14.06.2019 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, urugʻlik material ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va tayyorlash, boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, shu jumladan chuqur qayta ishlash asosida ularni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJ va uning tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha kiradigan tashkilotlarni “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJ ustav kapitalidagi 2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha aksiyalar paketini, istisno tariqasida, Buxoro viloyati hokimligiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJni qayta tashkil etish va uning bazasida tarkibiga ushbu qarorga 1-ilovada* keltirilgan tashkilotlarni kiritish orqali masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Buxoro Agroklaster” zamonaviy agroklasterini (keyingi oʻrinlarda Agroklaster deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat (Buxoro viloyati hokimligining) ulushini koʻpaytirish hisobiga va keyinchalik “Oʻzpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirish orqali “Buxoro mintaqaviy paxta terminali ICHTK” MChJ ustav kapitalida Oʻzpaxtasanoat” AJga tegishli ulushni Agroklaster ustav kapitaliga balans qiymatida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillarda “Buxoro Agroklaster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining 3-ilovaga* muvofiq prognoz parametrlari toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agroklasterning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning ilgʻor ilmiy yutuqlari, zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berishning samarali va yuqori rentabelli usullarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta chigiti hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish jarayoniga ilgʻor agrotexnik hamda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish hisobiga qishloq xoʻjaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va taʼlim muassasalari bilan birgalikda seleksiya hamda urugʻchilik sohasida tadqiqotlar oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini, shuningdek, paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” AJning Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi Buxoro viloyatidagi fermer xoʻjaliklari bilan paxta xom ashyosi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni moliyalashtirish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Agroklasterga oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi 2018-yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitob qilishga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha qarzdorlik qoplangunga qadar, Agroklasterning barcha hisobraqamlaridagi mablagʻlarni, shu jumladan 2017-2018-yillardagi hosilning paxta tolasini sotishdan yuzaga keladigan ijobiy farq summalarini hisobdan soʻzsiz chiqarish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan paxta xom ashyosi boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar fermer xoʻjaliklari bilan Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarga paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit Agroklaster tomonidan paxta tozalash korxonalari bilan ushbu mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda tuziladigan vositachilik shartnomalari, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va mahsulotni qaytarish asosida tolling shartnomalari boʻyicha sotiladi. Bunda sotilgan narx va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan preyskurant boʻyicha narx oʻrtasidagi farq Agroklaster ixtiyorida qoladi va soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi (salbiy farqlar yuzaga kelgan taqdirda, xarajatlar Agroklasterning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster oʻz tarkibiga kiradigan tashkilotlarning soʻmdagi mablagʻlarini jamlashi va ushbu mablagʻlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shu jumladan ularni zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan markazlashtirilgan holda taʼminlash uchun ular oʻrtasida taqsimlashi mumkin. Bunda ushbu mablagʻlarning Agroklaster tarkibiga kiradigan tashkilotlar oʻrtasidagi aylanmasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar Agroklasterning oʻz mablagʻlari va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar mablagʻlari, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklasterga ushbu qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan tashkilotlar toʻlaydigan dividendlar mazkur qarorga 3-ilovada* qayd etilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari bazasida 2019 — 2021-yillarda investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar jalb etilgan holda paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladi. Bunda paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga 2-ilovaga* muvofiq paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritish va 5 yil muddatda boʻlib toʻlash (teng miqdordagi yillik toʻlovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buxoro viloyati hokimi zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi, shuningdek, 2019-yilgi paxta xom ashyosi hosilini moliyalashtirish va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxoro viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda Agroklaster hamda 43,7 ming gektar sugʻoriladigan maydonlarda (shuning 10,4 ming gektari Vobkent tumanida, 3,6 ming gektari Kogon tumanida, 5,2 ming gektari Qorovulbozor tumanida, 8,5 ming gektari Peshku tumanida, 6,0 ming gektari Shofirkon tumanida, 9,8 ming gektari Gʻijduvon tumanida va 0,2 ming gektari Buxoro shahrida) paxta xom ashyosi yetishtiradigan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida paxta xom ashyosi kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarga paxta xom ashyosi yetishtirishga moʻljallangan yer uchastkalaridan tashqari, ushbu qarorga 3-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tuproq shoʻrlanishini bartaraf etish maqsadida irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlari muntazam tozalanishini, kapital-rejalashtirish ishlari amalga oshirilishini tashkil etishni hamda Agroklasterning ishlab chiqarish ehtiyojlarini suv bilan uzluksiz taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda paxta mahsuloti yetkazib berish boʻyicha vositachilik shartnomalarini oʻn kun muddatda Agroklasterga qayta rasmiylashtirishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agroklasterga yigiruv va toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etish va ishga tushirish davrida 30,0 ming tonnagacha miqdordagi paxta tolasini, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki fyuchers shartnomalari boʻyicha eksportga sotishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Agroklaster buyurtmanomalariga binoan Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonini uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda samarali boshqarish, nazorat qilish va monitoring olib borishda belgilangan tartibda amaliy koʻmak bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi material balanslarni shakllantirishda moddiy resurslar, shuningdek, Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi hamda linti miqdorlarini har yili alohida satrda hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, qurilish materiallari, issiqxona komplekslari, hayvonlar, urugʻliklar va oʻsimliklar, veterinariya preparatlari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini olib kirishda 2022-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklariga Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda imtiyozli kredit liniyalarini ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar qarz oluvchilar va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agroklaster tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) Agroklaster buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agroklaster buyurtmanomalariga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi turdosh oʻquv, ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlarida Agroklasterning oʻqish, stajirovka oʻtash va malaka oshirish uchun yuboriladigan mutaxassislariga vizalar olish va rasmiylashtirish masalalarida yordam koʻrsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agroklaster tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga Agroklaster buyurtmanomalariga binoan koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyi boʻyicha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/500/3299-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)