Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1752-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3493-son “Oʻzbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2007-yil 27-noyabrdagi 19, 16-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1752, 2007-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 543-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-dekabr,
81-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-dekabr,
58-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/1752-1/2514-son)