1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.82.00 (Кучини йукотган) Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi va oʻquv jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4166-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplomning namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial)da 5240100 — Yurisprudensiya (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoni Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashga oʻqishga qabul qilish belgilangan talablar asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq manfaatdor vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi berilgan shaxslar doirasida amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Filialda oʻquv jarayonini tashkil qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish koʻnikmasini shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarda normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlarni tahlil va talqin qilish, qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning zamonaviy yuridik taʼlim talablariga muvofiq chet tillarini mukammal egallashiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariyani amaliyot bilan uygʻunlashtirishga yoʻnaltirilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida talabalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarda amaliyot (stajirovka) oʻtashini tashkil qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha taʼlim berish tajribasini qoʻllash, ushbu sohadagi taʼlim, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini muntazam oshirib borish va zimmasiga yuklangan tezkor topshiriqlarni samarali bajarishga oid bilim va koʻnikmalarini nazarda tutuvchi maxsus fanlarni joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarning xorijiy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish hamda stajirovkadan oʻtishini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlashda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat attestatsiyasi bitiruv ishini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi va bitiruv ishlarini tayyorlash hamda uni himoya qilishga doir talablar Filial Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan shaxslarga keyingi qayta tayyorlash kursida takroran topshirishga (faqat bir marta) imkoniyat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni kursdan chetlashtirishga darslarni uzrli sabablarsiz 12 soatdan ortiq qoldirganligi, oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirmaganligi, ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiyasi tizimidan xizmatdan boʻshaganligi asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Filialda 2-kurs uchun belgilangan oʻquv jarayoni yakunlanganidan soʻng talabalarni (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtaganlar bundan mustasno) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda, shartnoma asosida Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qismda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xalqaro tajribani inobatga olgan holda talabalarning amaliy koʻnikmalarini har tomonlama rivojlantirish, shu jumladan amaliyot (stajirovka) oʻtashida Filialga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Filialda davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinib, akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talabalar oʻqishini quyi kurs (semestr)dan davom ettirish yoki qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunday holatda, ushbu talabalarning Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabalar safidan chetlashtirilgan va akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan talabalar oʻqishini quyi kurs (semestr)dan qayta tiklash yoki davom ettirish boʻyicha kontrakt toʻlovi miqdori TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talaba keyingi oʻquv yili boshlanguniga qadar oʻqishini tiklamasa uning oʻqishi uchun sarflangan mablagʻlar talaba tomonidan qoplanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda qoplanmagan mablagʻlar sud orqali undiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqishga munosib nomzodlarni tanlab olish va qabul jarayoni toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov, ichki ishlar vaziri P. Bobojonov hamda mudofaa vaziri B. Qurbonovlar zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
490-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi 490-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu nizom Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial)da kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash va oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash (keyingi oʻrinlarda — yuridik kadrlarni tayyorlash) — “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” soha mutaxassisligi boʻyicha faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim va amaliy koʻnikma shakllantirishni oʻz ichiga oluvchi oliy taʼlim shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash (keyingi oʻrinlarda — qayta tayyorlash kursi) — “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni amaliyotda faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olishni va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy taʼlimdan keyingi oʻqitish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha test sinovlarini topshirishga qoʻyilgan yoki qayta tayyorlash kursiga suhbat shaklida oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim — ichki ishlar organining amaldagi xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi — Milliy gvardiya boʻlinmasining amaldagi harbiy xizmatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba — yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilingan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — qayta tayyorlash kursi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodim yoki harbiy xizmatchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Filialga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Filialda yuridik kadrlarni tayyorlashga yoshi oʻn yettidan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari test sinovlari asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta-maxsus, kasb-hunar professional maʼlumotiga ega, sogʻligʻining holati boʻyicha xodim yoki harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilardan belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul taʼminoti saqlab qolingan holda qayta tayyorlash kursiga oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga oʻqishga qabul qilingan shaxsga Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi. Talabgor majburiyat shartlari hamda uning bajarilmasligi yuzasidan moddiy javobgarlik boʻyicha oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish jarayonida mazkur nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Filialda oʻqish istagidagi talabgorlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshiradigan nomzodlar uchun oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish choralarini koʻradi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga koʻra sogʻligʻining holati boʻyicha xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan xulosa koʻrinishida tasdiqlanadi hamda qabul yilining 20-may kuniga qadar Filial qabul komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial qabul komissiyasi Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan sogʻligining holatiga koʻra xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning onlayn roʻyxatdan oʻtishiga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy-tibbiy komissiyaning ijobiy xulosasi bitiruvchini Milliy gvardiya tizimiga xizmatga qabul qilish jarayonida inobatga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilishda talabgor boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkaklarga — 165 santimetrdan past boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollarga — 160 santimetrdan past boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Filialga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan qabul kvotasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning ehtiyojidan kelib chiqib, Toshkent shahar va Toshkent viloyatida mutaxassis kadrlarga boʻlgan talablar tahlil qilingan holda erkaklar va ayollar, shuningdek oʻzbek va rus tillari boʻyicha oʻqitish soniga qarab taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Filialga yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan test sinovlarini oʻtkazish orqali, qayta tayyorlash kursiga oʻqishga qabul qilish suhbat koʻrinishidagi tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursida oʻqish ikkinchi oliy maʼlumot olish hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim yoki harbiy xizmatchining qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lavozim boʻyicha yuqori koʻtarilishida, navbatdagi maxsus unvon berilishida, shuningdek rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishida inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Filialga oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Filialga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasining tarkibi Filial direktorining taqdimiga binoan adliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qabul komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi Filial direktori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial direktori lavozim boʻyicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlar qabul komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin Filialning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini keyingi oʻquv yili uchun qabul komissiyasi tashkil etilgunga qadar Filialda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha talabgorlarni oʻqishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Talabgorlar taʼlim olish tili koʻrsatilgan holda oʻqishga qabul qilish haqidagi ariza va mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni, qoida tariqasida, har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaning shakli qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi talabgorning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asli koʻrsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda);
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(14-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qabul qilish boʻyicha roʻyxatga olingan arizalar soni haqidagi maʼlumotlar har kuni Filialning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Talabgorlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan test sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test sinovlari oʻzbek va rus tillarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqitish tili belgilangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor test sinovlarini Filialda oʻqiydigan tilda topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasiga Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) uchun belgilangan tartib tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovini topshiradi. Talabgor oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan chet tili (ingliz, nemis, fransuz)dan test sinovlarini topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan berilgan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — milliy sertifikat) yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajasi B2 va undan yuqori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovlari, qoida tariqasida, har yili iyul-avgust oylari oraligʻida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlariga lugʻat, shpargalkalar, mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirishga harakat qilish, olib kirish va ulardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test materiallarini boshqa talabgorga uzatish yoki ularga yordam berish, test materiallarini binodan tashqariga olib chiqish, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtish, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortish, test sinovlari jarayonida videokuzatish vositalari orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligining aniqlanishi va shu kabi holatlar talabgorni test sinovlaridan chetlashtirishga asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi boʻyicha tasdiqlangan test sinovlari natijalari oʻrnatilgan tartibda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish haqida Filial direktorining buyrugʻi qabul qilinadi va ularga qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya tayinlanadi hamda ular Talabalar turar joyi bilan taʼminlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Filialda 2-kurs oʻquv jarayoni yakunlanganidan soʻng, qoida tariqasida, taʼtil davrida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda, shartnoma asosida Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qismda talabalar harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashlari taʼminlanadi (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtaganlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Filial tomonidan Filialni bitiruvchi talabalarning (keyingi oʻrinlarda — bitiruvchi) yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi boʻyicha roʻyxati, qoida tariqasida, sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga taqdim etiladi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan hujjatlarni oʻrganish (keyingi oʻrinlarda — oʻrganish) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Talabalar Filialda oʻqishni yakunlagunga qadar quyidagi bosqichda oʻrganishdan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish ularning turlaridan kelib chiqib, tegishli mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi toʻliq rasmiylashtirilgani hamda Filialda yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng bitiruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimiga xizmatga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini oʻrganish va rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumot (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik)lar aniqlangan taqdirda, shuningdek harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga koʻra xizmatga yaroqsiz deb topilganda hujjatlarni rasmiylashtirish toʻxtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida hududiy ichki ishlar organi boshligʻi yoki Milliy gvardiya boʻlinmasi komandiri tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqda Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tomonidan talabaga va Filialga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bitiruvchilarni taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bitiruvchilarni Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimiga xizmatga taqsimlash uchun Filialda taqsimot komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqsimot komissiyasiga Filial direktori raislik qiladi hamda uning tarkibiga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bitiruvchilarni uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili, qoida tariqasida, bitiruvchi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Taqsimot komissiyasi tomonidan bitiruvchining reyting natijalari va talabani oʻrganish jarayonida yigʻilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini, shuningdek harbiy-tibbiy komissiya xulosasini inobatga olib, Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida xizmatni oʻtash uchun bitiruvchiga mazkur nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi yoʻllanma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqsimot komissiyasining bitiruvchini xizmatga taqsimlash haqidagi qarori qabul qilinganidan soʻng Filial tomonidan har bir bitiruvchiga uch ish kunidan kechiktirmagan holda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Taqsimot komissiyasi qarori asosida ichki ishlar organlariga yoki Milliy gvardiya tizimiga yoʻllanma berilgan bitiruvchilar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma (kontrakt) tuziladi. Bitiruvchining xizmat vazifalarini bajarishga kirishganligi haqida mazkur nizomning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) ish beruvchi tashkilot tomonidan oʻn besh kun ichida Filialga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial maʼlumotnoma asosida mazkur nizomning 5-ilovasida keltirilgan shakldagi jurnalga muvofiq har bir bitiruvchining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bitiruvchi 3-kurs davomida oʻtkazilgan maxsus oʻrganishdan oʻtmaganda yoki harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga koʻra xizmatga nomuvofiq deb topilganda bitiruvchilarga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial direktori mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga oʻz vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bitiruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida sababsiz besh yil uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, oʻqishni bitirgan vaqtida TDYUda amalda boʻlgan shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida Filialga kompensatsiya toʻlaydi. Toʻlov amalga oshirilganidan soʻng unga diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida bitiruvchi xizmatdan boʻshatilganda, hududiy ichki ishlar organi boshligʻi yoki Milliy gvardiya boʻlinmasi komandiri tomonidan tegishli maʼlumot besh ish kuni mobaynida Filialga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kompensatsiya miqdori bitiruvchi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Filial bitiruvchi tomonidan kompensatsiya miqdorini toʻlashni taʼminlash, shuningdek zaruratga koʻra, sud tartibida undirish chorasini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchidan undirilgan kompensatsiya mablagʻlari toʻliq hajmda Filialni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur nizomga muvofiq bitiruvchi xizmat burchini bajarish vaqtida mehnat layoqatini yoʻqotganligi sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmaganda Filial Kengashi qarori asosida kompensatsiya toʻlovidan ozod etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bitiruvchining besh yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan soʻng xizmatni davom ettirish haqidagi masala qonun hujjatlariga muvofiq ish beruvchi va xodim yoki harbiy xizmatchi oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qayta tayyorlash kursiga oʻqishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qayta tayyorlash kursiga oʻqishga kirish uchun talabgorlar taʼlim olish tili koʻrsatilgan holda Ichki ishlar vaziri yoki Milliy gvardiya qoʻmondoni nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya qabul kvotasi boʻyicha bir oʻringa ikkitadan kam boʻlmagan holda tanlovga qatnashadigan talabgorlar roʻyxatini taʼlim oladigan tilini koʻrsatgan holda Filial qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursiga oʻqishga kirish boʻyicha hujjatlarni topshirish, qoida tariqasida, oʻquv jarayoni boshlanishiga bir oy muddat qolganida, tanlov esa oʻn besh kun qolganida boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qayta tayyorlash kursida oʻqitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi va xizmat joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi hamda ularning egallab turgan lavozimi va pul taʼminoti saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan tanlovda qatnashadigan talabgorlar roʻyxatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (ilovasi bilan birga) yoki diplomdan koʻchirma (Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida bitirganlar uchun) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish huquqini beradigan Ichki ishlar vaziri yoki Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan taqdim etilgan tavsiyanoma;
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tanlov Filial direktori buyrugʻi bilan tuziladigan Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Filial xodimlari bilan bir qatorda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hamda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon komissiyasining faoliyatiga umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Imtihon komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash masʼul kotibning tegishli oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Suhbat savollarini tuzish uchun Filial direktorining buyrugʻi bilan ekspert guruhi tuziladi va uning faoliyatiga ekspert guruhi raisi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov huquq sohasidagi tayanch bilimlar, tahliliy fikrlash va sohaviy qonun hujjatlariga oid bilimlarni aniqlash nuqtai nazaridan oʻtkaziladi hamda tanlov uchun savollar mazkur mezonlar boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tanlov biletlari ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollardan shakllantiriladi. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni yuzasidan masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bilet uchta savoldan (ushbu nizomning 38-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan) iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biletlar qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan bevosita tanlov boshlanishidan oldin tayyorlanadi va tanlov boshlangunga qadar qabul komissiyasi raisining seyfida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tanlovni oʻtkazish jadvali Filial direktori tomonidan tasdiqlanadi va, qoida tariqasida, tanlov oʻtkazilishidan oʻn kun oldin Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tanlov oʻtkazilishiga qadar konsultatsiyalar Filial direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tanlov boshlanishidan oldin talabgor pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga lugʻat, shpargalkalar, mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirishga harakat qilish, olib kirish va ulardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tanlovda talabgor savollar berilgan biletni tanlaydi. Talabgorga tayyorlanish uchun yigirma daqiqa vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov jarayonida talabgorga bilet mazmuni doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta talabgor bilan suhbat, qoida tariqasida, yigirma daqiqagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biletni almashtirish, boshqa talabgorga uzatish yoki ularga yordam berish, tanlov davomida oʻzaro gaplashish, tanlov jarayonida videokuzatish vositalari orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligining aniqlanishi va shu kabi holatlar talabgorni tanlovdan chetlashtirishga asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tanlov natijalarini aniqlash uchun Imtihon komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda har bir talabgor uchun alohida baholash varaqasini toʻldiradi va uni Imtihon komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblash maqsadida 2 nafar Imtihon komissiyasi aʼzolari va Imtihon komissiyasi kotibidan iborat tarkibda hisob komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qoʻyilgan ballarni (0 dan 100 gacha boʻlgan doirada) nazarda tutgan holda aniqlanadi va Filial direktori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tanlov natijalari Filialning rasmiy veb-saytida tanlov yakunlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talabgor tanlovga kelmagan taqdirda unga 0 ball qoʻyiladi. Tanlov yakuni boʻyicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash kursiga tinglovchilarni qabul qilish uchun qayta tanlov oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tanlov natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qayta tayyorlash kurslariga qabul kvotasidan kelib chiqib belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan (suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda) talabgorlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgor Filial direktorining buyrugʻi bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar safiga qabul qilinganligi haqidagi buyruqdan koʻchirma besh kun ichida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Filialda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini boshqa oliy taʼlim muassasalariga, shuningdek boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini Filialga koʻchirish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari va masʼul kotibini Filial direktorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlash.
2. Qabul komissiyasi boʻyicha Filial direktorining buyrugʻini rasmiylashtirish.
3. Zaruratga koʻra, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qabul kvotasiga oʻzgartirish kiritish.
belgilangan muddatlarda
II bosqich
Hujjatlarni qabul qilishni tashkil etish
1. Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlarni Filialning rasmiy veb-saytiga joylashtirish.
qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin
2. Filial qabul komissiyasi tomonidan talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish:
yuridik kadrlarni tayyorlashga oʻqishga kirish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish;
15-iyun — 15-iyul
qayta tayyorlash kursiga oʻqishga kirish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish.
oʻquv jarayoni boshlanishiga bir oy qolganda
III bosqich
Yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha talabgorlarni oʻqishga qabul qilish
1. Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish.
iyul-avgust
2. Test sinovlari natijalarini oʻrnatilgan tartibda Davlat test markazining rasmiyveb-saytida eʼlon qilish.
belgilangan muddatlarda
3. Talabalar safiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Filial direktorining buyrugʻini rasmiylashtirish.
oʻquv yili boshlangunga qadar
Qayta tayyorlash kursiga oʻqishga qabul qilish
1. Filial direktori raisligida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan talabgorlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish.
oʻquv jarayoni boshlanishiga 15 kun qolganda
2. Tanlov natijalarini Filialning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
tanlovdan keyingi ish kuni
3. Tinglovchilar safiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Filial direktorining buyrugʻini rasmiylashtirish.
tanlov natijasi eʼlon qilingandan soʻng 5 ish kuni ichida
OʻQUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
IV bosqich
Yuridik kadrlarni tayyorlashda oʻquv jarayonini amalga oshirish
1. Taʼlim-tarbiya jarayonini amalga oshirish.
3 yil davomida
2. Mudofaa vazirligi tomonidan talabalarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat oʻtashini taʼminlash.
2-kurs oʻquv jarayoni yakunlangandan soʻng
3. Filial tomonidan bitiruvchi talabalarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi boʻyicha roʻyxatini Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga oʻrganish uchun taqdim etish.
3-kursning sentabr oyida
4. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish.
belgilangan muddatlarda
Qayta tayyorlashda oʻquv jarayonini amalga oshirish
1. Qayta tayyorlash kursida oʻqish jarayonlarini amalga oshirish.
6 oy davomida
2. Tinglovchilarning fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini tashkil etish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish.
belgilangan muddatlarda
V bosqich
Talabalarning xizmatga qabul qilish talablariga muvofiqligini oʻrganishni tashkil etish
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan bitiruvchi kurs talabalarini xizmatga qabul qilish talablariga muvofiqligini oʻrganish va natijasi boʻyicha xulosa berish.
Talabalarni oʻrganish bosqichlari quyidagilar:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish.
3-kurs davomida
(belgilagan muddatda)
BITIRUVCHILARNI TAQSIMOTGA MUVOFIQ UZLUKSIZ ISHLAB BERISHINI TASHKIL ETISH
VI bosqich
Bitiruvchilarni uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash
1. Bitiruvchilarni Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimiga xizmatga taqsimlash uchun Filialda taqsimot komissiyasini tuzish.
bitiruvchi oʻqishni tamomlagandan soʻng, bir oy ichida
2. Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimiga xizmatni oʻtashga taqsimlash va yoʻllanma berish.
3. Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimiga xizmatga qabul qilish hamda xizmatga qabul qilinganligi boʻyicha ish beruvchi tashkilot tomonidan Filialga maʼlumotnoma berish.
xizmatga qabul qilingandan soʻng 15 kuni ichida
4. Filial bitiruvchisiga berilgan yoʻllanmalar va ularning xizmatga qabul qilish boʻyicha hisob yuritish.
doimiy
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyatini bajarilishi boʻyicha
OGOHLANTIRISH XATI
Men Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga kirishga talabgor
(F.I.Sh.)
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida ishlab berish majburiyatini bajarishdan bosh tortganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni oʻtash mumkin boʻlmay xizmatdan boʻshatilganimda oʻqishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida Filialga kompensatsiya toʻlaganimdan soʻng diplom berilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Xizmat joyimdan muddatidan ilgari shartnoma (kontrakt)ni bekor qilganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni oʻtash mumkin boʻlmay xizmatdan boʻshatilganimda oʻqishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasidan kelib chiqib, kompensatsiya miqdori ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Ushbu ogohlantirish xati orqali zimmamga yuklanadigan barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishiga kafolat beraman.
________________________
________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” _______________
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida xizmatni oʻtash uchun YOʻLLANMA
____-son XIZMATGA YOʻLLANMA
“___” _______________ 20__ y.
Toshkent sh.
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini tamomlagan _____________________________ga
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini 20 ____ yilda tamomlagan va unga “_____” ___________ 20 ____ yilda _______-son xizmatga yoʻllanma berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Familiyasi, ismi,
sharifi
Jinsi
Tugʻilgan yili
Oilaviy holati
Yashash joyi
Taqsimot boʻyicha tashkilot nomi
Bitiruvchi imzosi
Ishga kelgani va joylashgani toʻgʻrisidagi hujjatni olgani haqida qayd
Besh yil uzluksiz ishlab berilgani haqidagi maʼlumot
Qoʻshimcha maʼlumotlar
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi 490-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi
DIPLOMNING NAMUNASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT GERBINING TASVIRI
Oʻzbekiston Respublikasi
Qayta tayyorlash haqida
DIPLOM
QT № 000000
(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___ yil ______________dan 20___ yil ______________gacha
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida
(Qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)
________________________________________________________ soatga moʻljallangan
“huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash”
(qayta tayyorlash kursining nomi)
mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovida ball bilan baholandi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
Muhr oʻrni
Direktor ________________
Sana ________________
Qayd raqami ________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi, pastki qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning qolgan yuqori qismida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqshli rastr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglarni hosil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 09/19/490/3284-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)