20.04.2019 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni tizimli ravishda monitoring qilib borsin, bunda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganib, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar tashkil qilinishida davlat organlari va tashkilotlarga doimiy ravishda amaliy yordam berib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga har olti oyda tahliliy axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 342-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni (keyingi o‘rinlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari deb ataladi) monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash xolislik, oshkoralik va davriylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholashda quyidagilarning bajarilishi holati tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa chora-tadbirlar rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan o‘zining soha faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilish yuzasidan tasdiqlangan targ‘ibot rejalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron portal (keyingi o‘rinlarda — elektron portal) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron portaldan foydalanish uchun har bir davlat organi va tashkilotiga alohida login va parol beriladi. Davlat organi va tashkiloti rahbari elektron portaldan foydalanishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam monitoring qilib boriladi hamda har yili ikki marotaba (yanvar va iyul oylarida) mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan ma’lumotlarini tahlil qilish, zarurat bo‘lganda esa joyiga borib o‘rganish orqali baholanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan chora-tadbirlar rejalarini bajarishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni mazkur tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng darhol elektron portalga kiritib boradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan ma’lumotlari har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar Adliya vazirligi tomonidan puxta tahlil qilinadi hamda o‘tkazilgan tadbirlar samaradorligi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni baholash mezonlariga muvofiq elektron portalda avtomatik tarzda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, adliya organlari vakillari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini uch kun ichida joyiga chiqib o‘rganishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish natijasida ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa, bu haqda Adliya vazirligi kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran bir kun ichida ogohlantiradi hamda monitoring va baholash yakuni bo‘yicha tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan tahliliy axborotda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar beradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron portalda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligini baholash har bir indikator bo‘yicha alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligi muntazam ravishda monitoring qilib boriladi hamda uni takomillashtirib borish choralari ko‘riladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligini baholashda hisobot davri sifatida har yarim yillik faoliyat olinadi va indikator (ko‘rsatkich) o‘zgarishi dinamikasi bo‘yicha tegishli yo‘nalishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish faoliyatiga asoslangan baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Barcha indikatorlarni baholash 4 ta daraja (salbiy yoki past daraja, qoniqarli daraja, o‘rtacha daraja va yuqori daraja) bo‘yicha foiz va sonlar o‘lchovi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalariga ko‘ra salbiy yoki past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar mas’uliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalarini ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilishi va baholash natijasi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan tahliliy axborotdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri mas’ul hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Mas’ul davlat organlari va tashkilotlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni elektron portalga kiritib boradi

Tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng darhol


2-bosqich

Adliya vazirligi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va o‘tkazilgan tadbirlar samaradorligini elektron portalda avtomatik tarzda baholaydi.

Har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar

Zaruratga ko‘ra, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib o‘rganadi.

3 kun ichida

O‘rganish natijasida ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa, bu haqda kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini ogohlantiradi.

Kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran 1 kun ichida


3-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar


4-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha yangi innovatsion uslublarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

baholash natijalariga ko‘ra salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari mas’uliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘radi;

baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi.

Muntazam

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Indikator (ko‘rsatkich)ning nomi

Indikator (ko‘rsatkich)ii baholash metodikasi

O‘lchov birligi, me’yor

Elektron tizimdagi maksimal ball

1.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 yoki 3 ta)

4. Yuqori daraja (4 ta)

4 ta

6

2.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 % gacha)

3. O‘rtacha daraja (31 — 70 % gacha)

4. Yuqori daraja (71% dan yuqori)

(%) o‘qitilishi lozim bo‘lgan xodimlar soniga nisbatan

9

3.

Mahallalarda o‘tkazilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 ta)

3. O‘rtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70 ta)

70 ta

10

4.

Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 29 ta)

3. O‘rtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70)

70 ta

10

5.

Huquqiy qo‘llanmalarning tayyorlanishi va tarqatilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 3 ta)

3. O‘rtacha daraja (4 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 va undan ko‘p)

8 ta

8

6.

Huquqni targ‘ib qilishga doir ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari (flayer, buklet, infografika)ning tayyorlanishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 7 ta)

3. O‘rtacha daraja (8 — 14 ta)

4. Yuqori daraja (15 — 20)

20 xil

5

7.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir multiplikatsion filmlarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan ko‘p)

3 ta

9

8.

Sohaga oid ijtimoiy-huquqiy tusdagi videoroliklar, film va seriallarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. O‘rtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 — 10)

10 ta

10

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilishga doir videoroliklarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. O‘rtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja 8 — 10).

10 ta

10

10.

Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilari

1. Salbiy daraja (kamaysa)

2. Qoniqarli daraja (0% dan 4% gacha)

3. O‘rtacha daraja (5% dan 9% gacha)

4. Yuqori daraja (10% dan yuqori)

(%) o‘tgan baholash davriga nisbatan

5

11.

Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda yangi targ‘ibot turlaridan foydalanganlik darajasi

1. Salbiy daraja (foydalanilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan ko‘p)

3 ta

6

12.

Ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglar

1. Salbiy daraja (amalga oshirilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. O‘rtacha daraja (6 — 9 ta)

4. Yuqori daraja (10 — 12)

12 ta

6

13.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi o‘tkazilgan tadbirlar

1. Salbiy daraja (o‘tkazilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. O‘rtacha daraja (6 — 10 ta)

4. Yuqori daraja (11 — 15)

15 ta

6

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/342/2995-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)