24.07.2018 yildagi O‘RQ-487-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 26-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 910, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, –
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 261-moddaning birinchi qismidagi “65-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “65-moddasining to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2661-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektori hamda uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, Toshkent shahrining va tumanlarning (shaharlarning) yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektorlari haqlidir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olishni, qishloq xo‘jalik ekinlarini va ko‘p yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 13-moddaning beshinchi qismidagi “yer tuzish xizmati organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 15-moddaning oltinchi qismidagi “davlat kadastri va yer tuzish xizmati organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 19-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli, ushbu guvohnomani ro‘yxatga olish va berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomani berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 21-moddadagi “yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjatlarida” degan so‘zlar “ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga, chorbog‘ga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxslarga o‘tgan taqdirda, ushbu imoratlarga mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar yer-kadastr daftariga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va ularga yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa yer uchastkasining bo‘linishi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olinib, davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi tegishli guvohnomalar beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 23-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 32-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o‘zida uning chegaralarini belgilash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 33-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) to‘g‘risidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini o‘zga shaxsga o‘tkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 40-modda quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘rish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 44-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining xulosasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 49-modda oltinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalarini olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 79-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘radi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 80-moddaning beshinchi qismidagi “yer tuzish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni quyidagi hollarda qoplanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar qurish hamda ularni obodonlashtirish uchun olib qo‘yilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qo‘yilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari suv xo‘jaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi qismidagi “Qonunlarda” degan so‘z “Qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) 88-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan quyidagi mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi 666-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tegishli bo‘linmalari tomonidan bajariladigan aerokosmik suratlar olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlarni hamda tadqiqotlarni amalga oshirish, yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatiga olish Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olish yig‘imi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatiga olinganligi haqida davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, unda ro‘yxatga olish sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda yo‘l qo‘yilgan nobudgarchilik va ko‘rilgan zararlarni qoplash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “texnogen” degan so‘zdan keyin “mineral” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 14-moddadagi “idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar “idoralarning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-487-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)