|
1. |
Sattarov Dilshod Nematovich |
— |
Bosh direktor |
|
2. |
Kattaxodjayev Djavlan Yuldashxodjayevich |
— |
Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Shukurov Jasur Nigmatovich |
— |
Bosh direktor oʻrinbosari |
|
4. |
Kiyamov Rustam Begmuratovich |
— |
Bosh direktor oʻrinbosari |
|
5. |
Karimov Shuxrat Shavkatovich |
— |
Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
Xamdamov Azizbek Xusanboyevich |
— |
Ijro etuvchi organlar va tuzilmalar ishini nazorat qilish va baholash ichki auditi boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
Xusnullin Ruslan Rashidovich |
— |
Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
Abdukayumov Abdurauf Abdurashidovich |
— |
Metrologiyani rivojlantirish va oʻlchov birliklari yagonaligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
Xodjikariyev Dilshod Masudxodjayevich |
— |
Sertifikatlashtirish va laboratoriya majmualarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.05.2019 yildagi 439-son
Kuchga kirish sanasi
29.05.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 11-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hayʼat aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 22-noyabrdagi 934-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-may,
439-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 09/19/439/3204-son)