14.06.2019 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, urug‘lik material ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va tayyorlash, boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan chuqur qayta ishlash asosida ularni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJ va uning tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kiradigan tashkilotlarni “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJ ustav kapitalidagi 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aksiyalar paketini, istisno tariqasida, Buxoro viloyati hokimligiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoropaxtasanoat” hududiy birlashmasi” AJni qayta tashkil etish va uning bazasida tarkibiga ushbu qarorga 1-ilovada* keltirilgan tashkilotlarni kiritish orqali mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Buxoro Agroklaster” zamonaviy agroklasterini (keyingi o‘rinlarda Agroklaster deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat (Buxoro viloyati hokimligining) ulushini ko‘paytirish hisobiga va keyinchalik “O‘zpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirish orqali “Buxoro mintaqaviy paxta terminali ICHTK” MChJ ustav kapitalida O‘zpaxtasanoat” AJga tegishli ulushni Agroklaster ustav kapitaliga balans qiymatida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillarda “Buxoro Agroklaster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining 3-ilovaga* muvofiq prognoz parametrlari to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agroklasterning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning ilg‘or ilmiy yutuqlari, zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berishning samarali va yuqori rentabelli usullarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta chigiti hamda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish jarayoniga ilg‘or agrotexnik hamda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish hisobiga qishloq xo‘jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va ta’lim muassasalari bilan birgalikda seleksiya hamda urug‘chilik sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini, shuningdek, paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJning Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi Buxoro viloyatidagi fermer xo‘jaliklari bilan paxta xom ashyosi uchun o‘zaro hisob-kitoblarni moliyalashtirish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Agroklasterga o‘tadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2018-yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitob qilishga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha qarzdorlik qoplangunga qadar, Agroklasterning barcha hisobraqamlaridagi mablag‘larni, shu jumladan 2017-2018-yillardagi hosilning paxta tolasini sotishdan yuzaga keladigan ijobiy farq summalarini hisobdan so‘zsiz chiqarish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan paxta xom ashyosi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar fermer xo‘jaliklari bilan Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarga paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit Agroklaster tomonidan paxta tozalash korxonalari bilan ushbu mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda tuziladigan vositachilik shartnomalari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va mahsulotni qaytarish asosida tolling shartnomalari bo‘yicha sotiladi. Bunda sotilgan narx va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan preyskurant bo‘yicha narx o‘rtasidagi farq Agroklaster ixtiyorida qoladi va soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi (salbiy farqlar yuzaga kelgan taqdirda, xarajatlar Agroklasterning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster o‘z tarkibiga kiradigan tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va ushbu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shu jumladan ularni zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin. Bunda ushbu mablag‘larning Agroklaster tarkibiga kiradigan tashkilotlar o‘rtasidagi aylanmasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar Agroklasterning o‘z mablag‘lari va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar mablag‘lari, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklasterga ushbu qarorga 1-ilovada* ko‘rsatilgan tashkilotlar to‘laydigan dividendlar mazkur qarorga 3-ilovada* qayd etilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari bazasida 2019 — 2021-yillarda investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar jalb etilgan holda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi. Bunda paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga 2-ilovaga* muvofiq paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritish va 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buxoro viloyati hokimi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi, shuningdek, 2019-yilgi paxta xom ashyosi hosilini moliyalashtirish va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxoro viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda Agroklaster hamda 43,7 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda (shuning 10,4 ming gektari Vobkent tumanida, 3,6 ming gektari Kogon tumanida, 5,2 ming gektari Qorovulbozor tumanida, 8,5 ming gektari Peshku tumanida, 6,0 ming gektari Shofirkon tumanida, 9,8 ming gektari G‘ijduvon tumanida va 0,2 ming gektari Buxoro shahrida) paxta xom ashyosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xom ashyosi kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarga paxta xom ashyosi yetishtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan tashqari, ushbu qarorga 3-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tuproq sho‘rlanishini bartaraf etish maqsadida irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlari muntazam tozalanishini, kapital-rejalashtirish ishlari amalga oshirilishini tashkil etishni hamda Agroklasterning ishlab chiqarish ehtiyojlarini suv bilan uzluksiz ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda paxta mahsuloti yetkazib berish bo‘yicha vositachilik shartnomalarini o‘n kun muddatda Agroklasterga qayta rasmiylashtirishga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agroklasterga yigiruv va to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etish va ishga tushirish davrida 30,0 ming tonnagacha miqdordagi paxta tolasini, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki fyuchers shartnomalari bo‘yicha eksportga sotishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Agroklaster buyurtmanomalariga binoan Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonini uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda samarali boshqarish, nazorat qilish va monitoring olib borishda belgilangan tartibda amaliy ko‘mak bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi material balanslarni shakllantirishda moddiy resurslar, shuningdek, Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi hamda linti miqdorlarini har yili alohida satrda hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, qurilish materiallari, issiqxona komplekslari, hayvonlar, urug‘liklar va o‘simliklar, veterinariya preparatlari, shuningdek, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini olib kirishda 2022-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklariga Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda imtiyozli kredit liniyalarini ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar qarz oluvchilar va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ularning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agroklaster tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmagan) Agroklaster buyurtmanomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agroklaster buyurtmanomalariga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi turdosh o‘quv, ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlarida Agroklasterning o‘qish, stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun yuboriladigan mutaxassislariga vizalar olish va rasmiylashtirish masalalarida yordam ko‘rsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agroklaster tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga Agroklaster buyurtmanomalariga binoan ko‘p martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyi bo‘yicha vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/500/3299-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)