O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI HUZURIDA FOYDALI QAZILMALAR ZAXIRALARI BO‘YIChA DAVLAT KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396 sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashning yagona tartibini belgilash hamda yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 139-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini ta’minlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash;
geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish;
foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2005-yilning birinchi yarim yilligida manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar ishtirokida, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish va baholashning yagona prinsiplarini belgilovchi normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-yanvar,
24-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi deb ataladi) yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi va geologiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazuvchi maxsus organ hisoblanadi.
2. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlari yer osti boyliklarini geologiya jihatidan o‘rganish, kon-qazib olish korxonalarini loyihalashtirish va qurish, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
II. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini ta’minlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash;
geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish;
foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish.
5. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
razvedka qilish konditsiyalari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon bo‘yicha yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlari (ko‘rsatkichlari)ni tasdiqlaydi;
texnologik va texnik-iqtisodiy asoslashlari bilan taqdim etilgan geologiya materiallarini tahlil qilish asosida neft, gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini belgilaydi.;
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, mazkur zaxiralarning o‘rganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi klassifikatsiyalariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik o‘rganishning barcha bosqichlarida foydali qazilmalar konining sanoat jihatidan qimmatini belgilovchi razvedka qilish konditsiyalari asosida tasdiqlanishi mumkin;
foydali qazilmalar konlari geologiya-qidiruv ishlarini qo‘shimcha ravishda o‘tkazishda, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanadigan yangi razvedka qilish konditsiyalari aniqlanganda yoki boshqa sabablarga ko‘ra sezilarli o‘zgargan taqdirda ularni qayta tasdiqlaydi;
foydalanish konditsiyalarini va ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlaydi;
sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari yoki konni qazib olish jarayonida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan belgilangan tartibda chiqarishni amalga oshiradi;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun va chiqindilarni saqlash, ko‘mish uchun foydalanishga beriladigan yer osti boyliklari uchastkalari bo‘yicha geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil qiladi, uchastkalarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun konditsiyalarni belgilaydi va ulardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyati to‘g‘risida xulosa beradi;
litsenziya bergan organning taqdimnomasiga ko‘ra geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi va litsenziya berish vaqtida foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qo‘shimcha komponentlar mavjudligi to‘g‘risida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari to‘g‘risida ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi;
konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslash materiallarini ko‘rib chiqish, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa axborotlarning to‘liqligi va sifatini, zaxiralarni hisoblab chiqishning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi; foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda hisobotlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha obzorlar tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari va konlardan foydalanish bo‘yicha yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek jadal hisoblab chiqishlar bo‘yicha balansga qabul qilingan zaxiralarni Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyanomalar beradi;
konlar zaxiralari klassifikatsiyasini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini, zaxiralar klassifikatsiyalarini turli foydali qazilmalar konlariga tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnomalarni, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyasini va hisoblab chiqilishini asoslovchi materiallarning mazmuni, ularni rasmiylashtirish va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
geologiya-qidiruv ishlarining alohida bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishishga taqdim etiladigan metodik ko‘rsatmalar yuzasidan, foydali qazilmalarga konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini, konlarni geologik-iqtisodiy baholashni asoslash va hisoblab chiqish yuzasidan, boshqa metodik hujjatlar, shuningdek turli tashkilotlar tomonidan kiritiladigan geologiya-qidiruv ishlari metodikasini yanada takomillashtirishga va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga taalluqli takliflar yuzasidan xulosalar beradi.
III. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining huquqlari va javobgarligi
6. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlardan Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, neft va gaz kondensatini, foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish koeffitsiyentlarini, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun konditsiyalar, zaxiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga hisobotlar loyihalarini taqdim etish yillik rejalarini tekshirish uchun zarur bo‘lgan geologiya axborotlari va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va belgilangan tartibda olish;
yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazish, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning shunga o‘xshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar o‘rnatish.
7. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qabul qilingan konditsiyalarning, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarining, tasdiqlanayotgan zaxiralar miqdori va sifatining, sanoat maqsadida o‘zlashtirish uchun konlarning (yoki ular qismlarining) tayyorligi baholarining asoslanganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
8. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasini komissiyaning raisi hisoblanadigan Davlat geologiya qo‘mitasi raisi boshqaradi.
9. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining raisi:
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
ishchi guruh vazifalarini belgilaydi;
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ish rejalarini, Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga tushgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining yalpi majlislarini o‘tkazadi.
10. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolari tarkibiga, kelishilgan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlarining, yetakchi kon qazish korxonalarining foydali qazilmalar konlarini qazib olish, zaxiralarini hisoblab chiqish va ularni geologik-iqtisodiy baholash bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolarining kamida 50 foizi Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida ishlamaydigan mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolarining shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qo‘mitasi taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolariga ularning komissiya ishida qatnashgan vaqti uchun Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq mehnat haqi to‘lanadi.
11. Ishchi guruh Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, ishchi guruh foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini asoslash va hisoblab chiqish bo‘yicha materiallarni ekspertizadan o‘tkazishni, komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni, ularni rasmiylashtirishni, shuningdek Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etishni ta’minlaydi.
Ishchi guruh shtat jadvali Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Foydali qazilmalarga konditsiyalar loyihalarini, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini va ko‘rib chiqish uchun tushadigan boshqa geologiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazish Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspertizalarni o‘tkazish uchun turli tashkilotlarning ekspertizaning mazkur turi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari mazkur tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda jalb etiladi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti to‘g‘risidagi nizom, ekspertlarning shaxsiy tarkibi va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi bilan materiallarni taqdim etgan tashkilotlar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda tashkilotlar mustaqil ekspertiza o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar.
13. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan materiallarni va ekspertlarning shaxsiy xulosalarini dastlabki ko‘rib chiqish uchun foydali qazilmalarning turlari bo‘yicha tarmoq kichik ekspert komissiyalari tashkil qilinadi.
Tarmoq kichik ekspert komissiyalari turli ixtisosdagi jalb etilgan ekspertlardan, manfaatdor tashkilotlar vakillaridan va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi guruhi a’zolaridan tuziladi.
Kichik ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi nizom va ularning tarkibi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Tarmoq kichik ekspert komissiyalari o‘zining ishchi majlislarida buyurtmachi ishtirokida ekspertlarning shaxsiy xulosalarini ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan materiallar bo‘yicha kelishilgan xulosalarni ishlab chiqadi va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qarori loyihasini tayyorlaydi.
15. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini hamda yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini, shuningdek geologiya materiallarining o‘tkazilgan davlat ekspertizasini tasdiqlash to‘g‘risidagi yakuniy qarori komissiyaning yalpi majlisida, taqdim etilgan materiallar mualliflari, ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul qilinadi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislari komissiya a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
16. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi qarorlari uning majlisda qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiyaning ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi bo‘lishmagan taqdirda ular o‘zining alohida fikrini Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi raisi nomiga yozma ravishda yuborishlari mumkin. Uzil-kesil qaror qabul qilish uchun materiallar mustaqil ekspertiza o‘tkazishga yuboriladi, shundan keyin Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
17. Zarur hollarda foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini tasdiqlash va hisoblab chiqish masalalari ko‘chma majlislarda, bevosita ish obyektlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
18. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida qabul qilingan qarorlar protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ularning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birga ikki hafta muddatda materiallarni taqdim etgan tashkilotga yuboriladi.
19. Foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralari konditsiyalarining loyihalari yetarli asoslanmaganda, yer osti boyliklari uchastkalarining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda taqdim etilgan materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi protokoli va ekspertlar xulosalari bilan birga buyurtmachi tashkilotga qaytariladi.
Materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi protokolida bayon qilingan mulohazalar va tavsiyanomalarga muvofiq puxta ishlab chiqilgan taqdirda ular Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.
20. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ijobiy qarori ularni O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar davlat balansi tomonidan hisobga olish uchun asos hamda konni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga jalb etishning sharti hisoblanadi.
21. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
22. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish muddati tashkilot bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi, biroq u 3 oydan oshmasligi kerak.
23. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari hamda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarining mundarijasini, ularni rasmiylashtirish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ish tartibida belgilanadi.
24. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida komissiya faoliyatiga taalluqli normativ-metodik hujjatlar loyihalari va uning vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
25. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalari loyihalarini va zaxiralarni hisoblab chiqish materiallarini ko‘rib chiqish, geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish shartnoma asosida, tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar va xizmatlar turlari narxlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ishchi guruhining ta’minoti Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining atributlari
26. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘z nomi yozilgan, belgilangan namunadagi blankalarga ega bo‘ladi va Davlat geologiya qo‘mitasi muhridan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi
TARKIBI
TARKIBI
| Axmedov Nurmuxammad Axmedovich | — | Davlat geologiya qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi |
| Azimov Damir Xamidovich | — | “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh geologi |
| Aliboyev Abdujabbor Eshmurodovich | — | “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining Yer osti boyliklarini muhofaza qilishni, mineral xomashyoni qayta ishlashni nazorat qilish va geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi boshlig‘i |
| Bizeyev Viktor Konstantinovich | — | “O’zGEOTEXLITI” instituti bosh muhandisining o‘rinbosari |
| Tojiyev Aleksandr Sergeyevich | — | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh geologi |
| Gleyzer Lev Mixaylovich | — | Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining bosh geologi |
| Inozemsev Sergey Borisovich | — | Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh geologi |
| Jo‘rayev Abduvali Jo‘rayevich | — | Iqtisodiyot vazirligining industriyani rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari |
| Korsakov Yuriy Fedorovich | — | Davlat geologiya qo‘mitasining “Qiziltepageologiya” davlat geologiya korxonasining bosh geologi |
| Nagevich Pavel Pavlovich | — | Davlat geologiya qo‘mitasining “Gidroingeo” instituti laboratoriya mudiri |
| Nurmatov Mutalibjon Rashidovich | — | “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Neft va gaz tarmog‘ini istiqbolli muvozanatli rivojlantirish va shartnomaviy tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari |
| To‘ramurodov Ilhomboy Bekchono�ich | — | Davlat geologiya qo‘mitasining Yer osti boyliklarini geologiya jihatidan o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i |
| Sherov Cho‘li Qurbonovich | — | “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining geologiya boshqarmasi boshlig‘i |
Izoh. Foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasi a’zolari lavozimdan ozod etilganda ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 23-modda)