15.09.2017 yildagi PQ-3279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bunda davlatning rolini qisqartirish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish, paxta va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, ularni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, shuningdek, agrar sektorda mehnat unumdorligini va unga haq toʻlashni oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Sirdaryo viloyati hokimligi, “Oʻzpaxtasanoateksport” XK, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Mirza obod universal trade cluster” xususiy korxonasining “TRONTEX LP” (Buyuk Britaniya) va “GRATUM TRADING LP” (Buyuk Britaniya) xorijiy kompaniyalari ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek cluster” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Bek cluster” MCHJ QK deb yuritiladi) barpo etishni nazarda tutuvchi tajriba loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, kreditlarni va tijorat banklarining bevosita investitsiyalarini jalb etish hisobiga raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan holda ularni chuqur qayta ishlash boʻyicha zamonaviy klasterni tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati hokimligining “Bek cluster” MCHJ QK tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi tashkiloti) tomonidan paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish uchun 18,0 ming gektar (shulardan 13,0 ming gektari Mirzaobod tumanida va 5,0 ming gektari — Xovos tumanida) sugʻoriladigan yerlarni ajratib berish toʻgʻrisidagi taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MCHJ QK tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda davrida “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hamda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sirdaryo viloyati hokimligi (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (A. Vahobov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (O. Sobirov), Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning 1-noyabriga qadar ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga belgilangan tartibda yer maydonlari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqning shoʻrini yoʻqotish maqsadida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining muntazam tozalab turilishini, yerlarni kapital-tekislash ishlari tashkil etilishi hamda qattiq gips qatlami chuqur yumshatilishini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi tashkilotini ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv bilan uzluksiz taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorga muvofiq, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “Bek cluster” MCHJ QK tomonidan oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, hayvonlar va oʻsimliklar, veterinariya preparatlari, jumladan, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, qurilish mollari, issiqxona komplekslari 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatda bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Bek cluster” MCHJ QKga hudud sharoitlarini hisobga olgan xolda, gʻoʻzaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing boʻyicha xarid qilish, mineral oʻgʻitlar, urugʻliklar, yoqilgʻi moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari hamda boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishda fermer xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartiblar “Bek cluster” MCHJ QKga nisbatan joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MCHJ QK qishloq xoʻjaligi tashkilotining qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun qisilgan tabiiy gazni tabiiy gaz ishlab chiqarish va taqsimlashning moddiy balanslari doirasida ajratiladigan hajmlar boʻyicha xarid qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yili moddiy balanslarni shakllantirishda “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan moddiy resurslarning hajmlarini, shuningdek paxta tolasi, lint va texnik urugʻlik hajmlarini alohida satrda hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi keyinchalik faqat “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MCHJ QK oʻz tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning soʻmdagi mablagʻlarini jamlashi va bu mablagʻlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular oʻrtasida taqsimlashi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MCHJ QK va tashkilotlari hamda tashkilotlarning oʻzlari oʻrtasidagi, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish boʻyicha aylanmalar bilan bogʻliq boʻlmagan, olinadigan va beriladigan pul mablagʻlari va mol-mulk, shuningdek, sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xoʻjaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan oʻtkazishni amalga oshirish huquqi berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Bek cluster” MCHJ QKga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, oʻzlari yetishtirgan mahsulotni erkin tasarruf qilishga, narx belgilash siyosatini va mahsulot sotish hajmlarini mustaqil ravishda belgilashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, paxta mahsulotini yetishtirish va uning chiqitlarini qayta ishlash bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning shaxsiy mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Bek cluster” MCHJ QK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ajratilgan yer maydonlaridagi fermer xoʻjaliklarining xodimlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni mehnat uchun adolatli haq toʻlash va ijtimoiy madad tamoyili boʻyicha mehnat shartnomalari asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar — “TRONTEX LP” (Buyuk Britaniya) va “GRATUM TRADING LP” (Buyuk Britaniya) xorijiy kompaniyalari bilan birgalikda oʻtkaziladigan marketing tahlili asosida sotish bozorlarida shakllantiriladigan narxlar boʻyicha yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni eksport qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Asaka” ATB va boshqa tijorat banklariga “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda imtiyozli kredit liniyalari ajratish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar qarz oluvchilar hamda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, ajratilayotgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun, shuningdek, ularning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3279-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3279-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vek cluster”* MCHJ QK tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxtani qayta ishlash tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yogʻ-moy mahsulotini ishlab chiqarish tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sut, goʻsht va tuxum yetishtirish va qayta ishlash tashkiloti (chorvachilik va parrandachilik kompleksi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sabzavot va koʻkatlar yetishtirish tashkiloti (zamonaviy issiqxona kompleksi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini saqlash va qayta ishlash tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Vek cluster” MCHJ QK taʼsischilari qaroriga koʻra uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3279-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda “Bek cluster” MCHJ QK va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va amaldagi tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Investitsiya loyihasi nomi

Loyihaning dastlabki qiymati

(mln AQSH dollari)

Yillik quvvati

Amalga oshirish muddatlari

1.

18,0 ming gektar maydonda paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etish

30,0

30,0 ming tonna paxta,

80,0 ming tonna ozuqa ekinlari

2017-2018-yillar

2.

Paxtani qayta ishlash korxonasini tashkil etish

3,0

10,2 ming tonna paxta tolasi,

15,0 ming tonna urugʻlar

2018-2019-yillar

3.

Texnik urugʻlarni qayta ishlash asosida yogʻ-moy mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

2,0

2,8 ming tonna yogʻ, 6,8 ming tonna shrot,

4,6 ming tonna sheluxa, 517 tn soanstok

2018-2019-yillar

4.

Toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish

50,0

8,7 ming tonna kalava,

120,0 mln pog. metr doka,

30,0 mln dona tayyor buyumlar

2018-2019-yillar

5.

Chorvachilik va parrandachilik kompleksi, sut, goʻsht va tuxum yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish

12,0

5,0 ming bosh qoramol*,

200,0 ming bosh parranda

2017 — 2021-yillar

6.

Sabzavot va koʻkatlar yetishtirish boʻyicha zamonaviy issiqxona kompleksini tashkil etish

58,0

100 ga issiqxona*

2017 — 2021-yillar

7.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni tashkil etish

10,0

5,0 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun sovituvchi sigʻimlar (kameralar), 10 ming tonnagacha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash*

2017 — 2020-yillar

Jami

165,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Prognoz parametrlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlariga koʻra erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari TIA yoki biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Bek cluster” MCHJ QK taʼsischilarining qaroriga koʻra investitsiya loyihalari soni koʻpaytirilishi, ayrim ishlab chiqarishlar esa birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3279/0006-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son)