09.04.2019 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-band) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 293-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 8-bandning toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshta xatboshi shaklida bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan yuqori likvidli tovarlarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1% miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,05 %;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,03 %;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,02 %.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Moliya vazirligi birjalar va ularning aʼzolari tomonidan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlariga rioya etilishini nazorat qilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 9-banddagi “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/293/2916-son)