29.12.2017 yildagi PQ-3450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-son qaroriga muvofiq, sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlarining faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va turlarini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davr mobaynida sog‘liqni saqlashning xususiy sektori tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan 126 taga ko‘paydi. Stomatologiya va kosmetologiya tashkilotlaridan tashqari xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ularning ehtiyot qismlari va zarur materiallar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etilishi qishloq va olis tumanlarda xususiy tibbiyotni jadal rivojlantirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada, xususiy tibbiyot muassasalarining soni 440 taga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 mingga yetdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat tibbiyot muassasalarining ayrim funksiyalarini sog‘liqni saqlashning xususiy sektoriga o‘tkazish, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, shuningdek respublikada va chet elda tibbiy kadrlarning malakasini oshirish, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash tizimini joriy etish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmlarini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyot sohasiga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Qo‘chqorov)ning davlat tibbiyot tashkilotlari funksiyalarini davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi bo‘linmalar (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish xonalari va boshqalar) faoliyatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan ayrim tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018-2019-yillarda hududlarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha parametrlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir haftalik muddatda 2018-2019-yillarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda manzilli ro‘yxat deb ataladi) va uning “Yo‘l xaritasi”ni mazkur qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda manzilli ro‘yxat loyihalari tashabbuskorlariga ular belgilangan tartibda zarur hujjatlarni taqdim etganda qurilishni amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “AKFA MEDLINE” mas’uliyati cheklangan jamiyatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MCHJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasining ilg‘or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AKFA MEDLINE” mas’uliyati cheklangan jamiyatining hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Nabiyev) hamda “AKFA MEDLINE” MCHJ (Nigmanov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha dastur loyihasini (Yo‘l xaritasini) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki (Mullajonov) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev) bilan birgalikda bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki qoshidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining quyidagi xarajatlar nisbatini nazarda tutadigan foydalanish tartibini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh foiz — yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xususiy tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qson besh foiz — xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda respublikaning har bir hududi uchun 1 million AQSH dollari miqdorida resurslar hajmini nazarda tutgan holda, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki qoshidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining 14 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larini shakllantirish manbalarini aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Yusupaliyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tibbiyot tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xorijga yuborish, shuningdek xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Haydarov) bilan birgalikda davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini tadbirkorlik subyektlariga berish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Nabiyev) bilan birgalikda yetakchi xususiy tibbiyot tashkilotlari infratuzilmasini shartnoma asosida tibbiy kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari, malakasini oshirayotgan amaliyotchi shifokorlar uchun o‘quv baza sifatida foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish konsepsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy tartibga solish mexanizmlarini, tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan zamonaviy tibbiyot majmualarini barpo etishni, mijozlarning mamlakatda bo‘lish davrida ularga tashkiliy-maslahat ko‘magini ko‘rsatgan holda mamlakatga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi tibbiy turizmni rivojlantirish konsepsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlarini “Sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari kompleksiga va keyinchalik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Kasimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Q. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3450-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda hududlarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hududlar

Jami

Xorij investitsiyasi ishtirokida

shu jumladan:

yangi tashkil etiladiganlar

faoliyati kengayadiganlar

2018-yil

2019-yil

2018-yil

2019-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

39

5

10

9

10

10

2.

Andijon viloyati

46

5

13

11

11

11

3.

Buxoro viloyati

52

5

13

23

13

3

4.

Jizzax viloyati

23

4

9

3

7

4

5.

Qashqadaryo viloyati

33

6

10

5

9

9

6.

Navoiy viloyati

22

3

5

4

8

5

7.

Namangan viloyati

34

5

14

4

8

8

8.

Samarqand viloyati

36

6

11

7

8

10

9.

Surxondaryo viloyati

43

5

20

7

10

6

10.

Sirdaryo viloyati

24

3

6

7

6

5

11.

Toshkent viloyati

40

6

21

2

11

6

12.

Farg‘ona viloyati

33

6

7

1

13

12

13.

Xorazm viloyati

20

5

5

5

5

5

14.

Toshkent shahri

91

10

16

26

17

32

Jami

536

74

160

114

136

126

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 07/18/3450/0489-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)