarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish orqali ularning orasidan eng salohiyatlilarini tanlab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining sirk sanʼatining jamiyatdagi mavqeyi, oʻrni va ijtimoiy rolini oshirish, respublikaning chekka hududlarida sirk dasturi va tomoshalaridan aholi, ayniqsa yoshlarni bahramand etish, ularning maroqli hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida 500 — 700 oʻringa moʻljallangan yarim statsionar sirklarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida yarim statsionar sirklarni tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida texnik, moliyaviy va boshqa shartlarni inobatga olgan holda tegishli hujjatlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda — xususiy sheriklarni aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklar “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi hamda xorijiy koʻchma sirk tomosha dasturlarini namoyish etish va boshqa konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishga moʻljallangan tomosha maskani hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2019-2020-yillarda oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda reja deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk dasturlari va tomoshalarining badiiy saviyasini oshirish hamda 2020-yilga qadar tomoshalar sonini kamida 500 tagacha, 2022-yilga qadar esa — 1000 tagacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil yakuniga qadar sirk zalining tomoshabinlar bilan toʻlish darajasini kamida 60 foizga va 2022-yilga borib 75 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining daromadlar manbalarini kengaytirish maqsadida eng tomoshabop sirk dasturlarini sahnalashtirgan malakali ijodiy jamoalar (truppa)ning xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr, kino, estrada va boshqa sanʼat turlarini, zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qoʻllagan holda sifat jihatdan butunlay yangi sirk dasturlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashhur xorijiy sirk tashkilotlarini, shu jumladan, Fransiyaning “Cirque du Soleil”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning Svetnoy bulvardagi “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki” va boshqa shu kabi sirklarning gastrollarini respublikamizda muntazam ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyoning mashhur sirk artistlari va mutaxassislarini respublikamizga taklif etgan holda master-klass, trening va tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk sohasini malakali kadrlar va yetuk mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi xodimlarini xorijiy davlatlarning sirk yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida namoyish etiladigan sirk dasturlari va tomoshalarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali pulli asosda masofadan on-layn tomosha qilish imkonini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining rahbariga mazkur muassasada alohida oʻrnak koʻrsatgan ijodiy (artist) xodimlar va mutaxassislarga, ayniqsa ishlab chiqarish xodimlariga ularning lavozimi va malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligi va xavflilik darajasiga koʻra, muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkasi va lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monte-Karlo va Budapesht xalqaro sirk festivallarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi ijodiy jamoasining har bir aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining tegishli ravishda 100 baravari, 80 baravari va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida investorlarni jalb etish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodkorlarining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi”ni tashkil etish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2021-yildan boshlab Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk sanʼati festivalini oʻtkazish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda Xalqaro sirk sanʼati festivali toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi oʻrtasida tizimli ravishda taʼlim va amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maktabning taʼlim jarayoniga sirk sulolalari vakillari va malakali sirk va teatrlar artistlari jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan maktabning sirk yoʻnalishi oʻquvchilarining “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida hamda Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklarda amaliyot oʻtashi tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun akrobatika, gimnastika va dorbozlik yoʻnalishlari boʻyicha “ustoz-shogird” amaliyoti asosida toʻgaraklar tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan maktabni sirk yoʻnalishi boʻyicha bitirayotgan oʻquvchilarning kamida bitta mustaqil sirk nomerlariga ega boʻlishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlash, mehnatiga haq toʻlash va mehnat stajini inobatga olish tizimini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Madaniyat vazirligining “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi binosiga tutash hududda qoʻshimcha hayvonlarni saqlash uchun bino-inshootlar va oʻrgatish maydonlari qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, hayvonlarni saqlash xonalarini qoʻshimcha ravishda qurish hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini shakllantirishda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, hayvonlarni saqlash xonalarini qoʻshimcha ravishda qurish hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini saqlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, asosiy faoliyatdan tushadigan daromadlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi xarajatlarining oʻz daromadlari bilan (homiylik xayriyalari bundan mustasno) qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul bajaruvchilar

I. Sirk sohasiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi oʻrtasida tizimli ravishda taʼlim va amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

ixtisoslashtirilgan maktabning taʼlim jarayoniga sirk sulolalari vakillari va malakali sirk va teatrlar artistlarini jalb etish;

ixtisoslashtirilgan maktabning sirk yoʻnalishi oʻquvchilarini “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida hamda Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklarda amaliyot oʻtashini tashkil etish;

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun akrobatika, gimnastika va dorbozlik yoʻnalishlari boʻyicha “ustoz-shogird” amaliyoti asosida toʻgaraklar tashkil etish;

ixtisoslashtirilgan maktabni sirk yoʻnalishi boʻyicha bitirayotgan oʻquvchilarning kamida bitta mustaqil sirk nomeriga ega boʻlishini taʼminlash.

2019-yil martdan boshlab doimiy

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (T. Fayziyev),

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining gastrol faoliyatini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda, sirk artistlarining chet elda ishlash, malaka oshirish, tajriba almashish hamda gastrol safarlariga borish tartiblarini nazarda tutish.

2019-yil 1-aprel

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Xalqaro sirk sanʼati festivali nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-may

-

Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarni sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlash, mehnatiga haq toʻlash va mehnat stajini inobatga olish tizimini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-iyun

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

II. Sirk sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirish va sirkni malakali kadrlar bilan taʼminlash

5.

Milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish, tomoshabinlar qamrovini kengaytirish, xalqaro maydonda milliy sirk nufuzini yanada oshirish maqsadida:

2019-yilda oʻzbek sirkiga 105 yil toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbek davlat sirki” nomli kitob-albomni oʻzbek, rus, ingliz tillarida nashr etish;

teatr, kino, estrada va boshqa sanʼat turlari hamda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qoʻllagan holda sifat jihatdan butunlay yangi sirk dasturlarini yaratish;

xorijiy davlatlarda sirk artisti va mutaxassislarining tizimli malaka oshirishi va stajirovka oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni taklif qilish orqali milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish;

taklif etilgan mashhur sirk artistlari va mutaxassislarini respublikamizga taklif etgan holda master-klass, trening va tajriba almashishni, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabida tashkil etish.

2019-yil

1-dekabr

doimiy

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining xarajatlar smetasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova)

6.

Mashhur xorijiy sirk tashkilotlarini, shu jumladan, Fransiyaning “Cirque du Soleil”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning Svetnoy bulvardagi “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki” va boshqa shu kabi sirklarning respublikamizda gastrollarini muntazam ravishda tashkil etish.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi va xorijiy davlat sirk tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha tegishli hujjatlar (memorandum, hamkorlik bitimi va boshqalarni) qabul qilish.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining daromadlar manbalarini kengaytirish maqsadida eng tomoshabop sirk dasturlarini sahnalashtirgan malakali ijodiy jamoalar (truppa)ning xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini doimiy ravishda uyushtirish.

Xorijiy davlat vakillarining taklifiga asosan xalqaro festival va koʻrik-tanlovlarda ijodiy jamoalar hamda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini taʼminlash.

doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

7.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini malakali veterinar va zootexnik mutaxassislar bilan taʼminlash.

2019-yildan boshlab doimiy

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

8.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining kadrlar tarkibini yosh, istiqbolli, ijodiy, oʻzbek milliy sirk sanʼatiga oʻzining hissasini qoʻshishga tayyor boʻlgan iqtidorlar bilan toʻldirish hamda sirk tomoshalarining badiiy darajasi va ijodiy-sahnalashtirish ishlarini tashkillashtirish sifatini oshirish, sirk repertuarining xilma-xilligini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida tanlov oʻtkazish.

2019-yildan boshlab

har ikki yilda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

9.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarining tegishli sport turlari boʻyicha malakali sportchilarini jalb etish hamda talabalarning amaliyot oʻtashini tashkil etish.

2019-2020-yillar

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

III. Targʻibot va tashviqot ishlari

10.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytini yaratish hamda uni oʻzbek sirki tarixi, yoʻnalishlari, sirk sanʼatiga oid maʼlumotlar bilan toʻldirib borish.

2019-yil fevraldan boshlab doimiy

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

12.

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida namoyish etiladigan sirk dasturlari va tomoshalarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali pulli asosda masofadan on-layn tomosha qilish imkonini yaratish choralarini koʻrish.

Ushbu muassasada kirish chiptalarini shakllantirish, sotish va ularning ishlatilishini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish boʻyicha chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini joriy etish.

qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

IV. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash

13.

Mavjud hayvonlarning Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida saqlanishini hamda doimiy ravishda veterinariya nazoratida boʻlishini tashkil etish.

Oziq-ovqatlarni saqlash omborlarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida hamda hayvonlar uchun moʻljallangan mahsulotlarni belgilangan talablar asosida saqlash ishlarini tashkil etish.

Hayvonlarni joriy koʻrikdan oʻtkazish va ularda yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish boʻyicha maxsus laboratoriya va karantin xonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil yanvardan boshlab doimiy

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

14.

Yangidan barpo etiladigan yarim statsionar sirklar uchun shaharlarda kommunikatsiya mavjud boʻlgan joylardan yer maydonlari ajratish, qurish va xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2020-2021-yillar

-

Samarqand (E. Turdimov), Fargʻona (Sh. Gʻaniyev) va Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Respublikaning chekka hududlarida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining koʻchma sirk (shapito)lar dasturlari va gastrol safarlarini oʻtkazish maqsadida koʻchma sirk (shapito) va zootsirklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy maxsus avtotransport vositalari sotib olish.

2019-2020-yillar

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova)

16.

Sirk dasturlari va tomoshalar saviyasini oshirish maqsadida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasiga ekzotik hayvonlar (ayiq, kenguru, maymun, fil va boshqalar) sotib olish.

2019-2020-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (S. Gafurova)

17.

Sirk sanʼatining jamiyatdagi mavqeyi, oʻrni va ijtimoiy rolini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarni respublikaning chekka hududlarida sirk dasturlari va tomoshalaridan bahramand etish, mazmunli hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi koʻchma sirklarining gastrol safarlarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash hamda sirk tomoshalari uchun alohida joylar ajratish.

2019-yildan boshlab doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 09/19/55/2533-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)