13.02.2019 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari boʻyicha texnik-iqdisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 951-son qarori hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiya tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda respublikamizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 951-son qarori bilan “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining magistral tarmoqni optik kanallarini zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorele qurilmalari texnologiyasini kengaytirish hamda “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 38 041,90 ming AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan, 28 488,43 ming AQSh dollari — uskuna va xizmatlarning shartnoma qiymati, 8 537,73 ming AQSh dollari — Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi hissasi bojxona imtiyozlari tarzida, 1 015,74 ming AQSh dollari — investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar va boshqa sarf-xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbektelekom” AK “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” loyihasi boʻyicha tender savdolari gʻolibi — “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi (Yaponiya) bilan qiymati 3 276 169 298,00 yapon yeni miqdoridagi (28 488 428,68 AQSh dollari ekvivalentida) shartnoma tuzilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiyaning tijorat banklari mablagʻlari belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari boʻyicha Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kreditini qaytarish boʻyicha prognoz grafigi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari boʻyicha Yaponiyaning “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki kreditini qaytarish boʻyicha prognoz grafigi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2019-y., 09/19/120/2607-son)