17.05.2019 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5583-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
414-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, mezonlari, faoliyat turini, shu jumladan, venchur moliyalashtirishni amalga oshirishda investitsiya va boshqaruv kompaniyalari monitoringini olib borish tartibini belgilaydi, shuningdek, ularning munosabatlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kompaniyasi — boshqaruv kompaniyasi tomonidan keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning jalb etilgan mablagʻlarini shakllantirish va jamlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv kompaniyasi — investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
venchur fondi — jamlangan pul mablagʻlarini faqat yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun moʻljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali investorlar — milliy valyutada va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hissa kiritilgan kundagi kursi boʻyicha xorijiy valyutada 500 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdordagi pul mablagʻlari tarzidagi investitsiya hissalarini investitsiya kompaniyalariga kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya hissalari — malakali investor tomonidan investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan va investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga ulush hisoblanmaydigan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori boʻlgan venchur loyihalari — odatda rivojlanishning dastlabki yoki faoliyatni kengaytirish bosqichidagi, kutiladigan foyda uzoq muddatda olinadigan tijorat xususiyatiga ega boʻlgan, mablagʻlarni yoʻqotish ehtimoli yuqori boʻlgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion faoliyat — intellektual mahsulotni yaratishga va undan foydalanishga, oʻziga xos gʻoyalarni tadqiq qilib tovarlar va xizmatlar shakliga keltirishga hamda ushbu tovarlar va xizmatlarga boʻlgan talablar samarali qondirilishini tashkil etishga yoʻnaltirilgan faoliyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Investitsiya kompaniyalarining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiya kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiya kompaniyalari faqat tijorat loyihalarga keyinchalik kiritish uchun malakali investorlarning pul mablagʻlari shakllantirilishi va jamlanishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tashkil etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydani oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar investitsiya kompaniyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya bozori rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot investitsiya faoliyatining strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish va uning investitsiya (moliyaviy) resurslarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining investitsion jozibadorligini, alohida moliyaviy vositalarni baholash va ulardan eng samaralisini tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya portfelni shakllantirish va uni daromad olish, xavf-xatar va likvidlik mezonlari boʻyicha baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida investitsiya dasturlari va loyihalar amalga oshirilishini joriy rejalashtirish va boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarasiz investitsiya loyihalarini amalga oshirishni oʻz vaqtida toʻxtatish (alohida moliyaviy vositalarni sotish) boʻyicha qarorlar tayyorlash va kapitalni qayta investitsiyalash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya kompaniyasi uning taʼsis hujjatida va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi audit oʻtkazilishini tashkil etishga majburdir.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Boshqaruv kompaniyalarining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Boshqaruv kompaniyasining maqomi ushbu nomi taʼsis hujjatlarida majburiy qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyalari cheklanmagan soni investitsiya hissalarini boshqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqaruv kompaniyasining mohiyati loyihani moliyalashtirish, loyihalarni baholashni, zaruratga koʻra loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun boshqa investorlarni jalb etishni, investitsiya kompaniyalarining pul mablagʻlarini jamlashni talab qiladigan biznes-loyihani topishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boshqaruv kompaniyalari oʻz faoliyatini loyihani mustaqil moliyalashtirib, zarurat boʻlganida loyihani moliyalashtirishda ishtirok etish uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb qilib, oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihani moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan boʻlsa, tomonlar shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab olishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsion shartnomaga koʻra taraflar oʻzlarining investitsiya hissalarini oʻtkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maxsus hisob raqami ochadi. Boshqaruv kompaniyasi tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan loyihani moliyalashtirish uchun malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining investitsiya hissalarini ushbu hisob raqamida jamlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Boshqaruv kompaniyasi taʼsis hujjatida va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va tarkibda ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Venchur fondi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Investitsiya kompaniyasi oʻzining asosiy faoliyati boʻyicha venchur moliyalashtirish yoʻnalishida venchur fondi ochadi va bunda uning uchun boshqaruv kompaniyasiga aylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Investitsiya kompaniyasi venchur fondini boshqarish uchun venchur fondining ustav kapitalini shakllantiradi va pul mablagʻlarini faqat xavf darajasi yuqori boʻlgan venchur loyihalari uchun jamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, uni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar venchur fondi muassislari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Venchur fondi faoliyatning quyidagi asosiy turlarini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qoʻyishdan foyda koʻrish maqsadida jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yoʻli bilan, shuningdek, ushbu tashkilotlarga garov bilan taʼminlanmagan qarzlar berish yoʻli bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan pul mablagʻlarini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond aksiyadori (ishtirokchisi) boʻlgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Venchur fondlari ham iqtisodiyotning muayyan sektori (ixtisoslashtirilgan venchur fondlari), ham iqtisodiyotning turli tarmoqlarining (universal venchur fondlari) innovatsion loyihalarini moliyalashtirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Venchur fondi muassislari oʻrtasidagi munosabatlar uni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi bilan tartibga solinadi, u fondni tashkil etish boʻyicha birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari tomonidan qoʻyiladigan talablardan tashqari, venchur fondining ustavida quyidagi qoidalar majburiy tartibda boʻlishi kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fondning investitsion faoliyatiga cheklovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
venchur fondining investitsiya aktivlari boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, u bilan ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish tartibi, zarar yetkazilgan hollarda fond va uning aksiyadorlari oldidagi javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni jalb qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyihalarga investitsiya kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya kiritilgan korxonalardan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividendlarni toʻlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Venchur fondining nomlanishida “venchur fond” soʻzlari boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Venchur fondi boshlangʻich ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda toʻliq shakllantirganidan keyin hamda boshqaruv kompaniyasi bilan fondning investitsiya aktivlarini unga ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilganidan soʻng mablagʻlarni investitsiyaga jalb etish huquqiga ega boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻzaro munosabatlarni tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Investitsiya kompaniyasi, boshqaruv kompaniyasi va malakali investorlar oʻrtasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan doirada shartnoma shartlari taraflar tomonidan mustaqil belgilanishidan, shu jumladan, ularning birgalikdagi faoliyatida yuzaga keladigan nizolarni hal etish shakllari va usullari erkin tanlanishidan kelib chiqib faqat shartnoma asosida tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Investitsiya kompaniyalari ishlab turgan va yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitallaridagi ulushlarni sotib olish, qimmatli qogʻozlarni sotib olish, investitsiyan kompaniyalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarining ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish, koʻchmas mulk va boshqa aktivlarni sotib olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Investitsiya loyihalarini tanlab olish boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan investitsiya strategiyasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ustav kapitalida davlat ulushi, davlat organlari, shuningdek, siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar mavjud boʻlgan yuridik shaxslar boshqaruv kompaniyasi muassislari boʻla olmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalariga, shuningdek, venchur fondlariga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining samarali faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash va oʻrganish maqsadida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining ishtirokisiz mustaqil ravishda olinadigan ochiq maʼlumotlar va axborot asosida, shuningdek, investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganligi uchun investitsiya va boshqaruv kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 09/19/414/3156-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)