07.02.2019 yildagi 105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3279-son qaroriga muvofiq hamda qishloq xoʻjaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va innovatsion faoliyatga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jalb etishni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi va oʻsimlik mahsulotlari yetishtirishning ilmiy asoslangan samarali usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “BEK Cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligida “Oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari ilmiy-amaliy markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Oqoltin ShFY, Yoshlik koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markaziga tegishli Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “BEK Cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda xususiy sherik deb ataladi) Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun tekin foydalanish huquqi asosida berish taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar mazkur kollej binosida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitimni amalga oshirish doirasida quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yil davomida kamida 2 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali obyektni rekonstruksiya qilish, jihozlash va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt negizida oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalarini yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda oʻn yil davomida faoliyat turini saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 44 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish va bir yil davomida saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari xodimlari hamda talabalariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun laboratoriya hamda tajriba yerlaridan bepul foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqotlarda faol qatnashayotgan Markaz va hududdagi ilmiy-tadqiqot hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarning har yili kamida 5 nafarini besh yil mobaynida xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida tajriba orttirishga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oʻqishni bitirganlaridan soʻng Markazda ish bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ehtiyojini inobatga olib, viloyatning yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan ilgʻor texnologiyalar, shuningdek, innovatsion sugʻorish usullarini qoʻllash tizimini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn besh kun muddatda ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida belgilangan tartibda obyekt boʻyicha xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi monitoringini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.G. Mirzayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2019-y., 09/19/105/2587-son)