28.02.2019 yildagi PQ-4217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qo‘shilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibiga yagona yondashuvni ta’minlash, harbiy an’analarni mustahkamlash, g‘urur va vatanparvarlik hissini kuchaytirish, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, bo‘linmalarni jangovar-xizmat faoliyatda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishga rag‘batlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va harbiy burchni so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qo‘shilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini (keyingi o‘rinlarda — harbiy bo‘linmalar) davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, harbiy bo‘linmalarga topshiriladigan davlat mukofoti shon-sharaf, jasorat va iftixor ramzi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining har bir harbiy xizmatchisiga Vatani oldidagi uning muqaddas burchi, xalqiga sadoqati, jasorat va qat’iylikni yodiga tushirishga xizmat qiladi, shuningdek, jangovar-xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishganligi uchun harbiy bo‘linmalarni rag‘batlantirishning oliy shakli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, davlat mukofotlari bilan harbiy bo‘linmalar Vatan va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda, tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha operatsiyalarda harbiy burchni bajarishda shaxsiy tarkibning jasorati va xizmati, namoyon etgan qahramonligi, jasorati, qat’iyligi va mardligi, aksilterror operatsiyalardagi ishtiroki, jangovar-xizmat vazifalarni bajarish mobaynida ko‘rsatgan fidoyiligi, jangovar tayyorgarlik va mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini, harbiy ilm-fanni, mamlakatning mudofaa sanoatini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi va yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlashdagi katta yutuqlari uchun taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning mazmun va mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4217-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-fevraldagi PQ-4217-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qo‘shilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini (keyingi o‘rinlarda — harbiy bo‘linmalar) O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat mukofotlari) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Harbiy bo‘linmalar “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, I va II darajali “Shon-sharaf” ordenlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Harbiy bo‘linmalar davlat mukofotlari bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish bo‘yicha janglarda, shu jumladan Davlat chegarasi va davlat manfaatlarini qo‘riqlash va himoya qilishda, tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha operatsiyalar hamda aksilterror operatsiyalar vaqtida harbiy burchni ado etishda harbiy bo‘linma ko‘rsatgan qahramonligi va xizmatlari;

jangovar harakatlar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar yoki ommaviy tartibsizliklar davomida insonlarni qutqarish vaqtida harbiy bo‘linmaning shaxsiy tarkibi ko‘rsatgan ommaviy qahramonligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar-xizmat vazifalarini bajarish mobaynida shaxsiy tarkib ko‘rsatgan mardligi va fidoyiligi, jangovar tayyorgarlikdagi yuqori ko‘rsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa salohiyati va milliy xavfsizlikni mustahkamlash ishida, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasida huquq-tartibotni ta’minlashdagi ulkan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uning nufuzini xalqaro darajada oshirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning harbiy ilm-fani, mudofaa sanoatini rivojlantirish, shuningdek, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorlar harbiy xizmat ko‘zda tutilgan vazirlik va idoralar (keyingi o‘rinlarda — vazirliklar) rahbarlarining taqdimnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bo‘ysunuvchi harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi tashabbus bilan chiqish vazirliklar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, birlashmalar komandirlari (qo‘mondonlari)ga va ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar davlat mukofotiga taqdim qilinadigan harbiy bo‘linmalarning jangovar-xizmat faoliyatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajali jangovar shaylik, qo‘shinlar tayyorgarligi hamda samarali boshqaruv faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori kasbiy tayyorlanganlik va harbiy bo‘linmalar harakatining hamjihatligi, shuningdek, jang va turli operatsiyalarni tashkillashtirish hamda olib borish mobaynida shaxsiy tarkibning mahorati va ko‘nikmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tuzumini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash vazifalarini birgalikda bajarish masalalarini vazirlik va idoralarning bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda sifatli tashkillashtirish va ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar vaziyatda, tabiiy ofatlar yoki boshqa hollarda odamlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga oid harakatlar tezkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash, mamlakatning harbiy ilm-fani va mudofaa sanoatini rivojlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va harbiy burchni so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan oldidagi harbiy burchni bajarish vaqtida harbiy bo‘linmalarning shaxsiy tarkibi ko‘rsatgan qahramonligi, vatanparvarligi, mardligi va qat’iyligi, shuningdek, mustahkam harbiy intizom va sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Harbiy bo‘linmani davlat mukofoti bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, tarkibiga taqdirlashga tavsiya qilinadigan harbiy bo‘linma kiruvchi vazirlik rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra, mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik rahbarining taqdimnomasiga taqdirlanadigan harbiy bo‘linma to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotnoma va harbiy bo‘linma faoliyatini xolisona baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdimnomada harbiy bo‘linma to‘g‘risida qisqacha axborot aks ettiriladi, tegishli davlat mukofoti taklif etilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish bo‘yicha janglarda, shu jumladan Davlat chegarasi va davlat manfaatlarini qo‘riqlash va himoya qilishda, tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha operatsiyalar hamda aksilterror operatsiyalar vaqtida harbiy burchni ado etishda harbiy bo‘linma ko‘rsatgan qahramonligi va xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘nggi uch yil davomida (tinchlik davrida) shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarlikdagi muvaffaqiyatlari hamda mudofaa salohiyati va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, harbiy bo‘linmaning jangovar shayligini saqlash, shuningdek, jamoat huquq-tartibotini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni bajarishdagi boshqa ulkan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash, mamlakatning harbiy ilm-fani va mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasining ta’rifi keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnoma vazirlikning rasmiy blankida rasmiylashtiriladi va uning rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Harbiy bo‘linmaning tarixiy ma’lumotnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy bo‘linmaning nomi va vazifasi, uning tuzilishi, qayta tuzilishi va rivojlanish tarixi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibning yurishlar, janglar va operatsiyalardagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, shuningdek, harbiy intizom holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy bo‘linma va shaxsiy tarkibning mukofotlari va ko‘rsatgan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy bo‘linma qo‘mondonligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy bo‘linmaning muhim sanalari, bayram va yubileylari, shuningdek, uning hayoti va jangovar-xizmat faoliyatidagi boshqa eng ahamiyatli voqealar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy bo‘linma joylashgan joyi va bo‘ysunuvining o‘zgarishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy bo‘linmani taqdirlash haqidagi iltimosnoma instansiya bo‘yicha tegishli vazirlik rahbariga yuboriladi, u bir oy muddatda iltimosnomani qo‘llab-quvvatlaydi yoki rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik rahbari harbiy bo‘linmani davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi iltimosnomani qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni tarkibi har yili u tomonidan belgilanadigan maxsus idoraviy komissiyaning xulosalariga asosan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Harbiy bo‘linmani davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi iltimosnoma vazirlik rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, materiallar ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Harbiy bo‘linmani davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi materiallar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatida ko‘rib chiqilgandan so‘ng, kelishish uchun o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Harbiy bo‘linmaga davlat mukofotini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki uning ko‘rsatmasiga binoan shunday vakolat berilgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mukofotlaridan foydalanish va saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan harbiy bo‘linmalar o‘z nomlanishlarida ular taqdirlangan davlat mukofotlarining nomlaridan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning bayrog‘iga ushbu harbiy bo‘linma taqdirlangan orden va medallar hamda ana shu davlat mukofotlarining lentalari qadab ko‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning bayrog‘iga qadab qo‘yiladigan davlat mukofoti lentasining eni 10 sm, lentaning bant bilan birgalikdagi uzunligi — 260 sm, popuk (bubon)lar — 20 sm dan, bantning uzunligi — 25 sm.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-23-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2025-y., 06/25/23/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Harbiy bo‘linma taqdirlangan orden va medallar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ketma-ketlikda vazirlik bayrog‘ining old tomoniga qadaladi. Birinchi davlat mukofoti bayroq matosining yuqori chekkasidan 10 sm pastda, dastasidan 4 sm masofada qadaladi, qolgan davlat mukofotlari dasta bo‘ylab yuqoridan pastga birin-ketin 5 sm oralig‘ida qadaladi. Davlat mukofotlarini vazirlik bayrog‘iga qadash uchun matoga orden yoki medal o‘lchami bo‘yicha maxsus ipak astarlar tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy bo‘linma taqdirlangan orden va medallarning lentalari vazirlik bayrog‘ining metall uchiga qadab qo‘yiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-23-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2025-y., 06/25/23/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Harbiy bo‘linma taqdirlangan orden va medallar tinchlik va urush davrining barcha sharoitlarida vazirlik bayrog‘i bilan birga saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari harbiy bo‘linmalarda belgilangan tartibda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik bayrog‘ining matosini ta’mirlash zarurati tug‘ilganida orden va medallar vaqtinchalik harbiy bo‘linma shtabining maxfiy-rejim organiga topshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-23-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2025-y., 06/25/23/0168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Harbiy bo‘linma qayta tuzilganida (tugatilganda) harbiy bo‘linmaga davlat mukofotini berish (topshirish) tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bir harbiy bo‘linma boshqa harbiy bo‘linma sifatida qayta tuzilganida davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari yangi tuzilgan harbiy bo‘linma ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir harbiy bo‘linma ikki va undan ortiq harbiy bo‘linmalarga qayta tuzilganida davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari maxsus idoraviy komissiyaning qaroriga asosan yangi tuziladigan harbiy bo‘linmalardan birining ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki va undan ortiq harbiy bo‘linmalar birlashtirilib bitta harbiy bo‘linma qayta tuzilganida ushbu harbiy bo‘linmalarning davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari yangi tuzilgan harbiy bo‘linma ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Harbiy bo‘linma tugatilganda ushbu harbiy bo‘linma taqdirlangan davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari maxsus idoraviy komissiyaning qaroriga muvofiq doimiy saqlash uchun taalluqliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyiga yoki harbiy xizmat ko‘zda tutilgan vazirlik va idoralarning boshqa muzeylariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Harbiy bo‘linmalarda asosiy tantanali tarixiy voqealarning, shu jumladan davlat mukofotlari bilan taqdirlashlarning hisobini yuritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasining bir xil orden, medal va Faxriy yorlig‘i bilan takroran taqdirlashga yo‘l qo‘yilmaydi, darajalarga ega bo‘lgan davlat mukofotlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Darajalarga ega bo‘lgan davlat mukofotlari bilan taqdirlash ketma-ketlikda — quyi darajadan yuqori darajaga qarab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Harbiy bo‘linma harbiy xizmatchilari harbiy bo‘linma taqdirlangan davlat mukofotlarining butligini ta’minlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishga majburlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy bo‘linma taqdirlangan davlat mukofoti yo‘qolgan taqdirda qonunchilikka muvofiq xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat mukofotining yo‘qolishi va shikastlanishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy bo‘linmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI