1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-bandchning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda tasdiqlanishini, Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini o‘n kun muddatda ta’minlasinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma, arxiv hujjatlaridan nusxalar, mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar va arxiv ma’lumotlarini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelgan holda murojaat etadi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza beruvchi davlat xizmatlari olish uchun so‘rovnomani elektron tarzda mustaqil ravishda, platformada joylashtirilgan ma’lumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan so‘rovnomaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi.
(5 va 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. So‘rovnomaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda — ishonchnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda — marhumning o‘limi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda hujjatlarning asli talab etilmaydi. Bunda ushbu ma’lumotlar idoraviy notarial arxiv xodimlari tomonidan so‘rov yuborish va idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, shuningdek tegishli hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. So‘rovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. So‘rovnoma tushgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan quyidagi muddatlar mobaynida arxiv hujjatini berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 5 ish kuni mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma-so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 2 ish kuni mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar — so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 2 ish kuni mobaynida;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) arxiv ma’lumotnomalari — so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ arxiv hujjatini berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda 10 daqiqa mobaynida Davlat xizmatlari markaziga arxiv hujjatlarini berish uchun to‘lanadigan to‘lov summasini ko‘rsatgan holda elektron tarzda xabarnoma va arxiv hujjatlarini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP orqali murojaat qilinganda xabarnoma ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arxiv hujjatlarini berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida.
(14-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gerbli (maxsus) blankalarda notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatlari berilganda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlash axborot — kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. To‘lov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma tushganidan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. YIDXP orqali murojaat qilinganda arxiv hujjati elektron shaklda vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining elektron pochtasiga yuboriladi. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari ariza beruvchining talabiga ko‘ra qog‘oz shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arxiv hujjatlari notarial arxivda mavjud bo‘lmasa, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilmasa, davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olgan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Arxiv hujjatlarini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish.
2. Belgilangan to‘lovni amalga oshirish.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani vakolatli organga yuborish.
10 daqiqada
3-bosqich
Vakolatli organ
Arxiv hujjatini rasmiylashtirish, uni o‘zining ERIsi bilan tasdiqlash va murojaatni qabul qilish manbasidan kelib chiqib, tegishliligi bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborish.
Reglamentda belgilangan tartibda
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Arxiv hujjatini berish haqida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ariza beruvchini xabardor qilish.
2. Ariza beruvchiga uning so‘roviga asosan elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida o‘zining muhrini bosgan holda berish.
10 daqiqada
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________________(sana)
________________ (t/r)
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqida ma’lumot:
1. Familiyasi (hamma o‘zgartirishlar ko‘rsatilgan holda):
2. Ismi (hamma o‘zgartirishlar ko‘rsatilgan holda):
3. Otasining ismi (hamma o‘zgartirishlar ko‘rsatilgan holda):
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud bo‘lganda):
5. Jinsi:
6. Yashash manzili:
7. Telefon raqami:
8. Ariza beruvchi nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi uchinchi shaxs haqidagi ma’lumot
9. Notarial idora:
10. Hujjat tasdiqlangan sana:
11. Notarial harakatning reyestr raqami:
12. Notarial harakat turi:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi:
2. Ishonchnoma nusxasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda):
3. Qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar (marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda):
4. Vasiyatnoma va o‘lim haqida guvohnoma (ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lgan taqdirda):
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qaroriga 5-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bandning birinchi xatboshisidagi “FHDY organida” so‘zlari “FHDY organi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-banddagi “FHDY organi tomonidan” so‘zlari “FHDY organi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-banddagi “FHDY organi tomonidan” so‘zlari “FHDY organi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali” so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/134/2621-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son; 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)