Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2019 16.04.2019 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda ma’muriy reglament deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YIDXPga ulanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 16-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
319-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-son qaroriga
1-ILOVA

Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Ma’muriy reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan attestatsiya o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Ma’muriy reglamentga 1-ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchining o‘zi ushbu Ma’muriy reglamentning 2-ilovasiga asosan, tegishli sport turi faoliyatini tanlagan holda tegishli shakldagi arizalardan birini to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi sportning ikkinchi va undan ko‘proq turi bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda arizada ko‘rsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ariza beruvchi sport turi bo‘yicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan taqdirda sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun bu haqda arizada ko‘rsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 8 oy mobaynida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza to‘ldirilgandan so‘ng arizachi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda arizani ERIsi bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Arizaning to‘g‘riligi va haqiqiyligi bo‘yicha barcha javobgarlik ariza beruvchining zimmasida bo‘ladi, bundan arizalarga ilova qilinayotgan tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun quyidagi yig‘imlar undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun — to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Ma’muriy reglamentning 7-bandida ko‘zda tutilgan hollarda to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar attestatsiyadan o‘tmasdan va attestatsiyadan o‘tganlik uchun haq to‘lamasdan trenerlik faoliyati bilan muddatsiz shug‘ullanishga ruxsatnoma oladilar. Davlat unvonlari va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar sport turi bo‘yicha tegishli respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi bo‘yicha Komissiyaning qarori bilan attestatsiyadan o‘tishdan va attestatsiya o‘tkazilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur Ma’muriy reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan yig‘imlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yig‘im summalari quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazish uchun yig‘im to‘liq miqdorda vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining yo‘naltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va bo‘shaydigan mablag‘lar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bundan murojaat taqdim etilgan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni rad etgan taqdirda uning arizasi ko‘rib chiqilmaydi. Bunda arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi belgilangan attestatsiyaning birinchi bosqichiga qadar attestatsiyadan o‘tishdan voz kechsa, attestatsiyadan o‘tkazish uchun to‘langan yig‘im summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan to‘liqligicha vakolatli organ tomonidan arizachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi boschqichlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan holatda yig‘imlar summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchi ma’lumotlarni tekshirib, arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlagandan so‘ng, Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan yuborilgan ariza va ilova qilingan hujjatlar nusxalarini olib, 10 ish kunida attestatsiyaning birinchi bosqichi o‘tadigan sana va joy to‘g‘risida yoki attestatsiyadan o‘tkazishning rad etilishi haqida qaror qabul qiladi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud o‘zi o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyaning birinchi bosqichini 20 ish kuni mobaynida o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyaning birinchi bosqichidan ijobiy o‘tgan ariza beruvchilarning hujjatlarini 3 ish kunida tegishli sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarga) yuboradi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud o‘zi o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlari 15 ish kunidan oshmaydigan muddatda attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ariza beruvchilarni belgilangan sport turlaridan nazariy va amaliy bilimlari bo‘yicha attetatsiyaning ikkinchi bosqichini o‘tkazadi va sinov yakunlari bo‘yicha xulosani vakolatli organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ 5 ish kunida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlari bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqadi va trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga kiritadi va Komissiya qarorini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar ruxsatnoma berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi bosqichlaridan o‘ta olmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng vakolatli organ 3 ish kunida ruxsatnomani yoki asoslantirilgan rad javobini rasmiylashtirgan kuni ularni ERIsi bilan tasdiqlaydi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida muhrini bosib, mas’ul xodimning imzosini qo‘yib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Ma’muriy reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Ma’muriy reglamentning 10 va 12-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Ma’muriy reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-ShAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Trener-instruktor faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud bo‘lsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumot:

Ha yoki yo‘q*

6. Ariza beruvchining sport turi

Sport turlari ro‘yxati**

7. Sportning ikkinchi va undan ko‘proq turi bo‘yicha ruxsatnoma olish

Ha yoki yo‘q

8. Sport turi bo‘yicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish

Ha yoki yo‘q

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining ma’lumotnomalari

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
__________________________imzosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* zarurat bo‘lgan taqdirda hujjatlar o‘rganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.

** futbol bo‘yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish to‘g‘risidagi taqdimnomasi.

*** ushbu hujjat faqat umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun trener-instruktorlik ruxsatnomasini olish uchun talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-ShAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Trener-o‘qituvchi faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud bo‘lsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumot:

Ha yoki yo‘q*

6. Ariza beruvchining sport turi:

Sport turlari ro‘yxati**

7. Sportning ikkinchi va undan ko‘proq turi bo‘yicha ruxsatnoma olish:

Ha yoki yo‘q

8. Sport turi bo‘yicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish :

Ha yoki yo‘q

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining ma’lumotnomalari

2. Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy jismoniy tarbiya ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
___________________________imzosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* zarurat bo‘lgan taqdirda hujjatlar o‘rganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** futbol bo‘yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish to‘g‘risidagi taqdimnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lishi talab etilmaydigan sport turlari uchun oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

3-ShAKL

________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport turi bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud bo‘lsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumot:

Ha yoki yo‘q*

6. Ariza beruvchining sport turi

Sport turlari ro‘yxati**

7. Sportning ikkinchi va undan ko‘proq turi bo‘yicha ruxsatnoma olish

Ha yoki yo‘q

8. Sport turi bo‘yicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish

Ha yoki yo‘q

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining ma’lumotnomalari

2. Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy jismoniy tarbiya ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
_______________imzosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* zarurat bo‘lgan taqdirda hujjatlar o‘rganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** futbol bo‘yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish to‘g‘risidagi taqdimnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lishi talab etilmaydigan sport turlari uchun oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 13-bandning sakkizinchi xatboshisidan “, shuningdek ularning dublikatlarini beradi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 17 — 19-bandlar, 20-bandning birinchi xatboshisi, 22 va 33-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 371-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“371. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining g‘olib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 373-bandning uchinchi xatboshisi va 375-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)