18.05.2019 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kapitali 1 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lgan va quyidagi asosiy vazifalar yuklangan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish;

xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish;

investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikaning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega bo‘lgan davlat ulushi 100 foizli aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Jamg‘armaning boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsilar va tashqi savdo vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamg‘armaning boshqaruvchi kompaniyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 420-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, uning huquqiy maqomini va boshqaruvchi kompaniya tomonidan Jamg‘armani ishonchli boshqarish tartibi xususiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning muassisi — O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi kompaniya — Jamg‘armaning muassisi bilan tuzilgan investitsiya deklaratsiyasini o‘z ichiga oluvchi ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq Jamg‘armani boshqaruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli boshqarish shartnomasi — boshqaruvchi kompaniya va Jamg‘arma muassisi o‘rtasida tuziladigan ishonchli boshqarishda cheklashlarni, taqdirlash va xarajatlarni qoplash tartibini, shartnomaning asoslari va uni to‘xtatish shartlarini, tomonlarning javobgarligini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalarni nazarda tutuvchi shartnoma;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya deklaratsiyasi — investitsiyalarning maqsadlarini, investitsiya siyosati yo‘nalishlarini, boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya faoliyatidagi cheklashlarni, deklaratsiyaning amal qilish muddatini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan boshqa qoidalarni tavsiflovchi hujjat;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida bank hisob raqami — Jamg‘armani ishonchli boshqarish jarayonida olingan pul mablag‘lari hamda daromadlar hisobi yuritiladigan boshqaruvchi kompaniyaning alohida bank hisob raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Direct Investments Fund of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Direct Investments Fund;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Fond pryamix investitsiy Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Fond pryamix investitsiy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikaning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Jamg‘armaning yagona muassisi hisoblanadi hamda investorlar tomonidan Jamg‘arma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng boshqaruvchi kompaniyaning so‘rovi bo‘yicha Jamg‘arma kapitalini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘armaning e’lon qilingan kapitali 1 (bir) milliard AQSh dollarini tashkil etadi, u birinchi bosqichda investorlar tomonidan Jamg‘arma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga qarab 100 (yuz) million AQSh dollari miqdorda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘arma faoliyati muddati 15 yilni tashkil etadi, ushbu muddat boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati natijalari asosida Jamg‘arma muassisining qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘armaning pul mablag‘lari ishonchli boshqarish shartnomasiga asosan boshqaruvchi kompaniyaga ishonchli boshqarish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshqaruvchi kompaniya Jamg‘armaning mol-mulki hisobiga O‘zbekiston Respublikasida, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini moliyalashtirib, Jamg‘armaning ishonchli boshqaruvchisi sifatida ish ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqaruvchi kompaniya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda keltiradigan investitsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni, shuningdek, yuqori malakali kadrlar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qulay investitsiya muhitini yaratish va yoyish, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya imkoniyatlari ijobiy idrok etilishi maqsadida ish ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘arma va boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Boshqaruvchi kompaniya
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boshqaruvchi kompaniya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshqaruvchi kompaniya aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvchi kompaniyaning yagona aksiyadori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Boshqaruvchi kompaniyaning Jamg‘armani ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Boshqaruvchi kompaniya aksiyadorlarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Aksiyadorlar boshqaruvchi kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Boshqaruvchi kompaniyaning aktivlari ustav kapitaliga kiritilgan ulushlar, boshqaruvchi kompaniya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Boshqaruvchi kompaniyaning mol-mulki Jamg‘arma mol-mulkidan, shuningdek, boshqaruvchi kompaniyada ishonchli boshqaruvdagi boshqa mol-mulkdan alohida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan daromadlar Jamg‘armaning mulki tarkibiga kiritiladi va Jamg‘armaning investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq ishlatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Boshqaruvchi kompaniyaning xarajatlari boshqaruvchi kompaniyaning boshqarish uchun taqdirlash puli sifatida oladigan daromadlari va uning ustav kapitali, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Boshqaruvchi kompaniyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar boshqaruvchi kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hamda xorijiy investorlar va moliyaviy institutlar bilan birgalikda foyda keltiradigan investitsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhiti yaxshilanishiga ko‘maklashish, shuningdek, respublikaning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini chet elda keng targ‘ib qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuklangan vazifalarga muvofiq boshqaruvchi kompaniya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritish uchun ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini tanlab oladi, moliyaviy qoplashni, tijorat jozibadorligi va ularni amalga oshirish samaradorligini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik institutsioal va strategik xorijiy investorlar bilan hamkorlikni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan birgalikda xavf-xatarni teng taqsimlash prinsipi asosida kapital qaytarilishining zarur darajasini ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini izlash, tahlil qilish va baholashni, tizimlashtirish, moliyalashtirishni amalga oshiradi va monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va bosh direktor boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv organlari vakolatlari “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqaruv kompaniyasining ustavi va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshqaruvchi kompaniyaning kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolar (direktorlar), shu jumladan, xorijiy a’zolar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv kengashi, agar uning majlisida uning a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, qaror qabul qilishga vakolatlidir. Qarorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga yoxud boshqaruvchi kompaniyaning ustaviga muvofiq boshqa ovozlar talab qilinmasa, majlisda ishtirok etayotgan kuzatuv kegashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bosh direktor boshqaruvchi kompaniyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Boshqaruvchi kompaniyaning bosh direktori boshqaruvchi kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Boshqaruvchi kompaniyaning bosh direktori boshqaruvchi kompaniya kuzatuv kengashiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Boshqaruvchi kompaniyaning bosh direktori va mustaqil a’zolari (direktorlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq bo‘lishi, shuningdek, quyidagi professional fazilatlar va vakolatlarga ega bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarning keng doirasi bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish tajribasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan bitimlarni tizimlashtirish va tuzish tajribasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya xavf-xatarlarini boshqarish tajribasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Boshqaruvchi kompaniya mustaqil a’zolarni (direktorlarni) o‘z ichiga oladigan investitsiya qo‘mitasini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma va boshqaruvchi kompaniya tomonidan investitsiya faoliyatini olib borish tartibi. Jamg‘arma va boshqaruvchi kompaniyaning o‘zaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamg‘arma va boshqaruvchi kompaniya tomonidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilangan tartibda tuziladigan, investitsiya deklaratsiyasini o‘z ichiga oladigan ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamg‘arma muassisi va boshqaruvchi kompaniya investitsiya deklaratsiyasini va ishonchli boshqarish qoidalarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Investitsiya loyihalarini tanlash ular moliyaviy qoplanishi, tijorat jozibadorligi va samaradorligi baholanishi hisobga olingan holda boshqaruvchi kompaniya tomonidan mustaqil amalga oshiriladi, bunda quyidagi asosiy mezonlarga rioya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarga ajratiladigan investitsiyalar respublikaning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga va uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga yo‘naltirilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish o‘rinlari yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta loyiha bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining cheklangan miqdori ushbu loyihaga mo‘ljallanayotgan investitsiyalar umumiy hajmining ko‘pi bilan 30 foizini tashkil etadi. Bunda Jamg‘arma xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondi (kapitalining) 30 foizidan ortiq bo‘lgan ulush egasi bo‘lishi, shuningdek, eng yirik ulush egasi bo‘lishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta loyiha bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining cheklangan miqdori Jamg‘arma umumiy miqdorining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bir tarmog‘i bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining cheklangan miqdori Jamg‘arma umumiy miqdorining 20 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy birgalikda investitsiya kirituvchilar investitsiya loyihasida loyiha qiymatining kamida 70 foizi hajmida ishtirok etishning o‘z moliyaviy va boshqa imkoniyatlarini tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Loyihaga mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv organlari tomonidan ma’qullangandan keyin boshqaruvchi kompaniya 2 ish kuni mobaynida boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv organlari qarorlari nusxalarini taqdim qilgan holda Jamg‘arma muassisiga Jamg‘armani to‘ldirishga so‘rov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. So‘rovga muvofiq Jamg‘arma muassisi 5 ish kuni mobaynida tegishli investitsiya loyihasiga investitsiya kiritish uchun Jamg‘armani to‘ldirishga mablag‘larni boshqaruvchi kompaniyaning alohida bank hisob raqamiga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Boshqaruvchi kompaniya uning alohida bank hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida Jamg‘armaning muassisiga investitsiya paylarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Boshqaruvchi kompaniya Jamg‘armaning muassisiga boshqaruvchi kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha Jamg‘arma mol-mulki tarkibiga kiradigan pul mablag‘lari sarflanishi, shuningdek, Jamg‘arma mol-mulkini boshqarishdan olingan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Boshqaruvchi kompaniya o‘zining ustavida belgilangan tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Boshqaruvchi kompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun Jamg‘arma muassisi oldida javob beradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq boshqaruvchi kompaniya tomonidan xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga taqdirlash puli to‘lanadi. To‘lanadigan haqning umumiy miqdori va xususiyatlari ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Boshqaruvchi kompaniyaning hisobot berishi va auditi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Boshqaruvchi kompaniyaning hisobot yili kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha (31-yanvar ham kiradi) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Boshqaruvchi kompaniya O‘zbekiston Respublikasida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining milliy standartlariga, shuningdek, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Boshqaruvchi kompaniyaning auditlanmagan yillik hisoboti O‘zbekiston Respublikasida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining milliy standartlariga muvofiq har yili hisobot yilidan keyingi yilning 30-martigacha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Boshqaruvchi kompaniyaning yillik buxgalteriya hisobotlarini audit qilish uchun uning kuzatuv kengashi “katta to‘rtlik”ka kiradigan auditorlik firmalari orasidan auditorlik tashkilotini jalb qiladi va uni taqdirlash miqdorini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Auditorlik tashkiloti boshqaruvchi kompaniyaning yillik buxgalteriya hisobotlari majburiy auditini har yili hisobot yilidan keyingi yilning 30-iyunidan kechikmay o‘tkazadi, uning yakunlari bo‘yicha boshqaruvchi kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan u kiritilgan sanadan boshlab 40 kundan kechikmay hisobot tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi kompaniya har yili hisobot beriladigan yildan keyingi yilning 30-iyunidan kechikmay aktivlar qiymatini baholash uchun “katta to‘rtlik”ka kiradigan auditorlik firmalari orasidan auditorlik tashkilotini jalb qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Boshqaruvchi kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish uchun taftish komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Jamg‘armani va boshqaruv kompaniyasini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/420/3171-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)