1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-sonli “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash, muddatli harbiy xizmatni oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, chaqiriluvchilarni tanlab olishda shaffoflik, oshkoralik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 3-son, 13-modda) 2-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarni aloqador vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvallarga muvofiq test sinovlaridan oʻtkazish yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan tarkibda tuman (shahar) hokimining qarori bilan tuziladigan Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashi (keyingi oʻrinlarda Tanlov kengashi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov kengashi chaqiriluvchilarni tanlab olish maqsadida chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish, ularning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish tadbirlarini tashkil qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish joylari tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov kengashi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirilishi uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chaqiriluvchilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash — umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda suhbat oʻtkazish — Oʻzbekiston tarixi, Amir Temur (tuzuklari) va boshqa ulugʻ ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda chaqiriluvchilar kuch, tezlik va chidamlilikni aniqlovchi normativlarni topshiradilar.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda suhbat jarayonida chaqiriluvchilarning mahalla va jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy ahvoli, obroʻ-eʼtibori, yurish-turishi, qiziqishlari, Oʻzbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari aniqlanadi, shuningdek, umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki ularning muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya beriladi yoki tavsiya berilmaydi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga chaqirish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, sogʻligining holati boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash istagida boʻlgan chaqiriluvchilar yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovning shaffofligini bevosita kuzatib borish uchun mazkur jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga va yakka tartibda suhbatga chaqiriluvchilar roʻyxat asosida fuqarolik pasporti bilan kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov natijalari Tanlov kengashi tomonidan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovni oʻtkazish jarayonida tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlari, zarur hollarda jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovga jalb etiladigan Tanlov kengashi aʼzolarining ish joyi, lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqiruv tadbirlari uchun ajratiladigan mahalliy budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirishda dastlab chaqiriluvchilarga umumjismoniy tayyorgarlikni baholash uchun Tanlov kengashi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar (tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi, chaqiriluvchilar ota-onalari orasidan boʻlgan vakillar) tomonidan normativlarni bajarish boʻyicha belgilangan talablar, mezonlar va ularni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turnikda tortilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 metrga yugurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3000 metrga yugurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) turnikda tortilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 marotaba va undan koʻp tortilganda — 5 (aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-11 marotaba tortilganda — 4 (yaxshi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-9 marotaba tortilganda — 3 (qoniqarli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — 2 (qoniqarsiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 100 metrga yugurish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — 5 (aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — 2 (qoniqarsiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda bitta 2 (qoniqarsiz) baho olgan chaqiriluvchi umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan chaqiriluvchilarga normativlarni takroran topshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirgan chaqiriluvchilarga baholar qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Mazkur baholar qaydnomasida chaqiriluvchilar tomonidan bajarilgan normativlar va ularga qoʻyilgan baholar qayd etiladi. Baholar qaydnomasi Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan imzolanib, qoʻyilgan baholar bilan tanishganliklari yuzasidan chaqiriluvchilar tomonidan ham imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirmagan chaqiriluvchilar yakka tartibda suhbat oʻtkazish tadbirlariga qoʻyilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yakka tartibda suhbat jarayonining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash, uni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib borish uchun ota-onalarga sharoit yaratib berish maqsadida yakka tartibda suhbat oʻtkazish xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish xonasini tayyorlash uchun mudofaa ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshligʻi shaxsan masʼul hisoblanadi. Yakka tartibda suhbat, zaruratga koʻra, tuman (shahar) chaqiruv uchastkasining maʼnaviyat va maʼrifat xonasidan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yakka tartibda suhbat chaqiriluvchining harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka yoki muddatli harbiy xizmatga borish sababini, yetakchilik fazilatlari, aqliy qobiliyati va boshqa muhim professional xususiyatlarini aniqlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari asosida oʻtkaziladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yakka tartibda suhbat kollegial prinsip boʻyicha Tanlov kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yakka tartibda suhbatdan oʻtayotgan chaqiriluvchining shaxsiy hujjatlar jildi, umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalarining baholar qaydnomalari Tanlov kengashi aʼzolariga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi chaqiriluvchini harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etadi yoki tavsiya etmaydi. Tavsiya mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Chaqiriluvchining harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan Tanlov kengashi tomonidan qabul qilingan qaror qaydnoma kitobiga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq tavsiya rasmiylashtiriladi. Mazkur tavsiya Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan imzolanib, qabul qilingan qaror bilan tanishganligi toʻgʻrisida chaqiriluvchi tomonidan ham imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va hududiy boʻlinmalarining tanlovni oʻtkazish jarayonidagi vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tanlov tadbirlarini oʻz vaqtida, xolisona va shaffof oʻtkazilishiga amaliy yordam koʻrsatadi;
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha harbiy okrug shtablari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga taqdim etish uchun umumlashtiradi;
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi tanlov tadbirlarining sifatli tashkil etilganligi va tegishli darajada oʻtkazilayotganligini oʻrganadi, bu borada ularga amaliy yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Harbiy okrug shtablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning 25-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlab olish tadbirlari jarayonini bevosita joylarga borib oʻrganadi, amaliy yordam koʻrsatadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 28 sanasiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mudofaa ishlari boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning 1-avgustiga qadar shahar va tumanlarda “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyat hokimlarining qarori loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning 1-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tanlovga oid buyrugʻini tayyorlaydi. Mazkur buyruq bilan tanlov rejasini hamda boshqarma harbiy xizmatchilari orasidan masʼul shaxslar tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning 10-avgustiga qadar tanlov tadbirlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslar bilan seminar mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning avgust oyidan boshlab har oyda shahar va tumanlarda oʻtkazilayotgan tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan chaqiruv resurslarini oʻrganish natijalari, tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini umumlashtirib, yilning 15-avgustiga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etadi;
(50-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda tanlovning oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etadi va amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 25 sanasiga qadar tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni harbiy okrug shtabiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning 1-iyulidan 30-iyuliga qadar chaqiruv resursini toʻliq oʻrganadi, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarni topshirish uchun tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining loyihasini ishlab chiqadi va yilning 1-avgustiga qadar tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi. Qarorda mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan tarzda Tanlov kengashi tarkibi, tanlov oʻtkazish rejasi va umumjismoniy tayyorgarlik normativlari oʻtkaziladigan taʼlim muassasalari roʻyxati, chaqiriluvchilar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish joyi belgilanadi;
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning avgust oyidan boshlab har oyda tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish tartibi, vaqti va joyi haqidagi eslatmani tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi hududida fuqarolarga koʻrinish uchun qulay joylarga, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolari va aholi gavjum boʻlgan boshqa joylarga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish uchun Tanlov kengashiga taqdim etadi;
(51-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
(51-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda roʻyxatdagi chaqiriluvchilarning toʻliq ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning yakuniy natijalarini tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimining fuqarolarga koʻrinishi qulay boʻlgan joylariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Apellyatsiya murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari vakillaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi tanlov natijasi eʼlon qilingandan keyin uch ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ikki ish kuni ichida chaqiriluvchi ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi hamda bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma chaqiriluvchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan chaqiriluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Tanlov natijalariga oid hujjatlar 2 yil davomida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarida saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Tanlov kengashi raisi — tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi.
(birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov kengashi aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi vakili;
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashi vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiruv resurslari va chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish
mudofaa ishlari boʻlimi
1-iyuldan 30-iyulgacha
2-bosqich
Tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorini qabul qilish
mudofaa ishlari boʻlimi, tuman (shahar) hokimligi
Har yili 1-avgustgacha
3-bosqich
Harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzish
mudofaa ishlari boʻlimi
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida
4-bosqich
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
Tanlov kengashi aʼzolari
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida
5-bosqich
Yakka tartibda suhbat oʻtkazish
Tanlov kengashi aʼzolari
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida grafik asosida
6-bosqich
1.Yakka tartibda suhbat natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarni:
harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etishga tavsiya etish;
muddatli harbiy xizmatga chaqirishga tavsiya etish.
2. Natijalarni chaqiruv komissiyasiga yuborish
Tanlov kengashi
1.Yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kuni
2.Tanlov tadbirlari yakunlangandan soʻng 3 kun ichida
7-bosqich
Chaqiruv komissiyasi tomonidan Tanlov kengashi tavsiyasiga asosan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilish
Chaqiruv komissiyasi
1-martdan 30-aprelgacha
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha TAVSIYA
Chaqiriluvchi
_______________________________________________
(F.I.O.)
Tugʻilgan yili:
_____________________________________
Topshirish sanasi: 20__ yil “___” ___________
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoʻyilgan baho
Turnikda tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
Umumiy baho
marotaba
baho
soniya
baho
daqiqa
baho
Tanlov kengashining yakuniy qarori:
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish (yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish) uchun tavsiya etiladi (yoki tavsiya etilmaydi).
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/291/2913-son; 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)