15.02.2019 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ilg‘or jahon ta’lim standartlariga muvofiq oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, yoshlarning, ayniqsa, mamlakat mintaqalaridagi yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Akfa Medline” mas’uliyati cheklangan jamiyatning (keyingi o‘rinlarda “Akfa Medline” MChJ deb ataladi) Akfa universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning, jumladan, tibbiyot sohasida malakasini oshirish, malaka amaliyotlarini tashkil etish, xorijning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorining mavjud muammolari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Universitetda ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha “Akfa Medline” MChJ bilan Gachon universiteti (Koreya Respublikasi) o‘rtasida bitim tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik qilish va ta’lim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda xorijiy hamkorlar deb ataladi) bilan hamkorlikda ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda ta’lim jarayoni xorijiy hamkorlarning o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablari hisobga olingan holda ingliz tilida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari respublika mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetga ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishda va ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvoza, 1-boshi berk ko‘cha, 10-uyda joylashgan Shayxontohur tibbiyot kollejining bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, Universitetning joriy faoliyatini moliyalashtirish uning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, zarur o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv va metodik adabiyotlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet muassislarining mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-shartnoma asosida talabalarni o‘qitishdan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet tomonidan shartnoma asosida ishlar va xizmatlar amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkorlarning moliyaviy mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Universitetga mavjud talab va ehtiyojni hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shayxontohur tibbiyot kolleji o‘quvchilari kontingenti Toshkent iqtisodiyot kolleji binosida joylashtirilgan holda o‘qishni davom ettirishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shayxontohur tibbiyot kollejining ishdan bo‘shayotgan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahar hokimligi 2019/2020 o‘quv yili boshlanguniga qadar Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yishni ta’minlagan holda uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, o‘qituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, tibbiyot trenajyorlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan jihozlashda Universitetga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga ko‘ra ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi va ma’muriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga ko‘ra Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi va ma’muriy xodimlariga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha “Akfa Medline” MChJ va Universitet tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan, laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, chetdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/130/2619-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)