12.02.2019 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yer munosabatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari quyidagi hollarda aniqlanadi va qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari, shu jumladan, dehqon va xo‘jaligini yuritish uchun jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini olib qo‘yish, haq to‘lab olish yoki vaqtincha egallab turish hamda ularni qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarining oborotdan chiqarib yuborilishiga olib keladigan maqsadlar uchun berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan suv omborlari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yo‘llar, quvurlar, elektr energiyasi uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek, boshqa obyektlar atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, qo‘riqlash, sanitariya va himoya zonalari chegaralarini belgilagan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini oborotdan chiqargan yoki ularni kamroq qiymatli yerga o‘tkazgan holda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining ta’siri natijasida yer sifatining yomonlashishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qo‘yilgan holatlarda qoplanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar qurish va ularga xizmat ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish joylarini tashkil qilish, davlat (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta’lim va davolash muassasalari, bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari qurilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligi uchun melioratsiya obyektlari va gidrotexnika inshootlari qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ehtiyojlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan boshqa holatlar ham belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 23-bandning birinchi xatboshidagi “bir oy” so‘zlari “besh kun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablag‘larning 90 foizidan Davrgeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan ishchi reja asosida quyidagilar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollektor-drenaj tarmog‘ini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish, ularning suv ta’minotini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmonlar va mevali o‘rmonzorlar barpo etish, tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qumliklar, suv havzalari va daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarini o‘rmonzorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tog‘ yonbag‘irlarida sula olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish, kadastr va o‘rmon barpo etish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlarda sug‘orish punktlarini (burg‘ulangan quduqlar, quduqlar va suv quvurlarini) qurish va jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki ularga tuzatish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlariga binoan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini melioratsiya, irrigatsiya va yerlarni tekislash ishlari uchun yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash belgilangan tartibda “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan hajmlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash uchun tushgan mablag‘lar hisobidan Davergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparatiga va uning hududiy boshqarmalariga bittadan shtatdagi xodim ajratiladi, uning vazifasiga yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish, shu jumladan, tashkiliy texnika vositalari, jihozlar va uskunalar xarid qilish ishlarini tashkil etish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mablag‘larni sarflash Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘lardan yer munosabatlari bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 241-bandning birinchi xatboshidagi “ijtimoiy himoyalashga” so‘zlari “rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son; 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)