31.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3073-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 31.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3073-1
Kuchga kirish sanasi
01.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3073-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112-son

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 26-apreldagi 112-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 75-band “giyohvandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “, ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 135 — 137-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“135. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma’lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachilar (advokatning himoyachi sifatida ishtirok etishi bundan mustasno), qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparat, videokamera va ovoz yozish qurilmalarining bo‘lishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Uchrashuv jarayonida advokat tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish holatlari aniqlanganda uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokat bilan uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda, maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va ushbu advokatga guvohnoma bergan hududiy adliya organiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar maxsus qabulxona xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi. Himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlar va boshqa shaxslar tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishga urinilgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatib qo‘yiladi. Uchrashuvga kelgan shaxs bu haqda uchrashuv boshlanishidan oldin maxsus qabulxonaning mas’ul xodimlari tomonidan ogohlantirilishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-ilovaning 5-bandi “giyohvandlik vositalari,” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-aprel

Oliy sud raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-aprel
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 10/19/3073-1/3225-son)