05.04.2019 yildagi F-5464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-1996-yillarda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi “oʻtish davri”ning keng koʻlamli oʻzgarishlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishda muhim rol oʻynadi va mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining yangi bosqichi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk kafolatlarini himoya qilishni kuchaytirish, tadbirkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Real bozor iqtisodiyoti va ilgʻor xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladigan zamonaviy fuqarolik qonunchiligini shakllantirmasdan turib ushbu vazifalarga erishib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik-huquqiy tartibga solishning eng muhim qoidalarini belgilovchi kodifikatsiya qilingan qonun hujjati boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi fuqarolik qonunchiligi hujjatlari tizimida markaziy oʻrinni egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi boʻyicha oʻtkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksida, avvalambor, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, xalqaro reytinglarda mamlakat oʻrnini yaxshilashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy kamchilik va boʻshliqlarni aniqlashga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik qonunchiligini bozor iqtisodiyoti tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zamonaviy fuqarolik-huquqiy asos yaratish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligini yanada takomillashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, ularning eng namunali xorijiy amaliyotlar bilan uygʻunligini taʼminlash, shuningdek, ushbu sohada ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy va fuqarolik huquq normalarini aniq chegaralash, iqtisodiyotni boshqarishda maʼmuriy-buyruqbozlik tamoyillariga asoslangan, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va eskirib qolgan qoidalarni chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sherikligi, klasterlik ishlab chiqarishi, elektron tijorat, kripto-valyuta aylanmasi, yer uchastkalarini xususiylashtirish, ulushli qurilish va boshqa zamonaviy fuqarolik-huquqiy institutlar va iqtisodiy munosabatlar shakllarini huquqiy tartibga solishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoralararo komissiya (Davletov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda fuqarolik huquqi sohasidagi yetakchi mutaxassislar orasidan fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruhlarni tashkil etsin va ularning ish rejalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasini va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish faoliyatiga xalqaro tashkilotlarning ekspert-texnik va moliyaviy koʻmagini jalb etish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bir oy muddatda fuqarolik huquqi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, jumladan xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etishni, vakolatli organlar va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2020-yil 1-aprelga qadar yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fuqarolik qonunchiligini yanada takomillashtirishning yoʻnalishlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini keng muhokama qilish maqsadida ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarining tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo komissiya rahbariga mazkur farmoyishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, respublikaning ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, masʼul vazirlik va idoralar ushbu farmoyishda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va amaliy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-5464-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F-5464-sonli farmoyishiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsepsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk kafolatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish boʻyicha birinchi darajali maqsad va vazifalar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kodifikatsiya qilingan qonun hisoblanadigan va fuqarolik-huquqiy tartibga solishning eng muhim qoidalarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (keyingi oʻrinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) fuqarolik qonunchiligi hujjatlari tizimida markaziy oʻrinni egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-1996-yillarda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi “oʻtish davri”ning keng koʻlamli oʻzgarishlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishda muhim rol oʻynadi va mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksining amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligini koʻrsatmoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, Fuqarolik kodeksida eskirgan huquqiy institutlar, shuningdek bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar huquqiy tizimida mavjud boʻlmagan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli saqlanib qolgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, “tijorat tavakkalchiligi”, “xoʻjalik yurituvchi subyektlar tengligi”, “adolatli kompensatsiya”, “shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish” kabi anʼanaviy fuqarolik-huquqiy institutlar mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, zamonaviy bozor sharoitlarida talab etiladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar va munosabatlarning alohida shakllari, shu jumladan, davlat-xususiy sherikligi, dilerlik shartnomasi, ulushli quruvchilik, klaster ishlab chiqarish, elektron tijorat, kripto-valyuta aylanmasi, yer uchastkasini xususiylashtirish va boshqalarni tartibga solish nazarda tutilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, Fuqarolik kodeksida koʻp miqdordagi havolaki normalarning (80 ga yaqin) mavjudligi kodeksning toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi hujjatga aylanishiga toʻsqinlik qilmoqda va uning fuqarolik- huquqiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi maqomini pasaytirmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, bir-biriga oʻxshash va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi qoidalar aralashmasidan tashkil topgan yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining koʻpligi (masalan, qonunchilikda xususiy korxona va unitar korxona tarkibiga boshqa ishtirokchilarning kirishi nazarda tutilmaganligi, ularning investitsiya jalb qila olmasliklariga sabab boʻladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik huquqi institutlariga taalluqli boʻlmagan ommaviy huquq normalari, xususiy mulk va shartnomaviy munosabatlariga oid asoslanmagan miqdordagi cheklovlar mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarini tartibga soluvchi qoidalar deyarli mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga erishish, shuningdek fuqarolik qonunchiligini bozor iqtisodiyoti va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Fuqarolik qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish va tizimlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik qonunchiligini unifikatsiya qilish va tizimlashtirish maqsadida uni inventarizatsiyadan oʻtkazish, shuningdek xalqaro standartlar talablariga va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarga muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolik kodeksi va boshqa fuqarolik qonun hujjatlaridagi atama va tushunchalarning huquqiy maʼnolarini ularni aniq taʼriflash va bir xilda qoʻllash orqali takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turlicha sharhlanadigan yoki amaliyotda qoʻllanilishi masalasida tushuntirishlarni talab qiladigan normalarni chiqarib tashlash yoki ularni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik kodeksi va boshqa fuqarolik qonun hujjatlarining toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishi uchun ulardagi havolaki normalarni qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga toʻsqinlik qiluvchi fuqarolik qonunchiligidagi huquqiy boʻshliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy fuqarolik-huquqiy institutlarni takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamiyat va xalqaro standartlarning axloqiy prinsip va maʼnaviy meʼyorlari (“halollik”, “adolat”, “oqillik” va boshqa prinsiplar)ni inobatga olgan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarning amaldagi prinsiplarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kodeksga fuqarolik qonunchiligining muhim tushuncha va institutlarini belgilash borasidagi asosiy hujjat maqomini berish maqsadida mavjud tushuncha (atama)larni qayta koʻrib chiqish va yangilarini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik huquqi va fuqarolik majburiyatlarini vijdonan va munosib amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan chora va vositalarni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼnaviy, moddiy zarar va ziyonlarni hisoblash tartibini joriy etish yoʻli bilan fuqarolik qonunchiligining kompensatorlik funksiyasini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini optimallashtirish, bir-biriga oʻxshash, shuningdek bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllarni tugatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishonchnomaning majburiy yozma shakli va uning amal qilish muddatini cheklash va boshqalarni qayta koʻrib chiqqan holda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish orqali vakillik institutini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mulkdor huquqlarini kengaytirish yoʻli bilan ashyoviy huquqlar institutini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Majburiyat huquqini takomillashtirish, jumladan majburiyatlarning vujudga kelish asoslarining toʻliq roʻyxatini aniqlash va majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi masalalarini tartibga soluvchi normalarni modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurta, jumladan oʻzaro sugʻurtalash (mulkni va boshqa mulkiy manfaatlarni oʻzarolik asosida sugʻurta qilish) institutining rivojlanishi uchun ixtiyoriy badallar investitsiyasidan doimiy daromad olishni nazarda tutuvchi shart-sharoitlarni yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasi va meros shartnomasiga oid qoidalarni kiritish, meros qoldiruvchi va merosxoʻr kreditorlarining himoyasini kuchaytirish, merosni qabul qilib olish muddatlarini belgilash yoʻli bilan meros huquqini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalqaro xususiy huquq normalarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan turli mamlakatlar huquqlarini muqobil qoʻllash prinsipini mustahkamlash, majburiyat mazmunini tartibga soluvchi huquqqa havola sifatida qoʻshimcha muqobil kollizion bogʻlanishni koʻllash, kollizion tartibga solishni nazarda tutgan shartnomadan tashqari majburiyatlar doirasini aniqlash imkoniyatini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulk shakllarini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, yerga boʻlgan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek insofli egallovchi huquqlarini himoya qilish tartibini takomillashtirish yoʻli bilan xususiy mulk himoyasining samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimlar institutini takomillashtirish, jumladan bitimlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish va notarial tasdiqlashni, bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari va holatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi normalarni qayta koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning sifat jihatdan yangi mexanizmlarini joriy qilish, shu jumladan shartnoma turlarini optimallashtirish, dastlabki shartnoma institutini rivojlantirish, shartnoma tuzish erkinligini kengaytirish, shartnomaviy munosabatlarning barqarorligini taʼminlash, shartnomaviy munosabatlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korporativ munosabatlarni fuqarolik kodeksining tartibga solish predmeti doirasiga kiritish, jumladan, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining oʻziga xosliklarini belgilash, korporativ hujjat kuchiga ega va uchinchi shaxslar uchun majburiy boʻlgan “korporativ shartnoma”ni joriy qilish, teng aksiyalar paketi egalari jamiyat faoliyatini izdan chiqarganida korporativ tanglik vaziyatidan chiqib ketish mexanizmlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kreditor va qarzdorlar huquqlarining ishonchli kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar kreditorlari huquqlarining real kafolatlari roʻyxatini va ular amal qilishining huquqiy mexanizmlarini belgilash, majburiyatlarni bajarish institutini qayta koʻrib chiqish, shuningdek kreditor talablarini qanoatlantirish ketma-ketligini aniq belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy tijorat tashkilotlari filiallarining huquqiy maqomini kuchaytirish va huquqlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Zamonaviy sharoitlarda talab yuqori boʻlgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning innovatsion shakllari va taomillarini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qoʻllashning huquqiy asoslarini shakllantirish, xususan, kripto-aktivlar, shu jumladan mayning aylanmasini rivojlantirish, shaxsi koʻrsatilmagan maʼlumotlarning sezilarli massivlarini (“big data”) yigʻish va qayta ishlashni huquqiy tartibga solish, elektron tijoratdan foydalanish, elektron maydonchalar orqali xaridlarni amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Istalgan manfaatdor shaxslarga ishtirok etish huquqi taqdim etilgan holda yuridik shaxslar faoliyati bilan bogʻliq qarorlar boʻyicha jamoaviy nizolashish tartibini takomillashtirish. Yuridik shaxs direktorining fidutsiar majburiyatlari institutini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Garov munosabatlari haqidagi normalarni rivojlantirish, jumladan taʼminlash choralarini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, hamkorlikda garovni oluvchilar, garov agenti, fakultativ va muqobil majburiyatlar institutlarini kiritish, yoʻl qoʻyiladigan maqbul taʼminlovchi aktivlarning aniq toifasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Erkin iqtisodiy zonalar hududida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa alohida hududlarida xorijiy huquqning eksterritorial qoʻllanilishi tartibini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shaxslar tasviri, ularning shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy manfaatlarining ishonchli fuqarolik-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik qonunchiligining takomillashtirilishi, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahrirda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi quyidagilarga imkon beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni yanada liberallashtirishning huquqiy asoslarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorlar huquqlari himoyasining kuchaytirilishi va iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan boshqa vazifalarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F-5464-son farmoyishiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha Idoralararo komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Idoralararo komissiya rahbari

2.

M.X. Raxmankulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo komissiya rahbarining oʻrinbosari

3.

Sh.F. O�odzoda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

4.

A.X. Saidov

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

5.

N.D. Toychiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari

6.

N.S. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

7.

E.S. Kanyazov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

8.

X.I. Isoqov

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori

9.

R.R. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori

10.

U.Sh. Xolov

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi raisi

11.

O. Okyulov

Toshkent davlat yuridik universitetining professori

12.

Sh.M. Asyanov

Huquqiy muammolar tadqiqoti markazi direktori

13.

R. Knipper

Germaniyaning Bremen universiteti professori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Idoralararo komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2019-y., 08/19/5464/2891-son)