26.09.2017 yildagi 764-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ichki ishlar organlarida harbiy-tibbiy ekspertiza va tibbiy guvohlantirish masalalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-sentabr’,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
764-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi bo‘yicha ichki ishlar organlarining shahodatlangan lavozimlarida xizmatga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari shahodatlangan xodimlarining sog‘lig‘i bo‘yicha xizmatni davom ettirishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) kirish uchun nomzodlarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishiga ko‘ra tahsil olishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarida kursant va tinglovchilarning sog‘lig‘i bo‘yicha tahsil olishni davom ettirishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlariga kasalligi sababli ta’til berish yoki ularni xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari zaxiradagi yoki sobiq xodimlarining kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari, jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liqligi sabablarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlarining tan jarohatlarini og‘irlik darajasini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti og‘ir va noqulay hududlarida xizmatni o‘tashi munosabati bilan ularning oila a’zolari yashashi uchun sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy zid ko‘rsatmalarni mavjudligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari oila a’zolarining uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda bo‘lishi zaruratini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari va ularning oila a’zolarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xodimlar xizmat qiladigan lavozimlarga qabul qilinayotgan nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining zaxiradagi yoki sobiq xodimlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish, ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila a’zolari, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar hamda ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar organlari tizimida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasida tashkil etiladigan Markaziy harbiy-tibbiy komissiya (keyingi o‘rinlarda MHTK deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Tibbiyot bo‘limlarida tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda HTK deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitalida davolanayotgan xodimlarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tibbiy ko‘rsatma asosida ushbu gospitalda tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun mazkur muassasalarda vaqtincha harakatdagi harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HTKlar tarkibi va ularning ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazishning obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki ishlar organlari xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish uchun nomzodlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini va ularning oila a’zolarini, ta’lim muassasasiga kirish uchun nomzodlarni hamda kursantlarni harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalda bo‘lgan harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ichki ishlar organlarining yoki ushbu organlarning kadrlar bo‘limi rahbarlari yo‘llanmalari yoxud sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat qilish tartibida qayta tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish yoki quyi HTK qarorini qayta ko‘rib chiqish MHTK tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tegishli HTKlar tomonidan ushbu shaxslarda ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga (xizmatni o‘tashni davom ettirishga) yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga (tahsil olishni davom ettirishga) to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning bor yoki yo‘qligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar (keyingi o‘rinda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar deb ataladi) mazkur Nizomga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ushbu shaxslarning kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari, jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liqligi yoki bog‘liq emasligi sabablarini aniqlash, shuningdek ulardagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 4-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti og‘ir va noqulay bo‘lgan hududlarida xizmatni o‘tashi munosabati bilan ushbu hududlarda ularning oila a’zolari yashashi uchun sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy zid ko‘rsatmalarning bor yoki yo‘qligi, shuningdek ushbu kichik bandda nazarda tutilgan shaxslarning uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda bo‘lishi zaruratini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda tibbiy tekshiruv natijalari rasmiylashtirilib, tegishli xulosa tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxsga HTKga taqdim etish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning 4-bandi “b” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning statsionar yoki ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida yoki tegishli vazirlik va idoralarning davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etgan har bir shifokor o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tibbiy ko‘rikni amalga oshiradi va tibbiy xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tishga xodim salomatligi holati sababli HTKga kela olmaydigan hollarda, HTK tomonidan sayyor tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkaziladi hamda bu haqdagi ma’lumot tegishli tibbiy dalolatnomaga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida shaxslar, zaruratga ko‘ra, tibbiyotning ixtisoslashgan sohalari bo‘yicha shifokorlarga (ftiziatr, endokrinolog, urolog, onkolog va boshqalar) o‘rnatilgan tartibda tibbiy maslahat va tekshiruv uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiy xulosa HTKda ko‘rib chiqiladi va tibbiy tekshiruv hamda harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tuvchi shaxslarning salomatligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar va uning jismoniy rivojlanishi hisobga olingan holda xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. HTK o‘z qarorlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilayotgan har bir shaxs bo‘yicha individual tarzda baholash usulidan foydalangan holda kollegial tarzda chiqaradi. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning holatiga individual baho berish vaqtida kasallik va jismoniy nuqsonning xususiyati, rivojlanish darajasi, boshqa tana a’zolari hisobiga kompensatsiya qilinishi, tana a’zolari faoliyatining buzilishi, buzilishlarning kelib chiqishi va kasallik prognozi, shaxsning mutaxassisligi, xizmat turi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza natijasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklga muvofiq HTK dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasiga HTK tomonidan qarorni chiqarishga asos bo‘lgan tibbiy hujjatlardan ko‘chirma va boshqa tegishli xulosalar hamda hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasida maxfiy hujjatlardan ko‘chirmalar qoldirilmaydi. Lozim bo‘lganda dalolatnomada faqatgina maxfiy hujjatlar saqlanadigan yig‘ma jild raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish natijasida shaxs xizmatga yaroqsiz deb topilganda, ularni qayta harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun ko‘rib chiqish muddati HTK tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga rasmiylashtirilgan xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi HTK dalolatnomasi, ular tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan kundan boshlab olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda, ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan esa bir yil muddatda amalda bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarda HTK dalolatnomalarida belgilangan muddat ichida sog‘lig‘ida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berganligi aniqlanganda, ular takroriy harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Yuqumli va parazitar kasalliklar.

2.

Nafas a’zolarining sil kasalligi.

3.

Boshqa a’zolar va tizimlarning sil kasalligi.

4.

Zaxm va asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan, boshqa aniqlangan kasalliklar.

5.

Mikozlar.

6.

O‘smalar.

7.

Xavfli o‘smalar (limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning o‘smalari bundan istisno).

8.

Limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning xavfli o‘smalari.

9.

Xavfsiz o‘smalar (bosh va orqa miya o‘smalari bundan istisno), in situ o‘smalar.

10.

Qon, qon yaratuvchi a’zolarning kasalliklari va immun mexanizmini (tizimini) jalb qiluvchi alohida buzilishlar.

11.

Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari.

12.

Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

13.

Organik ruhiy buzilishlar.

14.

Endogen psixozlar: shizofreniya, shizotipik buzilishlar, shizoaffektiv, vasvasali, o‘tkir va o‘tkinchi psixotik buzilishlar va affektiv buzilishlar (kayfiyat buzilishlari).

15.

Simptomatik va boshqa ekzogen etiologiyali ruhiy buzilishlar.

16.

Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik shakldagi buzilishlar.

17.

Shaxs buzilishlari.

18.

Ruhiyatga faol ta’sir etuvchi vositalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

19.

Aqliy qoloqlik (zaiflik).

20.

Asab tizimi kasalliklari.

21.

Epilepsiya va epileptik tutqanoqlar.

22.

Markaziy asab tizimining yallig‘lanishlari, miyelinsizlantiruvchi kasalliklari va ularning asoratlari.

23.

Ko‘proq markaziy asab tizimini zararlovchi tizimli atrofiyalar, ekstrapiramidal, boshqa asab tizimining degenerativ kasalliklar, asab-mushak sinaps va mushak kasalliklari, bolalarning serebral falaji, asab tizimining tug‘ma anomaliyalari (rivojlanishning nuqsonlari), bosh va orqa miya o‘smalari.

24.

Bosh va orqa miyalarning tomir kasalliklari.

25.

Bosh va orqa miya jarohatlanishlari va ularning asoratlari. Tashqi ta’sir omillaridan bo‘lgan markaziy asab tizimining zaralanishi asoratlari.

26.

Periferik nervlari kasalliklari.

27.

Periferik nervlar jarohati va asoratlari.

28.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujidan, jarohat va jarrohlik yo‘li bilan davolanishdan keyingi markaziy va periferik asab tizimlari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

29.

Qovoqlarning kasalliklari va shikastlanish oqibatlari.

30.

Konyunktiva, ko‘z yoshi yo‘llari, ko‘z kosasining kasalliklari, jarohatlar va kuyish oqibatlari.

31.

Ko‘zning sklerasi, shoh pardasi, tomirli pardasi, gavhari, shishasimon tanasi, to‘r pardasi, ko‘ruv nervining kasalliklari, jarohatlar va kuyishlarning asoratlari.

32.

Ko‘z to‘r pardasining ko‘chishi.

33.

Glaukoma.

34.

Ko‘z mushaklari kasalliklari, ikki ko‘zning hamkorlikda barobar ko‘rish faoliyatini buzilishi.

35.

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari.

36.

Ko‘rlik, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratish anomaliyalari.

37.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ko‘rish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

38.

Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.

39.

Tashqi quloq (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

40.

O‘rta quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.

41.

Organizm vestibulyar qobiliyatining buzilishi.

42.

Karlik, karsoqovlik, eshitish qobiliyatining pasayishi.

43.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qo‘loq va so‘rg‘ichsimon o‘siq faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

44.

Qon aylanish tizimi kasalliklari.

45.

Revmatizm, yurakning boshqa revmatik va revmatik bo‘lmagan (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

46.

Gipertoniya (hafaqonlik) kasalligi.

47.

Yurakning ishemik kasalligi.

48.

Aorta, periferik yirik arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari, rivojlanishning tug‘ma anomaliyalari va shikastlanishlar asoratlari.

49.

Gemorroy (bavosil).

50.

Neyrotsirkulyator asteniya.

51.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qon aylanish tizimi faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

52.

Nafas a’zolari kasalliklari.

53.

Burun bo‘shlig‘i, burunniing yondosh bo‘shliqlari va hiqildoq kasalliklari.

54.

Hiqildoq va traxeyaning bo‘yin qismi kasalliklari va shikastlanishlari.

55.

Nafas olish a’zolarining boshqa kasalliklari (shu jumdan tug‘ma).

56.

Bronxial astma.

57.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat, jarrohlik amaliyotidan keyingi nafas a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

58.

Tishlarning rivojlanishi va chiqish ildizidagi buzilishlar, tishning qattiq to‘qimalari va yumshoq qismi kasalliklari.

59.

Periapikal to‘qimalar, milklar va parodont, so‘lak bezlari, og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari, tilning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

60.

Yuz-jag‘ anomaliyalari, nuqsonlari, shakl o‘zgarishlari, jarohat asoratlari, boshqa kasalliklar va tishlarning tayanch vositalaridagi o‘zgarishlar, jag‘larning kasalliklari.

61.

Qizilo‘ngach, ichaklarning (o‘n ikki barmoqli ichakdan tashqari)
va qorinpardaning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

62.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi.

63.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning boshqa kasalliklari, jigarning, o‘t qopining, o‘t ajratish yo‘llari va me’da osti bezining kasalliklari.

64.

Churralar.

65.

O‘tkir kasallik, surunkali kasalliklarining hurujlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

66.

Teri va teri osti qavati surunkali, tizimli kasalliklari.

67.

Terining va teri osti qavatining o‘tkir kasalliklari asoratlari
va surunkali kasalliklarining qaytalanishidan keyin faoliyatning buzilishi.

68.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklari.

69.

Yuqumli, yallig‘lanish, autoimmun va boshqa sabablardan kelib chiqqan artritlar va artropatiyalar, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari.

70.

Suyaklar, yirik bo‘g‘imlar, tog‘aylarning jarrohlik kasalliklari
va zararlanishi.

71.

Umurtqaning kasalliklari va ularning asoratlari.

72.

Kaftning, barmoqlarning shakl o‘zgarishlari va umuman yo‘qligi.

73.

Yassioyoqlilik, oyoq panjasining boshqa shakl o‘zgarishlari
va barmoqlarining nuqsonlari.

74.

Oyoq-qo‘lning faoliyatini o‘zgartiruvchi va (yoki) xizmat kiyimlar,
oyoq kiyimlar kiyishni va kamarlar taqishni qiyinlashtiruvchi tug‘ma
va orttirilgan shakl o‘zgarishlari.

75.

Oyoq yoki qo‘lning yo‘qligi.

76.

Jinsiy va siydik chiqarish a’zolari kasalliklari.

77.

Buyraklarning surunkali kasalliklari.

78.

Buyrak va siydik toshi kasalligi.

79.

Siydik chiqarish yo‘llarida siydik chiqarishining buzilishi (gidronefroz), piyelonefrit (ikkilamchi), buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari, qovuqning yallig‘lanishi va boshqa kasalliklari, tanosil kasalliklariga aloqasi bo‘lmagan uretrit, siydik chiqarish yo‘lining torayishi va uning boshqa kasalliklari.

80.

Erkaklarning jinsiy a’zolari kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).

81.

Ayollarning jinsiy a’zolari surunkali yallig‘lanishlar bilan kechadigan kasalliklari.

82.

Endometrioz.

83.

Genital prolaps, siydikni tutaolmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy a’zolarining boshqa yallig‘lanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).

84.

Hayz ko‘rish faoliyatining buzilishlari.

85.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning huruji yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi siydik chiqarish va jinsiy a’zolarning faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

86.

Homiladorlik, tug‘ishdan keyingi davr va uning asoratlari.

87.

Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar ta’siri oqibatlari.

88.

Bosh suyaklarining jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari.

89.

Umurtqa pog‘onasi, gavda, oyoq va qo‘llar suyaklari siniqlarining asoratlari (chanoq suyaklari, kurak, o‘mrov, to‘sh, qovurg‘alar, yelka, tirsak va bilak, son suyagi bo‘yinchasi va son, kichik va katta boldir, tizza qopqog‘i suyagi va boshqa suyaklarining siniqlari).

90.

Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, va chanoq ichki a’zolarining jarohatlari (jarohat tufayli yuzaga kelgan pnevmo- va gemotoraks, yurak, o‘pka, me’da ichak yo‘li, jigar, taloq, buyraklar, chanoq a’zolari, qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolari jarohatlari, ko‘p tarmoqli og‘ir jarohatlar), yuqorida qayd etilgan a’zolarning kasalliklari tufayli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari asoratlari.

91.

Teri va teri osti qavati to‘qimalarining jarohatlari asoratlari.

92.

Dori, tibbiy va biologik vositalar bilan zaharlanish, tibbiyotga dahli bo‘lmagan moddalarning toksik ta’siri, tashqi omillarning ta’siri (radiatsiya, past yoki yuqori harorat va yorug‘lik, havoning yoki suvning ortiqcha bosimi va boshqalar).

93.

Suyak-mushak tizimining, biriktiruvchi to‘qimaning, teri va teri osti qavatining kasalliklaridan davolanishdan keyin, jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi omillarning boshqa ta’sirlaridan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari.

94.

Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi.

95.

Siydik tutolmaslik (enurez).

96.

Nutqning buzilishi.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/764/0019-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)