12.05.2018 yildagi PF-5441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tahlillar ko‘rsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, surishtiruv va tergov organlarining ayrim xodimlari tomonidan advokatlar o‘zlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga ko‘ra to‘sqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishning amaldagi mexanizmlari advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni ta’minlamayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun turli tashkilotlarga yo‘llayotgan so‘rovlari ko‘p hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda, advokatning so‘rovini ko‘rib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining (keyingi o‘rinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketgan, uning advokatlar bilan o‘zaro hamkorligi statistika yig‘ish bilan cheklanib qolmoqda hamda ortiqcha byurokratiyadan iborat bo‘lmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, advokatlik tuzilmalarining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari yuridik xizmatlar ko‘rsatish bozorida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilmayapti, yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish advokatlik faoliyatidan ajratilmaganligi sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimi yuridik amaliyotning tegishli sohalarga bo‘linishini hisobga olmaydi, bu esa advokatlik kasbining ixtisoslashuviga salbiy ta’sir etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish masalalarini ko‘rib chiqishda salmoqli ma’muriy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmoqda, natijada advokaturaning erkinligi va mustaqilligiga putur yetmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, bilimi yetmasligi, o‘zining kasbiy majburiyatlariga vijdonsiz munosabatda bo‘lishi sababli advokatlar tomonidan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodini buzish hollari ko‘plab uchramoqda, bu esa ishonch bildiruvchilarning (himoya ostidagilarning) noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi, advokat tomonlardan birining vakili bo‘lgan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha qayta attestatsiyadan va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaati bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun so‘rovlari so‘rov qabul qilingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2018-yilning 1-avgustidan boshlab quyidagi tartibni joriy etgan holda huquqiy maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar doirasini kengaytirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat tashkilotlari yuridik maslahat xizmatlarini litsenziya olmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. Bunda qayd etilgan tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarda vakillik qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalari yuridik maslahat xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmasdan umumiy talablarni nazarda tutgan holda Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Advokatlar palatasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablar, mazkur Farmonning maqsad va vazifalariga muvofiq advokatura faoliyatining kafolatlarini amalda ta’minlash, advokatlik tuzilmalari va advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratgan holda o‘z ishini qayta yo‘naltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi huzurida malakali yuridik yordam ko‘rsatish standartlari va boshqa advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qo‘llash bo‘yicha Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiy bo‘lgan tushuntirishlar berish, shuningdek, advokatlik faoliyatining yuksak standartlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradigan Etika komissiyasini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatura tizimida ish stajiga ko‘ra malaka komissiyalarining xulosalari asosida Advokatlar palatasi raisi tomonidan beriladigan advokatlarning malaka darajalarini ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati shaffofligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlik tuzilmasini avtomatik ravishda belgilovchi, bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning bu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan yangilangan tartib va mezonlarni belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik maqomini olish uchun malaka imtihoni jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni onlayn tartibda topshirish imkoniyatidan foydalanish, ularning ro‘yxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida translatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatishni (pro bono) rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar tomonidan o‘z ishonch bildiruvchilari (himoya ostidagilari)ga sifatli yuridik yordam ko‘rsatish uchun xorijiy davlatlar organlariga so‘rov yuborish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarga nisbatan intizomiy ish yurituvi faqat tegishli malaka komissiyalari yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari advokatlik faoliyatiga har qanday shakllarda, shu jumladan ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxs bilan uchrashish huquqini cheklash orqali to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor mansabdor shaxslarga, avvalo surishtiruv va dastlabki tergov organlari mansabdor shaxslariga eng qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rgan holda advokatlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlarning so‘zsiz ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid amaliyotni o‘rganish va umumlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda jinoiy va ma’muriy ish yuritish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda jismoniy va yuridik shaxslar himoyaga bo‘lgan huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqsin hamda jismoniy va yuridik shaxslarning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5441-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Advokatlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

“Advokatura to‘g‘risida”gi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddatini olti oydan uch oygacha qisqartirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslarni majburiy stajirovka o‘tashdan ozod qilish;

advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takror�n topshirish muddatini bir yildan olti oygacha qisqartirish;

advokatlarning hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etishi, shuningdek nizolarni sudgacha hal qilish va taraflarni yarashtirishga qaratilgan huquqlarini kengaytirish;

har bir tanlangan ixtisoslik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatish;

litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladigan litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddatini uch oydan olti oyga uzaytirish;

Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqini berish;

advokatlik byurosini ta’sis etgan advokatlarning o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘ziga tegishli bo‘lgan turar-joylarda ushbu turar-joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazmasdan amalga oshirish huquqi;

advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;

advokatga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash muddatlarini aniq belgilash;

litsenziyaning amal qilishini Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga bo‘yicha faqat sud tartibida tugatish;

advokatlarga nisbatan intizomiy ishni faqat tegishli malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atishni ko‘zda tutish.

Qonun loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, manfaatdo� vazirlik va idoralar

2.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1971-moddasini buzganlik uchun aybdor mansabdor shaxslarni

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzmasdan advokatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga qilgan murojaati asosida ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutish.

Qonun loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DSI, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun adliya organiga taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish;

Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomn� tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil iyun

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalaridagi ichki tartib qoidalari normalarini qaytadan ko‘rib chiqish, bunda:

advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlash, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyatini saqlab qolishni;

himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashish jarayonida advokatlar tomonidan elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyatini;

advokatlar tomonidan o‘z himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish uchun advokatlik guvohnomasi va muayyan ishni yuritish uchun orderdan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilish talabini bekor qilishni nazarda tutish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2018-yil iyul

IIV, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

5.

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani (ro‘yxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) qayta ko‘rib chiqish, bunda advokatga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda o‘z professional faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boshqa kommunikatsiya uskunalarini erkin olib kirishga huquq berishni nazarda tutish, yopiq sud majlislari bundan mustasno.

Oliy sud va IIV qarori

2018-yil iyul

Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

II. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish

6.

Advokatlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashuvchi komissiya tashkil etish, komissiya zimmasiga:

advokatlarning qonun hujjatlarda nazarda tutilgan huquq va vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatishda advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan buzilishi holatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlarini har tomonlama tahlil qilish va umumlashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda fuqarolik va iqtisodiy nizolarda, jinoyat va ma’muriy ish yurituvida jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish;

o‘z yig‘ilishlarida advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqish vazifasini yuklash.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018-yil iyun

Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Advokat tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, unda:

Jinoyat ishida himoyachi sifatida Jinoyat protsessual kodeksining 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etishni ta’minlash uchun Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatlik tuzilmani belgilash tartibi va mezonlarini;

davlat hisobidan tayinlanadigan advokatlar tomonidan bajariladigan minimal talab va harakatlar ro‘yxatini nazarda tutish.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018-yil avgust

Advokatlar palatasi

8.

Yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash uchun advokatlik tuzilmalari yetarli bo‘lmagan tegishli hududlarda fuqarolarning murojaat qilishlari uchun qulay bo‘lgan joylardan advokatlarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari

2018-yil avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Advokatlar palatasi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarga advokatlar tomonidan grafik asosida bepul huquqiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

Har kuni

Advokatlar palatasi

10.

Sud protsessiga tayyorgarlik ko‘rish uchun umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida advokatlar uchun alohida xona ajratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil avgust

Oliy sud, Advokatlar palatasi

III. Innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini advokatura sohasiga joriy etish

11.

Advokat maqomini olish uchun malaka imtihonlari o‘tkazilishi jarayonining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish, ularning ro‘yxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet tarmog‘ida translatsiya qilish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil sentyabr

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

12.

Aholini qiziqtirgan mezonlar bo‘yicha (advokatning ixtisosligi, advokatlik tuzilmasi joylashgan joy va hokazo) advokatlarni izlash bo‘yicha elektr�n servisni yaratish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil sentyabr

Advokatlar palatasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi saytini quyidagilarni inobatga olgan holda modernizatsiya qilish:

statistik hisobotlarni elektron shaklda olish;

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, xususan vebinar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qitish;

on-line maslahat berish;

elektron kutubxonadan foydalanish;

“Advokat” jurnalini elektron ko‘rinishda e’lon qilish;

saytni uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda yuritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil noyabr

Advokatlar palatasi

14.

Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga davlat hisobidan huquqiy yordam ko‘rsatuvchi advokatni avtomatik ravishda tanlash bo‘yicha maxsus elektron tizimni joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-dekabrgacha

Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi

15.

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni elektron taqdim etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Advokatlar palatasi

16.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalarining yagona elektron reyestrini shakllantirish, rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish kitobini elektron shaklda yuritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Advokatlar palatasi

17.

Advokatlar ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) bilan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda uchrashishi uchun axloq tuzatish va tergov hibsxonalariga tashrif buyurishi rejalashtirilgani haqida real vaqt rejimida oldindan xabarnoma yuborishlari mumkin bo‘lgan maxsus elektron portal yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, IIV, Advokatlar palatasi

18.

Advokatlar kasbiy malakasini joylarga chiqqan holda, shu jumladan videkonferensiya o‘tkazish yo‘li bilan oshirish amaliyotini joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

IV. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatura instituti himoyachisi sifatidagi rolini oshirish

19.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarori bilan advokatura tizimidagi ish stajidan kelib chiqib beriladigan advokatlar malaka darajalarini joriy etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil iyul

Advokatlar palatasi

20.

Har yili “Yilning eng namunali advokati” va “Yilning eng namunali advokatlik tuzilmasi” tanlovlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Advokatlar palatasi

21.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalari reytinglarini tuzish va ochiq holda e’lon qilish maqsadida ular faoliyatini baholash mezonlarini tasdiqlash.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil oktyabr

Advokatlar palatasi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligini uning hisobotlarini, shu jumladan moliyaviy hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali oshirish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

Har yili

Advokatlar palatasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son)