1. | Jumanazarov Akmal Ruzikulovich | — | direktor |
2. | Abdukayumov Abdurauf Abdurashidovich | — | direktorning birinchi oʻrinbosari |
3. | Tohirov Odiljon Zoxidjonovich | — | direktor oʻrinbosari |
4. | Mashanpin Timur Vasikovich | — | direktor oʻrinbosari |
5. | Dodoyev Alisher Rozikovich | — | Muvofiqlikni baholash boʻyicha texnik siyosatni amalga oshirish boshqarmasi boshligi |
6. | Xodjikariyev Dilshod Masudxodjayevich | — | Texnik reglamentlar va standartlar boʻyicha dasturlarni amalga oshirish boshqarmasi boshligi |
7. | Abduraxmanov Azamat Abdulxakimovich | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligi |
8. | Qodirov Doniyor Baxtiyorovich | — | Oʻzbekiston standartlar instituti direktori v.b. |
9. | Zakirov Ansabxon Akaidinovich | — | “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi direktori |
10. | Saidoripov Lazizbek Furkatjanovich | — | “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi direktori |
11. | Kattaxodjayev Djavlan Yuldashxodjayevich | — | “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktori v.b. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.01.2025 yildagi 11-son
Kuchga kirish sanasi
14.01.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2026
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 351-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 370-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hayʼati aʼzolari soni 11 (oʻn bir) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 28-maydagi 439-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-yanvar,
11-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2025-y., 09/25/11/0028-son)